15
II BOB. KOMPYUTER TARMOQLARI HAQIDA ASOSIY
TUSHUNCHALAR
2.1.
Kompyuter tizimlari
Kompyuter tizimi (KT)
deganda – axborotni oʻlchash, uning shaklini
oʻzgartirish va ishlash uchun moʻljallangan, funksional
jihatidan birlashtirilgan
hamda istʻemolchiga, yaʻni foydalanuvchiga u talab qiladigan koʻrinishda
axborotni (maʻlumotni) taqdim etadigan tizim tushuniladi. Kompyuter tizimlari –
oʻlchash, hisoblash va boshqa yordamchi texnik vositalar majmuasidan iborat
boʻladi.
Kompyuter tizimini qurishdan maqsad – biror-bir jarayonni mantiqiy
boshqarish
vazifasini amalga oshirish, texnik diagnostika vazifalari, tasvirlarni
ishlash va koʻpgina boshqa-boshqa vazifalardan birini
yoki bir nechtasini amalga
oshirish hisoblanadi.
Kompyuter tizimlarini bajaradigan vazifalariga qarab tasavvur qilish nisbatan
oson boʻlgan quyidagi xillarini keltirish mumkin:
oʻlchashlar uchun moʻljallangan kompyuter tizimlari;
avtomatlashtirilgan boshqarish uchun moʻljallangan kompyuter tizimlari;
texnik diagnostika uchun moʻljallangan kompyuter tizimlari;
tasvirlarni ishlash uchun moʻljallangan kompyuter
tizimlari va hokazo
boshqa-boshqa xildagi hozirda ishlab chiqilayotgan kompyuter tizimlarining
nomlarini keltirib roʻyxatni davom ettirish mumkin. Masalan, video filmlarni
yaratish jarayonida qoʻllaniladigan kompyuter
tizimlari, gazeta, jurnal va kitoblarni
nashr qilish kompyuter tizimlari va hokazo.
Endi esa kompyuter tizimlarining bir-nechta belgilariga asosan quyidagicha
umumlashtirilgan klassifikatsiyasini keltiramiz:
16
1. Qoʻllaniladigan sohasiga qarab – sanoatda, tijoratda, moliya
va marketing
sohalaridagi kompyuter tizimlari.
2. Boshqariladigan obʻektning xiliga qarab – korxonadagi texnologik
jarayonlarni boshqarish uchun moʻljallangan KTlari, loyihalashni avtomatlashtirish
uchun moʻljallangan KTlari va korxonani boshqarish uchun moʻljallangan KTlari.
3.Natijaviy axborotni qanday qoʻllanilishiga qarab
-
axborot-qidiruv tizimlari, ular axborotni yigʻish, saqlash hamda
foydalanuvchining soʻroviga qarab kerakli maʻlumotlarni topib berish vazifalarini
bajaradi;
- axborot-maslahat beruvchi tizimlar, ular foydalanuvchiga
qarorlar qabul
qilish uchun tavsiyalar berish vazifasini bajaradi;
- axborot-boshqarish tizimlari, ular boshqarish uchun kerak boʻladigan
maʻlumotlarni yetkazib berish vazifasini bajaradi.
Kompyuter tizimlari –
bitta kompyuterli, koʻp kompyuterli va koʻp
prosessorli tizimlar sifatida quriladi. Bu tizimlar – tezkor (on line) va tezkor
boʻlmagan (off line) rejimlarida ishlashi mumkin.
Kompyuter tizimlarini boshqarish – markazlashtirilgan va markazlash-
tirilmagan tarzda amalga oshiriladi. Kompyuter tizimlarining vositalari – bir joyga
toʻplangan holda, yoyilgan holda, maʻlumotlarni bir sathli ishlash vositalari sifatida
va koʻp sathli ishlash vositalari sifatida quriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: