Ko‘rgazmali- an'anaviy yondashuvga asoslangan dars o‘tishda o‘qituvchi bilim beruvchi sifatida tayyor bilimlarni bayon qilish orqali o‘quvchi, talabalar ongiga yetkazuvchi pedagogik jihatdan majbur qilishga tayangan, ko‘pincha o‘quvchi, talabalarning initsiativasi, mustaqillika intilishi bo‘g‘ilgan bo‘lsa, texnologik yondashuvda ta‘lim o‘quvchi shaxsiga qaratilgan, ta‘limga tizimli faoliyat sifatida yondashiladi.
Texnologik yondashuv ta‘lim jarayonini o‘zaro uzviy bog‘lik bosqichlarga ajratish, qo‘yilgan maqsadga erishish uchun belgilanadigan amallarni bajarish va malum ketma-ketlikda amalga oshirishni loyihalashtirilgan ish va amallarni bir xil talab asosida bajarishni nazarda tutadi. O‘quv materiali ta‘lim maqsadiga mos tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |