Elektron pochta (E-mail)
- eng koʻp tarqalgan internet xizmati boʻlib,
istagan tarmoq abonentini pochta xabarlari bilan oʻzaro muloqotda boʻlib turishini
taminlaydi. Elektron pochtaning harakterli xususiyatlari shuki, xabar manzilatga
bir necha minut davomida yetib boradi. Bunda masofa xech qanday rol
oʻynamaydi. Odatiy xatlar esa, oluvchiga bir necha kun hattoki, haftadan keyin
yetib borishi mumkin.
157
Whais
- internetning manzil kitobi. Uning yordami bilan abonet oʻzoqdagi
kompyuterga va foydalanuvchilarga tegishli axborotlarni olishi mumkin.
Yuqorida
keltirilgan
tarmoqdagi
abonentlararo
axborot
almashuvi
xizmatlaridan tashqari, internet baʻzi bir oʻziga xos xizmat turlarini ham taqdim
qilishi mumkin, masalan:
Faks-servis-tarmoq faks serviridan foydalanib, foydalanuvchiga faksimal
aloqa orqali xabarlar joʻnatish imkonini beradi.
Elektron tarjimon–oʻziga yuborilgan matnni bir tildan ikkinchi tilga tarjima
qilib beradi.
unda elektron tarjimonga murojaat etish elektron pochta orqali amalga
oshiriladi.
Shlyuzlar-abonentga TCP/IP protokollari bilan ishlamaydigan tarmoqda
xabarlarni joʻnatish imkonini beradi.
Ikkinchi darajali xizmatlarga, ayniqsa axborotlarni qidirish va tarmoq
maʻlumotlar bazasi informasion zaxiralardan foydalanish sistemalariga quyidagilar
kiradi:
Gopher - kalit soʻz va jumlalar boʻyicha axborotlarni topishga yordam
beruvchi Internet tarmogʻidagi eng koʻp tarqalgan axborot qidiruv vositasi.
Copher-servirida axborotlarni koʻrib chiqish xuddi windows ilovasidagi menyu
yoki fayl sistemasi katalogi (papka)ning «daraxti» kabi koʻrinishdagi menyu
yordami bilan tashkil qilinadi. Yuqori darajali menyu yirik mavzu nomlaridan
tashkil topgan, masalan: iqtisodiyot, madaniyat, medisina, sport va b.q.
Keyingi daraja menyulari tanlab olingan oldingi daraja menyu
elementlarini boʻlaklar (detallar) ajratadi. Daraxt boʻyicha pastga siljitishning
oxirgi punkti hujjat hisoblanadi, xuddi katalog daraxtining oxirgi elementi (fayl)
kabi.
WAIS-Copherga nisbatan yana kuchliroq axborot qidiruv vositasi. U kalit
soʻzlar qidiruvini barcha matnli hujjatlarda amalga oshiradi. Rasmiy talablar
WAISda ixchamlashgan ingliz tilida yuboriladi. Bu logika algebrasi tiliga
158
qaraganda ancha yengil hisoblanadi. Shuning uchun WAIS noprofessional
foydalanuvchilar eʻtiborini oʻziga koʻproq jalb etadi.
Internetda eng ommabop va bir meʻyorda rivojlangan xizmat turlaridan biri
World Wide Web (WWW)dir. U tadqiqot axborotlari almashuvi uchun ilgaridan
oʻylab topilgan. Hozir esa, koʻpchilik odamlar kundalik hayotining bir qismiga
aylanib qoldi. WWW-bu yer sharining istagan nuqtasida saqlanishi mumkin
boʻlgan butunlay boshqa sayt yoki kompyutyerdagi matnning xohlagan boshqa
joyiga havola qilinadigan belgilash soʻzlari (buyruqlari) oʻrnatilgan global giper
matn sistemasi. Gipermatn gʻoyasining mazmuni shundaki, tarmoqdagi
informasion zaxiralarga gipermatn modelini yaratishdagi relyasion yondashishdan
foydalanish va uni maksimal oddiy usul bilan bajarish. Bu gʻoyani amalga
oshirishda toʻrtta asosiy vosita ishlab chiqilgan:
–
HTML hujjatlarning gipermatn belgilash tili.
–
URL (Universal Resource Locator) manzillashning unvercal usuli.
–
HTTP gipermatn axborotlari bilan almashish protokoli. (HTTP–Hyper Text
Transfer Protocol).
–
SSI (Common Getaway Interface) shlyuzlarining universal interfeysi.
Bu vositalar kitobning navbatdagi boʻlimlarida koʻrib chiqiladi.
Kelajakda internet xizmatlari taqdim qilishi tizimida sifatli evolyusion
oʻzgarishlar boʻladi. Ular asosan, odamlar va jamiyatning extiyojlarini har
tomonlama qondirishga qaratilgan boʻladi. Kelajakda internet xizmatlari xuddi
instrument (asbob) kabi faol xizmat qiladi. Qarorlar qabul qilish va oʻqitishni
tashkil etish, odamlar oʻrtasidagi muloqot va hamkorlik, XXI asr telefoni,
marketing, biznes, dam olish va boshqalar.
Barcha xizmatdagi foydalanuvchilarni qiziqtiradigan jihatalar tezkorlik;
arzon global aloqa; muloqot va axborot almashuvidagi qulaylik; kira olinadigan
dasturlar, ajoyib tarmoq zaxiralari va boshqalar. Ular global tarmoqni oʻzlarining
xususiy intellektual imkoniyatlariga qoʻshimchadek qaraydilar.
Hozirgi vaqtda axborot asri boshlanajagi, unga boʻladigan talab va talabgorlar
sonining toʻxtovsiz oshib borajagini hamma anglamoqda. Tabiiyki, ishonchli va
159
operativ axborotsiz vaqt bilan baravar qadam tashlab boʻlmaydi, inson
faoliyatining xohlagan sohasida qoʻyilgan maqsadga erishib boʻlmaydi. Shuning
uchun barchamiz har xil internet xizmatlaridan potensial foydalanuvchi boʻlib
boramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |