O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax politexnika instituti


Akademik Isaak Platonovich Sukervanik



Download 5,75 Mb.
bet41/114
Sana01.04.2022
Hajmi5,75 Mb.
#523180
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   114
Bog'liq
MAJMUA Ixtisoslikka kirish KT Elektrokimyo 2021-2022

Akademik Isaak Platonovich Sukervanik (1901-1968 yy.) Respublikada organik kimyo fani va ta’limi asoschilaridan biri, 1933-1968 yillar davomida O‘zMU organik kimyo kafedrasi mudiri, ko‘plab taniqli kimyogarlar ustozi, 1943yilda O‘zR FA muxbir a’zosi, 1966 yildan akademik. Ilmiy yo‘nalishlari; aromatik uglevodorodlarni katalitik alkillash va atsillash reaksiyalari, organik birikmalaming karboniilanish reaksiyalari asosida turli gerbitsidlar, defoliantlar va o‘simliklarni himoya qilish vositalarini olish, paxta zararkunandalariga qarshi preparatlar sintez qilish.
Akademik O.S. Sodiqov O‘zbekistonda kimyo fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan olimlardan biri bo‘lib, u bioorganik kimyo va fiziologik tabiiy faol birikmalar sohasida keng qamrovli faoliyat olib borgan. O.S. Sodiqov o‘zbek organik kimyogari, akademik (1947) va O‘zR FA prezidenti (1966-1984). O‘rta Osiyoning yovvoyi o‘simliklari va texnik o‘simlik - g‘o‘za tarkibidagi birikmalar sohasida ilmiy izlanishlar olib borgan. Uning rahbarligida tabiiy birikmalar va bioorganik kimyo sohasida spektroskopiya va radiospektroskopiya usullari, kvant kimyosi, konformatsion analiz, nozik organik sintez, kimyoviy struktura va xossalarni matematik modellashtirish keng Obid rivojlandi. Natijada g‘o‘zaning generativ va vegetativ Sodiqovich organlaridan 100 dan ortiq individual birikmalar Sodiqov ajratildi. G‘o‘zaning maxsus pigmenti gossipol va (1913-1987) uning 200 dan ortiq hosilalari konformatsiyasi, kimyoviy o‘zgarishlari o‘rganilib, virusga qarshi (3%li gossipol linimenti, 3%li megosin mazi), immunosupressor (batriden tabletkalari) dori vositalari yaratildl Fungitsid va o‘sishni boshqaruvchi preparatlar qishloq xo‘jaligiga tadbiq etildi
O‘zR FA akademigi Hamdam Usmonovich Usmonov (1916-1994 yy.)ning ilmiy ishlari Respublikada tabiiy polimerlar kimyosi yo‘nalishining shakllanishi va rivojiga asos bo‘ldi. 1937 yilda O‘rta Osiyo davlat universitetini tugatib, kimyo kafedrasi assistenti bo‘lib ish boshladi va 1941 yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1941-1946 yillarda II jahon urushi qatnashchisi. 1948-1950 yillarda L.Y. Karpov nomidagi fizik-kimyo institutida akademik V.A. Kargin rahbarligida tabiiy selluloza va uning birikmalari xossalarini o‘rganish bo‘yicha ilmiy ishlari 1954 yilda doktorlik dissertatsiyasi himoyasi bilan yakunlandi. Yosh olim - paxta va yog‘och sellyulozasi strukturasi nazariyasining asoschilaridan biri, uning bevosita ishtirokida paxta sellyulozasini modifikatsiyalashning yangi usullari ishlab chiqildi hamda xossalari yaxshilangan polimerlar yaratildi. Olim rahbarligida 1950 yilda tabiiy polimerlar laboratoriyasi tashkil etildi, 1952-1956 yillarda olim O‘zR FA Kimyo instituti direktori lavozimida ishladi. Uning rahbarligida 1956 yilda O‘simlik moddalar va paxta kimyosi institutini tashkil etildi va 1959 yildan O‘zR FA Polimerlar kimyosi instituti, 1963 yildan Paxta sellyulozasining kimyosi va texnologiyasi instituti deb atalgan ilm markazlariga 1982 yilgacha rahbarlik qildi. Bu ilm maskanlarida paxta lintidan turli sellyuloza birikmalari olish texnologiyalari yaratish ustida ilmiy izlanishlar olib borildi. Ustoz rahbarligida 11 doktorlik va 150 dan ortiq nomzodlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan va o‘nlab kashfiyotlarga mualliflik guvohnomalari olingan.
