Neft mahsulotlarini qabul qilish, saqlash va tarqatish. ATK
omborlariga neft mahsulotlari markazlashtirilgan holda keltiriladi.
Neft mahsulotlarini qabul qilib olish va saqlash uchun javobgar
shaxs tomonidan yonilg‘i va moylash materiallarining miqdori
va mahsulot-transport hujjatining to‘g‘ri to‘ldirilganligi hamda sifat
pasporti tekshiriladi. Shundan so‘ng neft mahsuloti keltirilgan
sig‘im yoki taraning holati tekshiriladi. Neft mahsulotlari tarkibida
suv borligi aniqlansa, bu haqda qabul qilish dalolatnomasida qayd
etiladi.
Sifat pasportisiz keltirilgan neft mahsulotlari uchun dalolatnoma
tuzilishi lozim. Shuningdek, ular alohida sig‘imlarda saqlanishi
zarur. Sifat pasportisiz qabul qilingan neft mahsulotlarining markasi
va sifatini aniqlamay turib ularni ishlatishga ruxsat etilmaydi.
8. 3. Ishlatilgan moylarni yig‘ish, saqlash va
Do'stlaringiz bilan baham: |