ГТЖ–22 suyuqligi. Bu suyuqlik glikollar, suv va antikorrozion
qo‘shilmalarning aralashmasidan iborat. Zaharli yashil rangli
ГТЖ–22 suyuqligi yaxshi moylash xususiyatiga ega. –50°C
dan 50°C gacha harorat oralig‘ida ishga yaroqli. 140°C haroratda
qaynaydi, shuning uchun disk tormozli avtomobillarda ishlatib
bo‘lmaydi. Suvda yaxshi eriydi. «Нева» tormoz suyuqligi bilan
aralashadi. Yuqori o‘tuvchanlikdagi avtomobillarda ishlatish uchun
mo‘ljallangan. Shimoliy hududlarda bu suyuqlikdan БСК tormoz
suyuqligi o‘rnida toydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |