Piring (peer-to-peer) tipidagi LHT
.
“Peer” soʻzi “oʻzga bilan teng huquqli”
degan maʻnoni bildiradi. Piring tipidagi LHTda barcha kompyuterlar hech qanday
serversiz bir-birlari bilan toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot qilishadi. Bunda tarmoq
operatsion sistemasi har bir kompyuter ham server, ham kliyent boʻlishiga imkon
beradi. Shuning uchun bir kompyutyerdagi har qanday fayldan tarmoqning
ixtiyoriy boshqa foydalanuvchisi foydalanishi mumkin. Piring tarmoqlari kliyent-
server tarmoqlariga nisbatan arzonroq va 25-tagacha kompyuter bilan samarali
ishlaydi. Kompyuterlar soni bundan oshsa, maʻlumot almashinish tezligi keskin
pasayadi, chunki har bir kompyuter 25 dan ortiq kompyuterga xizmat koʻrsatishiga
toʻgʻri keladi.
Koʻpgina LHTlar ham kliyent-server, ham piring tipidagi tarmoq
birlashmasidan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |