Kichik guruh a’zolarining majburiyatlari:
Kichik guruhning har bir a’zosi:
o‘rtoqlarining fikrini diqqat bilan eshitishi;
guruh ishida faol qatnashishi va hamkorlikda ishlashdan bo‘yin tortmasligi kerak;
zarurat bo‘lganda yordam so‘rashi;
undan yordam so‘rashganda, boshqalarga o‘z yordamini berishi;
guruh ishining natijalarini baholashda ishtirok etishi;
o‘zining rolini yaxshi tushunishi va bajarishi;
topshiriqni bajarishda, aniq vazifalarini bilishi kerak.
Darsda o‘qituvchi shu metodni qo‘llar ekan. albatta u bilan talabalarni tanishtiradi.