VI BOB. INTRENET- GLOBAL KOMPYUTER TARMOGʻI
6.1. Internet tarmogʻining tuzilishi
Internet
(ingl. International – xalqaro, net – tarmoq, work - ish) – tarkibiy
tarmoq yoki quyidagi fizik tarmoqlar asosida quriladigan xalqaro tarmoqdir:
- lokal - Local Area Networks (LAN) – katta boʻlmagan hududlardagi (radiusi
1-2 km dan ortiq boʻlmagan) kompyuter tarmoqlari;
- global - Wide Area Networks (WAN) – turli shahar va mamlakatlarda
joylashgan, territorial taqsimlangan kompyuterlarni birlashtiruvchi tarmoq;
- hududiy (yoki megapolislar tarmogʻi) - Metropolitan Area Networks (MAN)
– yirik shaharlar- megapolislar hududlariga xizmat koʻrsatish moʻljallangan
tarmoqlar.
Tarkibiy tarmoqqa kiruvchi tarmoqlar, quyi tarmoqlar (subnet), tashkil
etuvchi tarmoqlar yoki oddiygina tarmoqlar deb ataladi. Tarkibiy tarmoqning
komponentlari ham lokal, ham global tarmoqlar boʻlishi mumkin. Bitta quyi
tarmoq doirasida barcha uzellar, ular uchun yagona boʻlgan texnologiyadan
foydalanib oʻzaro xarakatda boʻlishadi. [13]
Do'stlaringiz bilan baham: |