O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti



Download 5,75 Mb.
bet65/114
Sana01.04.2022
Hajmi5,75 Mb.
#523180
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   114
Bog'liq
MAJMUA Ixtisoslikka kirish KT Elektrokimyo 2021-2022

Mustaqil yechish uchun masalalar.
1. Sulfat kislota eritmasi orqali 10 minut davomida tok o‘tganda normal sharoitda 672 ml qaldiroq gaz hosil bo‘lgan. Elektroliz jarayoni qanday tok kuchi bilan amalga oshgan?
2. Sulfat kislotaning suvdagi eritmasi tok kuchi 2 a bo‘lgan tok yordamida 40 min. davomida elektroliz qilinganda hosil bo‘lgan vodorod 18°S va 98,66 kPa bosimda qanday hajmni egallaydi?
3. Yuza sathi 5 sm2 bo‘lgan elektrod (elektroliz jarayoni elektrodning ikkala yuzasida sodir bo‘ladi) bilan sulfat kislotani 2 soat davomida tok zichligi 0,125 a/sm2 va tok unumi 80% bo‘lganda elektroliz .natijasida hosil bo‘lgan vodorod bilan qancha mis oksidni qaytarish mumkin ekanligini hisoblang.
4. Mis va kumush nitratlarning aralashmasidan tayyorlangan eritmaning 200 ml miqdori orqali 0,402 a tok 4 soat davomida o‘tkazilganda katodda 3,44 g ikki metall aralashmasi hosil bo‘lgan. Agar elektroliz davomida metallar elektrodda to‘la ajralgan bo‘lsa, eritmadagi boshlang‘ich mis va kumush nitratlarning protsent va molyar konsentratsiyalarini aniqlang.
5. Mis va kumush nitratlari eritmalaridan tayyorlangan 100 ml aralashma orqali kuchi 1,742 a bo‘lgan tok 2 soat davomida o‘tkazildi. Agar katodda ajralgan metallar miqdori 7,96 g bo‘lsa, aralashmadagi moddalarning molyar konsentratsiyalarini aniqlang. Boshlang‘ich aralashmani quritib, so‘ngra kuydirilganda qolgan moddalar aralashmasining protsent tarkibini aniqlang. Barcha tegishli reaksiya tenglamalarini yozing.
6. Massasi 20 g bo‘lgan mis plastinkasini kumush bilan qoplash maksadida uni 20% li kumush nitratning 250 g eritmasiga tushirilgan. Plastinka eritmadan chiqarib olingandan so‘ng kumush nitrat miqdori 20% ga kamayganligi aniqlangan. Misning qanday miqdori reaksiyaga kirishganligini va eritmadagi moddalar konsentratsiyasini aniqlang.
7. Massasi 10 g bo‘lgan mis plastinkasi kumush nitrat eritmasiga tushirilgan. Bir necha vakt o‘tgandan keyin uni olib distillangan suvda yuvilgan, quritilgan va massasi 11,52 g bo‘lganligi aniqlangan. Plastinkada qancha kumush ajralib chiqqanligini hisoblang.
8. Ikkita ketma-ket ulangan elektrolizyorlarda miqdorlari 100 g bo‘lgan temir(II) va temir(III) xlorid eritmalarining konsentratsiyalari tegishli ravishda 16,25 va 12,70% li bo‘lgan eritmalari orqali 32,16 min. davomida kuchi 0,5 a bo‘lgan tok o‘tkazilgan. Har bir elektrolizyorda sodir bo‘lgan reaksiya tenglamalarini yozing. Ajralib chiqqan temir va gaz moddalarning miqdorini hisoblang.
9. Tarkibida kadmiy sulfat bo‘lgan 42,73 g tuz 200 ml suvda eritildi. Agar kadmiyni batamom ajratib olish uchun eritmadan 2,57 a kuchga ega bo‘lgan tok 4 soat davomida o‘tkazilgan bo‘lsa, elektroliz uchun olingan tuz kristallogidrati formulasini toping.
10. 11,2 l deyteriy xlorid 130 ml 9,22% li (zichligi 1,1 g/ml) natriy karbonat eritmasiga yuborilgan. Hosil bo‘lgan eritma qaynatildi va 5,026 a tok yordamida 8 soat elektroliz qilindi. Katodda ajralib chiqqan gazning hajmini va massasini hisoblang. Qolgan eritmani bug‘latilgandan so‘ng qolgan qoldiqda deyteriy bo‘ladimi? (Gazlarning suvdagi eruvchanligini hisobga olmang, hajmlar normal sharoitda o‘lchangan.)
11. Massasi 872 g bo‘lgan 9,17% li kaliy nitrat eritmasini elektroliz qilinganda anodda ajralib chiqqan gaz, massasi 49,6 g bo‘lgan fosforni oksidlash uchun etarli bo‘ladi. Elektroliz tamom bo‘lgandan so‘ng elektrolizyorda qolgan moddalarning massa ulushini hisoblang.
12. O‘z birikmalarida oksidlanish darajasi +2 va +3 bo‘lishi mumkin bo‘lgan metall tuzi eritmasi orqali doimiy tok o‘tkazilganda 2,08 g metall, anodda esa zichligi geliyga nisbatan 17,75 bo‘lgan gazdan 1,344 l hosil bo‘lgan (gaz hajmi normal sharoita keltirilgan, gazning eritmada erishini hisobga olmang). Elektroliz qilish uchun olingan metall tuzining formulasini aniqlang.
13. Hajmi 4,80 l va konsentratsiyasi 25,2% li (zichligi 1,18 g/ml) sulfat kislotali qo‘rg‘oshin akkumulyatorni tok kuchi 8,00 amper bo‘lgan tok bilan zaryadlangan. Zaryadlash jarayoni 33,25 soat davom etgandan so‘ng sulfat kislota zichligi 1,27 g/ml bo‘lgan. Quyidagilarni aniqlang:
a) Agar tok bo‘yicha foydali ish koeffitsenti 88,05% bo‘lsa, akkumulyator zaryadlangandan keyingi kislota konsentratsiyasi (mol/litrlarda) qanday bo‘lgan?
b) Akkumulyatorlarning boshqa qanday turlarini bilasiz?

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish