O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti qo‘qon filiali muhandislik texnologiyalri kafedrasi



Download 88,37 Kb.
bet10/17
Sana11.04.2022
Hajmi88,37 Kb.
#542961
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17
Bog'liq
Амалиёт услубий курсатма

Jami:

320 soat

10 hafta

Agar korxonada yuqoridagi jadvalda kelitirilgan bo‘limlar yoki ularning tarkibiy tuzilmasi mavjud bo‘lmasa, korxonadagi ushbu masala yuzasidan mas’ul bo‘lgan shaxslar yoki bo‘limlarda talaba amaliyotini o‘taydi. Har bir kunda yuqoridagi bo‘limlar bo‘yicha amalga oshirgan ishlarini o‘z kundaligida aks ettirib boradi.


1.4. Amaliyot dasturining mazmuni
Amaliyotni bajarish jarayonida amalga oshiriladigan tadbirlar doirasida talaba:

  • sanoat va elektr tarmoqlari korxonalarining tuzilishi va ularda bajariladigan ishlarning asosiy mazmuni;

  • korxonalardagi mavjud elektr ta’minoti sxemalari va ularda ishlatiladigan elektr jixozlar;

  • sanoat korxonalarining bosh energetik bo‘limini tuzilishi va ularda bajariladigan ishlarning mazmuni yoki elektr tarmoqlari korxonalarining bo‘limlari va xizmat qismlari;

  • mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasining asosiy qoidalari;

  • ishlab chiqarish jarayonidagi mutaxassis–elektriklarning asosiy funksiyalari, professional va tarbiyaviy–tashkiliy vazifalari.

Talabalarning o‘quv tanishuv amaliyoti davrida olgan ma’lumotlari ularni maxsus fanlarni o‘rganishga tayyorlaydi
    1. TUMAN PODSTANSIYALARINI KENGAYTIRISH YOKI REKONSTRUKSIYA QILISH BO‘YICHA YIG‘ILADIGAN MA’LUMOTLAR:

  • Energetika xo‘jaligi strukturasi o‘rganish va hisobotga kiritish;

  • Podstansiya energetika xo‘jaligini tashkil etish, xizmatchi va navbatchi xodimlarining soni, malakasi va vazifalari bilan tanishish;

  • Podstansiyaning asosiy elektr energiya manbalari va ularning asosiy ko‘rsatgichlarini o‘rganish;

  • Podstansiyani ta’minlovchi liniyalarning asosiy ko‘rsatgichlarini bilib olib, hisobotda keltirish;

  • Elektr energiya tarqatish va elektr iste’molchilarni ta’minlashda qo‘llanadigan kuchlanishlar bilan tanishish;

  • Podstansiyaning bir chiziqli sxemasi aniqlab, chizib olish;

  • Podstansiyaning reja va qirqimi o‘rganib, nusxasini chizib olish;

  • Podstansiyani konstruksiyasi va kompanovka qilinishi o‘rganish;

  • Podstansiyaning geografik joylashish o‘rni, iste’molchilarning toifalari, turlari, ularning yozgi, qishki sutkalik va yillik yuklama grafiklari, transformatorlarning soni va quvvatlarini o‘rganib, hisobotda qayd etish;

  • Podstansiyadagi o‘tkazgichlarning markalari, konstruksiyalari, yotqizish usullari o‘rganish;

  • Podstansiyaning yuqori kuchlanishli kommutatsion apparatlari va sxemalarini o‘rganish, komplekt tarqatuvchi qurilmalar (KRU, KRUN va KSO tipidagi xona ichida, tashqarida va bir tomonli xizmat qilinadigan komplekt shkaflar) ni ishlash prinsiplarini hisbotga keltirish;

  • Reaktiv quvvatni kompensatsiya qilish bo‘yicha tadbirlarni va podstansiyadagi reaktiv quvvat iste’molchilari, manbalari o‘rganish;

  • Podstansiyada kuchlanishni rostlash usullari o‘rganish;

  • Podstansiya iste’molchilarini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash. Avtomatik rezervni kiritish (AVR), avtomatik qayta ulash (APV), chastota bo‘yicha avtomatik yuksizlash (AChR), kondensatorlar batareyalarni avtomatik rostlash (ARK) qurilmalarining sxemalari va ish prinsiplari o‘rganish va hisobotda keltirish;

  • Podstansiyada elektr energiya sarfini hisobga olish va o‘lchash o‘rganish, o‘lchov asboblari va hisoblagichlarning turlari bilan tanishishi va hisobotda keltirish;

  • Podstansiyadagi rele himoyasi turlari, ularning sxemalari o‘rganish va nusxalarini keltirish;

  • Podstansiya transformatorlari himoyasining ishga tushish toklari, saqlagichlarni eruvchan quyilmalarining toklari o‘rganish;

  • Podstansiyani ishchi va avariya yoritishlishi (TSN, alohida iste’mol liniyasi, akkumulyator batareyalari, dizel dvigatellari) ularning sxemalari, konstruksiyalari o‘rganish;

  • Yoritishda ishlatiladigan asosiy yoritgich va lampalar bilan tanishish va keltirish;

  • Podstansiya tarmog‘iga yoritish tizimini ulanishlari va boshqa kerakli ma’lumot bo‘lsa ularni ham hisobotda keltirish;

  • Podstansiyadagi xavfsizlik plakatlari va shiorlari bilan ta’minlanishi, turlari, o‘rnatilish joylarini o‘rganish;

  • Podstansiyada yong‘in xavfsizligi bo‘yicha bajarilgan choralar, birlamchi himoya vositalari, ularning saqlanishini o‘rganish;

  • Podstansiyaning yerga ulanish, yashindan himoya tizimlari bilan o‘rganish;

2.2. AMALIYOT OB’EKTI BO‘LGAN KORXONA BO‘YICHA YIG‘ILADIGAN MA’LUMOTLAR:



–Korxonaning asosiy ishlab–chiqarish texnologiyasi;

–Energetika xo‘jaligi strukturasi;
–Ishlab–chiqarilayotgan mahsulot birligiga sarf bo‘layotgan solishtirma elektr energiyasi;
–Korxona bosh rejasidagi sexlarning joylashish tartibi. Sanoat korxonasining elektr ta’minoti bo‘yicha ma’lumotlar;
–Korxonaning asosiy elektr energiya manbalari va ularning asosiy ko‘rsatgichlari (energetika tizimi podstansiyasi transformatorlarining IEM – ruschasiga TES);
–Generatorning quvvati va kuchlanishi;
–Ta’minlovchi liniyalarning asosiy ko‘rsatgichlari. Korxona ichida elektr energiya tarqatish va elektr iste’molchilarni ta’minlashda qo‘llanadigan kuchlanishlar;
–Korxonaning ichki elektr ta’minoti sxemasi;
–Bosh pasaytiruvchi podstansiya (BPP) va taqsimlovchi punkt (TP) larning quvvat va joylashish o‘rni, iste’molchilarning yuklama grafiklari
–Korxona sexlarining yuklamalari bo‘yicha berilganlar: sexlardagi podstansiyalar bo‘yicha aktiv va reaktiv energiyalarning sarfi, korxonaning yuklama grafigi;
–Yuqori kuchlanishli elektrodvigatellar va boshqa yuqori kuchlanishli elektr iste’molchilarning ulanish sxemalari;
–6–110 kV kuchlanishli kabellarning markalari, konstruksiyalari, o‘tkazish usullari;
–BPP va TP larning sxemalari va ularga o‘rnatilgan yuqori kuchlanishli apparatlar. Komplekt tarqatuvchi qurilmalar ( KRU, KRUN va KSO tipidagi xona ichida,tashqarida va bir tomonli xizmat qilinadigan komplekt shkaflar);
–Reaktiv quvvatni kompensatsiya qilish bo‘yicha tadbirlar. Korxonadagi reaktiv quvvat iste’molchilari;
–Reaktiv energiya ishlab–chiqarish uchun ishlatiladigan statik kondensator, sinxron dvigatellar;
–Kuchlanishlari 1000 V gacha va undan yuqori bo‘lgan kompensatsiyalovchi qurilmalarning joylashishi;
–Sanoat korxonalari tarmoqlarida kuchlanishlar rejimlari. Kuchlanishni rostlash usullari;
–Iste’molchilarni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash. Avtomatik rezervni kiritish (AVR), avtomatik qayta ulash (APV), chastota bo‘yicha avtomatik yuksizlash (AChR), kondensatorlar batareyalarni avtomatik rostlash (ARK), qurilmalarning sxemalari va ish prinsiplari;
–Elektr ta’minoti tizimida elektr energiya sarfini hisobga olish va o‘lchash;
–Elektr ta’minot tizimi elementlaridagi rele himoyasi turlari, BPP va sex podstansiyalarning transformatorlari himoyasi. BPP dan ketayotgan liniyalar himoyasi, ularning asosiy parametrlari.

2.3. ASOSIY ISHLAB–CHIQARUVCHI SEX BO‘YICHA YIG‘ILADIGAN MA’LUMOTLAR

–Sex ishlab–chiqarish texnologiyasining qisqacha yozuvi, kuchlanishlari 1000 V gacha va undan yuqori bo‘lgan sex elektr tarmoqlari sxemasi;


–Muhit sharoiti bo‘yicha ishlab–chiqarish binolari xonalarning tabaqalanishi (yong‘in yoki portlash xavfi bor xonalar, yong‘in yoki portlash xavfi bo‘ladigan xonalar, korroziya bo‘yicha xavfli xonalar va hokazo);
–Sexlarning texnologik jihozlar va asosiy elektr iste’molchilari ko‘rsatilgan rejasi;
–Elektr iste’molchilarning asosiy parametrlari (nominal quvvati, f.i.k., quvvat koeffitsenti, ish rejimi va hokazo);
–Sexdagi o‘zgarmas tok elektr iste’molchilari va qurilmalari;
–Sanoat chastotasiga ega bo‘lmagan elektr iste’molchilari;
–Bir fazali yuklamalar;
–Sexdagi kranlar va boshqa transport vositalari, trassa liniyalari;
–Sex podstansiyaning joylanish o‘rni, transformatorlarning soni va quvvati;
–Sex podstansiyasini konstruksiyasi va kompanovka qilinishi, sexdan BPP yoki RP gacha bo‘lgan masofa;
–Podstansiyaning bir chiziqli sxemasi;
–Podstansiya iste’molchilari ma’lumotnomasi;
–Podstansiya sutkalik grafiklari;
–Podstansiyaning reja va qirqimi;
–Postansiya rele himoyasi va avtomatikasi;
–Podstansiyadagi o‘lchov asboblari va hisoblagichlar;
–Sim va kabellarni markalashtirish, yotqizish usullari;
–Ish va dam olish kunlari uchun sutkali elektr yuklamalarni (R va Q) grafiklari;
–Sex podstansiyadagi kuchlanishi 1000 V va undan yuqori bo‘lgan ulovchi va himoya apparatlari;
–Avtomatlarning, tok relesining, sex podstansiyasi transformatorlari himoyasining ishga tushish toklari, saqlagichlarni eruvchan quyilmalarining toklari;
–Sex energetika xo‘jaligini tashkil etish, xizmatchi va navbatchi xodimlarining soni, malakasi va vazifalari;
–Ishchi va avariya yoritish tizimlari, ularning sxemalari, konstruksiyalari;
–Yoritish tizimida ishlatiladigan asosiy yoritgich va lampalar;
–Sex tarmog‘iga yoritish tizimini ulanishlari;

2.4. ISHLAB–CHIQARISH JARAYONINI TASHKIL QILISh, SANOAT IQTISODIYOTI VA ELEKTR JIHOZLARNING TA’MIRLASH BO‘YICHA YIG‘ILADIGAN MA’LUMOTLAR



–Korxonaning umumiy strukturasi;

–Bo‘limlar, sexlar va uchastkalar ma’muriy–texnik xodimlarining xuquq va majburiyatlari;
–Ishlab–chiqarishni boshqarish va mehnatni ilmiy asosida tashkil etish, maoshlarni texnik normalashtirish asoslari;
–Berilgan sanoat sohasining taraqqiyoti tarixi va uning mamlakat xalq xo‘jaligida tutgan o‘rni va hukumat tomondan bu soha oldiga qo‘yilgan masalalar;
–Chiqarilayotgan mahsulotning tannarhini hisoblab chiqarish usullari;
–Zavod elektr laboratoriyasida (o‘chirgichlarni va boshqa elektr uskunalarni, sxemalarni ) tekshirish va sinash yo‘llari;
–Elektr energiyasi iste’molini normallashtirish va hisobga olish tizimi, sexlar va uchastkalar bo‘yicha elektr energiyasini hisobga olish va solishtirma energiya sarflarini aniqlash uslublari, hisobot tizimi. Elektr energiyasidan tejamli va undan unumli foydalanish tadbirlari;
–Elektr jihozlarni ta’mirlashni tashkil etish. PPR ning yagona tizimini tadbiq etish. Ta’mirlash bo‘yicha texnik va zamonaviy elektrotexnik ob’ektlar va qurilmalari, ularning texnik iqtisodiy ko‘rsatmalari, qurilmalari, ishlashi, ishlatish usullari, ta’mirlash va ishga tushirish qoidalari;
–Bosh energetik bo‘limi (OGE) shtatlaridagi rahbar va yordamchi xodimlarning soni, malakasi, rahbar, ishchi va ta’mirlovchi xodimlarning mehnat xaqini to‘lash tizimlari, energetika xo‘jaligida xo‘jalik hisobini tadbiq etish;

2.5. MEHNATNI MUHOFAZA QILISH MASALALARI BO‘YICHA YIG‘ILADIGAN MA’LUMOTLAR

Har qanday energetik xodim elektr qurilmalari bilan bog‘liq bo‘lgan mustaqil ishga belgilanishdan yoki boshqa ishga o‘tishdan oldin PTE, PTB va PUE hamda boshqa ishlab–chiqarish instruktajlar bilan tanishib chiqishi lozim. O‘qish muddati tugagach, talaba bilim darajasini tekshiruvchi maxsus komissiyasi ko‘rigidan o‘tib, mos keladigan malaka guruhiga belgilanadi.


Amaliyot davrida talaba quyidagi savollarni chuqur o‘rganib chiqib, quyidagi ma’lumotlarni yig‘ishi lozim:
–Sexdagi sanitariya xonalari va ularni normaga mos kelishi (harorati, namligi, changlanmaganligi, shovqinli, titrash va tabiiy yoritilmaganlik, zaharlanishdan va yuqori chastotali elektromagnit maydon tasiridan himoyalash vositalari) haqida;
–Elektr xavfsizligini ta’minlanishi;
–Ishchilarni maxsus kiyim–bosh va ish paytida foydalanish uchun himoya vositalari bilan taminlash;
–Erga ulanish himoyasini va tarqatuvchi elektr tarmoqlarining izolyatsiyasi qarshiligini tez–tez tekshirib turishga rioya qilishini;
–Ishchilarni va ishchi–texnik xodimlarini texnika xavfsizligi qoidalariga mehnat qonunga va sanoat sanitariyasiga amal qilgan holda o‘qitilishi;
–Ish vaqtining aniq rejimini belgilashda tanaffusga rioya qilish, o‘smirlar va katta yoshdagi ishchilarning belgilangan ish kuni vaqti, ta’til kunlariga rioya qilish;
–Ishchilarni ishlab–chiqarish operatsiyalariga yuborish oldidan texnika xavfsizligi instruktajlari bilan tanishib chiqish tartiblarini o‘rganish;
–Mehnat qonunchiligini asosiy qoidalari bilan tanishib chiqish.

3. AMALIYOTNI TASHKIL ETISH VA HISOBOT HIMOYASI YUZASIDAN UMUMIY QOIDALAR VA TARTIBLAR

3.1. Amaliyotga rahbarlik qilish

Talabalar amaliyoti Institutning davlat va aktsiyadorlik korxonalari, muassasa, tashkilot, firma, qo‘shma korxonalar va boshqalar bilan tuzilgan shartnomalar asosida tashkil qilinadi.
Yuridik shaxslar bilan tuzilgan kontrakt asosida o‘qiydigan talabalar amaliyot o‘tash uchun tegishli amaliyot ob’ektlariga yuboriladilar.
Institutdan tayinlangan amaliyot rahbari:

  • talabalar kelishiga zaruriy tayyorgarlik tashkil etish uchun ob’ektlarga amaliyot boshlanishidan oldin boradi;

  • talabalarning amaliyotga borishidan oldin tashkiliy tadbirlar (amaliyot o‘tkazish tartiblari, xavfsizlik texnikasi haqida ko‘rsatmalar berish va h.k.)ni o‘tkazishni ta’minlaydi;

  • talabalarning kafedra topshiriqlarida ko‘zda tutilgan ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qiladi;

  • amaliyot ob’ektlari talabalarning mehnat va maishiy xizmat sharoitlari me’yordagidek ta’minlanganligini nazorat qiladi;

  • talabalarning ichki mehnat tartib-qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qiladi;

  • amaliyot yakunlari bo‘yicha talabalar ilmiy anjumanlari tayyorlanishida va amaliyot natijalarini baholovchi komissiya ishida ishtirok etadi;

  • talabalarning amaliyot bo‘yicha hisobotini ko‘rib chiqadi, ularning ishi haqida tavsiyanoma beradi. Talabalar amaliyot o‘tganligi, ularning amaliyot tayyorgarligidagi kamchiliklar ko‘rsatilgan amaliyotni takomillashtirish haqida takliflar kiritlgan yozma hisobotni kafedra mudiriga taqdim etadi;

  • barcha ishlarni amaliyot ob’ekti tomonidan biriktirilgan rahbar bilan birgalikda o‘tkazadi.

Talabalar amaliyotining umumiy rahbarligi amaliyot ob’ekti rahbarining buyrug‘i bilan mas’ul hodimlarning biriga yuklatiladi.



Download 88,37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish