c)Rivojlantiruvchi: talabalar egallagan bilim,ko’nikma,malakalarni rivojlantirish
Darsdan kutilayotgan natijalar-mavzuni o’zlashtirgandan so’ng o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarga ega bo’ladilar:
1.Mavzu yuzasidan tushunchalarga ega bo’ladilar
2.Mavzu yuzasidan beriladigan topshiriqlarni bajara oladilar
3.Olingan bilimlarni amalda qo’llay oladilar
Ta’lim metodlari : aqliy hujum, blits savollar, BBB
Baholash metodlari: Individual, guruh bo’lib
Axborot manbalari va texnik vositalar : TM MM, darslik, proektor,texnologik xarita, texnalogik model
Dars turi: nazariy, amaliy
Darsga ajratilgan vaqt miqdori: 80 daqiqa
Uyga vazifa: Mavzuni o’qib kelish
O’qituvchi:___________I.Boyjigitova
Nazariy (Amaliy) darsning texnologik xaritasi
T/N
|
Mashg’ulot
bosqichlari
|
Ajratilgan vaqt
|
Mashg’ulot mazmuni
|
Ta’lim
metodlari
|
Ta’lim
vositalari
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5
|
Darsga tayyorgarlik ko’rish,
O’quvchilarni yo’qlama qilish, kerakli tarqatmalarni tarqatish
|
An’anaviy
|
Doska,
Bo’r
Tarqatma
materiallar
|
2
|
Kirish qismi
(Motivatsiya)
|
25
|
Mavzu va uning rejasi, mavzuni o’tishdan kutilayotgan natijalar bilan tanishtirish
|
Aqliy
hujum
|
Maruza
matni
|
3
|
Yangi mavzu
bayoni
|
30
|
Mashg’ulot mavzusining bayonini keltirish
|
Savol-
javob
|
Maruza
matni
|
4
|
Mustahkamlash
(Qo’llash)
|
15
|
Mavzu haqida topshiriqlarni
mustahkamlash
|
Savol-
javob
|
Maruza
matni
|
5
|
Yakuniy qism
|
5
|
Uyga vazifa berish.Baholarni e’lon qilish va izohlash
|
An’anaviy
|
Doska
Darslik
|
O’qituvchi:____________ I.Boyjigitova
VIII BOB. AVTOMOBIL TRANSPORTIDA YONILG‘I,
SURKOV MATERIALLARI VA MAXSUS
SUYUQLIKLARNING ISHLATILISHINI
OQILONA TASHKIL QILISH
8. 1. Avtomobil transportida yonilg‘i va surkov
materiallarining ishlatilishini tashkil qilish
Avtomobil transporti suyuq yonilg‘ilarning asosiy iste’molchisi
hisoblanadi. Avtomobil transportida barcha turdagi transportlarda
ishlatiladigan energiya resurslarining yarmidan ortig‘i ishlatiladi.
Avtomobil transportida ishlatiladigan energiya resurslarining solishtirma
sarfi temir yo‘l transportiga nibatan 19 barobar, daryo
transportiga nisbatan esa 14 barobar ortiq.
So‘nggi yillarda avtomobil parkining o‘sishi yonilg‘i va boshqa
neft mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojni yana-da ortib ketishiga
sabab bo‘ldi. Shuning uchun ATKlarda neft mahsulotlarini tejash
bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni (neft mahsulotlari sarfini qat’iy hisobga
olish, ish turlari bo‘yicha haqiqiy yonilg‘i sarfini tahlil qilish,
saqlashni oqilona tashkil etish, yonilg‘i va moylash materiallarini
quyishni mexanizatsiyalashtirish, avtomobillarga yuqori sifatli xizmat
ko‘rsatish) qo‘llash dolzarb masalalardandir.
Yonilg‘i-moylash materiallarini oqilona ishlatish, ularning isrofgarchiliklariga
yo‘l qo‘ymaslik ko‘p jihatdan tashkiliy tizimlar va
ATKdagi yonilg‘i-energetika resurslari bo‘limining (guruhi) faoliyatiga
bevosita bog‘liq.
Transport boshqarmalarida va ATKlarda yonilg‘i-energetika
resurslaridan foydalanish xizmati faoliyat ko‘rsatadi, bu xizmat
asosini bo‘lim yoki guruhlar tashkil etadi. ATKdagi avtomobillar
soni 300 tadan ortiq bo‘lganida, mustaqil faoliyat ko‘rsatuvchi
yonilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish bo‘limi tashkil
etiladi. Yonilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish bo‘limi o‘z faoliyatini
ATKni neft mahsulotlari, gaz, qattiq yoqilg‘i va elektr energiyasi
bilan ta’minlovchi tashkilotlar, ya’ni neft bazalari, avtomobillarga
yonilg‘i quyish shoxobchalari, ko‘mir omborlari, gaz
to‘ldirish shohobchalari, elektr tarmog‘i tashkilotlari bilan hamkorlikda
tashkil etadi.
– bo‘lim (guruh)ning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
– korxona talabiga binoan yonilg‘i-energetika resurslariga bo‘lgan
ehtiyojni rejalashtirish, ularni qabul qilish, saqlash va tarqatish;
–yonilg‘i-energetika resurslaridan oqilona foydalanishni tashkil
etish, ularning sifatini nazorat qilish;
– yonilg‘i-energetika resurslari sarflanishini hisobga olish va bu
bo‘yicha hisobot yuritishni tashkil etish;
– ishlatilgan moylarni to‘plash va saqlash, ularni tozalashga
topshirish yoki ulardan samarali foydalanishni (utilizatsiya qilish)
tashkil etish.
Bo‘lim (guruh) yuqorida keltirilgan vazifalardan kelib chiqib,
o‘zining funksional majburiyatlarini yonilg‘i-energetika resurslaridan
foydalanish bo‘yicha Nizom asosida tashkil etadi.
8. 2. Avtotransport xo‘jaliklarida yonilg‘i, surkov
Do'stlaringiz bilan baham: |