Respublikada sintetik polimerlar kimyosi yo‘nalishining rivojida akademik Mirhoji Asqarovich Asqarov (1931 yil, Toshkent sh.)ning 1954-1957 yillarda D.I. Mendeleyev nomidagi MKTI (hozirgi RKTU) polimerlar kafedrasida poliamidlar sintezi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlari va “Akril, metakril va itakon kislotalari efirlari sopolimerlarning sintezi va ular xossalarini tekshirish” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. M.A. Asqarov o‘z shogirdlari (90 dan ortiq fan nomzodlari va 20 fan doktorlari) bilan 50 dan ortiq yangi monomerlarning polimerlanish reaksiyasi kinetikasi va mexanizmini o‘rgangan, 500 dan ortiq ilmiy maqolalar, 12 ta ilmiy monografiya va 2 darslik chop etgan, 115 ta ixtirolarga mualliflik guvohnomalari olgan. Ustozning “Sintetik polimerlar kimyosi” va “Polimerlar fizikasi va kimyosi” kitoblari polimerlar kimyosi bo‘yicha mutaxassislarni kasbiy tayyorlashga xizmat qilmoqda.
Bioorganik kimyo instituti 1977 yilda ToshDU “Tabiiy birikmalari kimyosi” ilmiy - tadqiqotlar laboratoriyasida va Paxta sellulozasi kimyosi va texnologiyasi ilmiy - tadqiqot institutining paxta - g‘o‘za kimyosi laboratoriyasi negizida akademik O.S.Sodiqov rahbarligida tashkil etildi va bugungi kunda Markaziy Osiyoda bioorganik kimyo sohasida tadqiqotlar olib boruvchi yagona ilmiy markazdir. Hozirda institutning 20 ta laboratoriyasida 75 nafar ilmiy xodim, 3 nafar O‘zR FA akademigi, 19 fan doktori va 35 nafar fan nomzodlari ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Institutning asosiy ilmiy - tadqiqot yo‘nalishlari: - Qoraqurt, chayon va ilonlar zahari asosida vaksinatsiya uchun zardoblar va farmasevtik preparatlar yaratish: - Hayvonlar organizmidan muhim gormon va fermentlar ajratib olish: - G‘o‘zapoya tarkibini kimyoviy jihatdan atroflicha o‘rganish gossypol asosida vilt kasalligiga qarshi dorivor preparatlar yaratish: - Markaziy Osiyo o‘simliklarini kimyoviy tarkibini va oziq-ovqat sanoatida qo‘llash imkoniyatlarini o‘rganish: - O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi o‘simliklariga zarar keltiruvchi hashorotlarni o‘rganish va ulardan himoyalash usullarini ishlab chiqish. Institut olimlari birinchi bo‘lib, o‘simliklar va bioregulyator xossasiga ega bo‘lgan moddalarning o‘zaro ta’sir mexanizmini aniqladi. Paxta, geran, sumax, anor va boshqa o‘simliklar tarkibidan 120 ziyod biologik faol moddalarni ajratib olish va ularning farmokologik xususiyatlarini o‘rganish natijasida turli viruslarga, o‘simta kasalliklariga, immunitetni va qon xususiyatlarini o‘zgartiruvchi tibbiy preparatlar olish imkoniyatlarni yaratildi. Ushbu tadqiqotlar natijasida 30 dan ortiq preparatlar sanoat miqyosida chiqarishga joriy etilmoqda: “Megosin” malhami - antigerpetik vosita. Jahon talablari darajasida ekologik toza va xavfli paxta yog‘i va ozuqa - yem olish imkonini beruvchi texnologiya Respublikamizdagi barcha yog‘-moy ekstraksiya zavodlariga joriy qilindi. Institut olimlari 15 ta monografiya va 3300 dan ortiq ilmiy ishlar chop etilgan, o‘z ixtirolariga 100 dan ortiq patent olishgan va hozirda Angliya, Rossiya, AQSH, Germaniyaning yetakchi ilmiy muassasalari xalqaro USD, ARS, INTAS, SPDF, SCOPES, STCU ilmiy dasturlar doirasida hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish