O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti



Download 379,49 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/21
Sana17.06.2021
Hajmi379,49 Kb.
#69069
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
ijtimoiy oila pedagogikasi

Klod  Adriana  Gelvesiy  (1715-1771  y)  ishlarida  ham  tilga  olingan.  Ular  tarbiya 

omillari-  muhit  va  pedagogik  ta’sir,  shaxsiy  va  jamiyat  manfaatlarining  birligi 

masalalaridir.  

Shvesariyalik buyuk pedagog Iogann Genrix Pestalossi (1746-1827 y) o’z 

faoliyatida  ijtimoiy  pedagogik  nazariyani  va  amaliyotni  birlashtirgan  va  o’z 

mablag’lari evaziga yetimlar uchun uylar ochgan. 

XIX  asr  shunisi  bilan  xarakterliki,  bu  davr  mobaynida  ijtimoiy 

pedagogikaning pedagogikadan ajralishi jarayoni sodir bo’lgan. Ikkinchi tomondan 

uning  boshqa  fanlar  psixologiya,  ijtimoiyogiya,  tibbiyot,  falsafa  kabi  fanlar 

yaqinlashuvi bilan  ham ro’y bergan.  

19  asr  ijtimoiy  pedagogikaning  asosiy  yo’nalishlariga  esa  quyidagilar 

tegishli: 

1) 

 ijtimoiy  pedagogikaning  nazariy  asoslarini  ishlab  chiqish-  bu  uning 

fan bo’lishiga olib kelgan. Bu yo’nalishga mafkurani ham kiritsa bo’ladi.  

2) 

  Ta’lim sohasidagi   ijtimoiy pedagogik faoliyat. Gap  ijtimoiy 



pedagogik ta’lim, tarbiya  maqsadi va xarakteriga ta’siri haqida ketmoqda.  

3) 


 Xayriya va o’quv-tarbiya muassasalarining tuzilishi bo’yicha  

ijtimoiy pedagogik faoliyat (Bazedovning “filantroplari”, Ouenning “yangi institut” 

konsepsiyalari); 

4) 

 ijtimoiy pedagogikaning harakat doirasining kengayishi, “nochor” va 

tanlab olingan bolalardan tashqari unga boshqa toifadagi katta yoshdagilar ham 

kiradi. Asosiysi  ijtimoiy pedagogika o’z faoliyatida davlat darajasiga chiqadi va 

o’z sheriklari bilan birga talablarini qonuniy rasmiylashtirishga erishiladi. XIX 

asrning  60-70  yillarida  Germaniya,  Angliya,  AQShda  ijtimoiy  qonunchilik 

tizimlari yaratiladi.  

 Ijtimoiy  pedagogika  rivojlanishining  barcha  yo’nalishlarini  uning  eng 

asosiy vazifasi-bolalarning huquqlarini himoya qilish birlashtiradi. Biroq XVIII-XI 

X  asrlarda  u  avvallari  e’tiborsiz  bo’lgan  g’oyalar  bilan  to’ldiriladi.  Aniqrog’i,  

ijtimoiy  pedagogika  g’oyasi  nazariyasi  va  amaliyotida  birinchi  o’ringa 

umuminsoniy qadriyatlar chiqadi.  Ijtimoiy pedagoglarni birlashtirib turgan boshqa 

muhim g’oya tarbiya va ta’limning uzviy bog’liqligini anglash bo’ldi.  

Ingliz faylasufi va pedagogi Robert Ouenning ijtimoiy pedagogik faoliyati 

bir  qancha  qiziqarli  va  sermaxsul  tajribalardan  iborat.  Nyu-Lenarkda  “Inson 

xarakterini  tuzishni  yangi  instituti”ni  ishchilarning  turmush  darajasini  yaxshilash 



uchun  yaratib,  u  amaliyotda  ishlab  chiqarish  ta’limini  madaniyat  bilan  bog’lab 

qo’ydi.  Jahonda  ilk  marta  didaktik  o’yinlar  o’tkaziladigan,  bolalarning  jismoniy 

holati haqida g’amxo’rlik qiluvchi muassasalar u tomonidan tuzilgan. 

Ingliz  faylasufi  Gebert  Spenser  (1820-1903  y)  oilaning  shaxs 

shakllanishidagi  o’rni  haqidagi  ijtimoiy  pedagogik  g’oyalar  bilan  to’ldirilgan 

asarlar  yaratgan.  Bu  maqsadlarga  erishishi  uchun  u  qiziq  usulni  ilgari  surgan-

Angliyaning  davlat  va  siyosiy  tuzilmasini  oila  va  maktab  tomonidan 

imitasiyalashuvi. 

XIX  asrning  ikkinchi  yarmidan  boshlab  pedagogika  va  ommaviy  tarbiya 

tizimiga buyurtmalar kengayadi. Unga asta-sekin yoshlarni tarbiyalash, shuningdek  

ijtimoiy  xulq-atvor  normalarini  buzuvchi  shaxslarni  qayta  tarbiyalash  kirgan. 

Industiryalashtirish  qishloq  axolisining  shaharga  ommaviy  migrasiyasini  keltirib 

chiqardi. Buyurtmaning kengayishini keltirib chiqargan holat Yevropa va Amerika 

mintaqalarining  ijtimoiy  madaniy  jarayonlari  bilan  ham  bog’liq.  Qishloq 

axolisining  shaharga  ko’chib  o’tishlari  g’ayriaxloqiy  xulq-atvor,  jinoyatchilik, 

daydilikning ko’payishiga olib keldi. Ayniqsa, AQShda holat nihoyatda og’ir edi. 

Bu  davlatga  boshqa  kam  rivojlangan  davlatlardan  axoli  ko’chib  kelishi  bilan 

bog’liq.  Ayni  vaziyatda  cherkov  rolining  susayishi  kuzatildi.  U  shu  paytgacha 

axloqiy  normalarning  ana’naviy  tashuvchisi  bo’lib  kelgan.  Biroq  u  jamiyatning 

yangi  ehtiyojlari  va  voqyeliklarini  anglay  olmadi  va  ko’pgina  odamlar  hayotida 

o’zining  avvalgi  mavqyeini  yo’qotdi.  Shu  bilan  birga  Yevropada  milliy 

davlatchilikning  shakllanishi  va  Amerikada  millatning  yuzaga  kelishi  barcha 

ijtimoiy  qatlamlarda  muayyan  g’oya  va  qadriyatlarning  madaniylashuvini  talab 

qilardi.  Bu  esa  masalani  yechish  vositalarini  topishni  taq  azo  etardi.  XIX  asr 

oxirida  mustaqil  fanga  aylangan  ijtimoiy  pedagogika  rivojiga  aynan  shu  omil  

vosita bo’ldi. Bu paytda esa nemis pedagogi Fridrix Disterveg tomonidan faqatgina 

XX asrda keng qo’llanilgan  ijtimoiy pedagogika  atamasi fanga kiritildi. 

Aynan  shu  vaqtdan  ijtimoiy  pedagogikaning  mustaqil  fan  sifatida 

rivojlanishining  uchinchi  bosqichi  boshlanadi.  XX  asr  inson  sivilizasiya  tarixiga 

ilmiy-texnikaviy  inqiloblar  asri  sifatida  nom  qoldirdi.  Fan  ishlab  chiqarish 

obyektidan  iqtisodiy  va  madaniy  sohaning  yetakchi  omiliga  aylandi.  Ilmiy 

inqiloblar  ijtimoiy  pedagogikaning  keyingi  rivojiga  o’z  ta’sirini  ko’rsatdi.  Bu 

avvalambor  falsafa  orqali  amalga  oshdi.  Ijtimoiy  pedagogikaning  boshqa  fanlar-

psixologiya,  fiziologiya,  anatomiya,  tarix,  sosiologiya  va  boshqalar  bilan 

yaqinlashuvi  ro’y  berdi.  Eng  asosiysi-XX  asrda  insonning  muammolari,  uning 

tarbiyasi  va  ta’limi  uchun  ijtimoiy  sharoitlarni  yaratish  zamonning  eng  global 

muammosiga  aylanadi.  Aynan  shu  davrda  pedalogiya-bolani  har  tomonlama 

o’rganish  haqidagi  fan  rivojlana  boshlaydi.  Uning  asoschilari  E.Meyman,  S.Xoll, 

Torndayk  hisoblanishadi.  Bu  borada  Rudolf  Shteynerning  pedagogikasi  ham 

muhim  ahamiyatga  ega.  Ijtimoiy  pedagogikani  yangi  g’oyalar  va  tarbiya  usullari 

bilan  boyitgan  pedagogika  arboblaridan  Georg  Kirshenshteyner  (1854-1932  y)-

Germaniya,  Jon  Dyui  (1859-1952  y)-AQSh,  Vilgelm  Layni  (1862-1926  y)-

Germaniya ko’rsatsa bo’ladi.  


Download 379,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish