O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMLI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI QO‘QON FILIALI
MUHANDISLIK TEXNOLOGIYALRI KAFEDRASI
5310700 – Elektr texnikasi elektr mexanikasi va elektr texnologiyasi
bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun
AMALIYOT DASTURLARI VA ULARNI BAJARISH BO‘YICHA USLUBIY KO‘RSATMA
Qo’qon-2022
ANNOTATSIYA
Ushbu amaliyot dasturlari to‘plami 5310700 – “Elektr texnikasi elektr mexanikasi va elektr texnologiyasi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarni o‘quv-tanishuv(1-kurs), malakaviy(2-kurs), ishlab chiqarish (3 -kurs) va bitiruv oldi (4-kurs) amaliyotlarini tashkil etishga mo‘ljallangan.
Amaliyot dasturlari va ularni bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmada talabalarning barcha turdagi amaliyotlarini o‘tashning maqsad va vazifalari, tartibi, ularga ajratilgan vaqt va boshqa amaliyotlarni o‘tash bilan bog‘liq qoidalar ko‘rsatib o‘tilgan.
Dasturning kirish qismida talabalarning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishda malaka amaliyotlarining ahamiyati, malaka amaliyotining turlari, o‘tkazish muddatlari va ularga ajratilgan o‘quv yuklamasi keltirilgan.
Asosiy qismda malaka amaliyotlarining barcha turlari bo‘yicha amaliyot maqsadi, vazifalari, o‘tash muddatlari, amaliyot o‘tash vaqtining faoliyat turlari bo‘yicha taqsimoti, amaliyot dasturining mazmuni, o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan amaliy ko‘nikmalar, amaliyot hisobotiga qo‘yiladigan talablar va amaliyotni baholash mezonlari keltirilgan.
Dasturlar to‘plami 5310700 – “Elektr texnikasi elektr mexanikasi va elektr texnologiyasi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalarining malaka amaliyotini samarali tashkil etish uchun mo‘ljallangan.
Tuzuvchilar: “Muhandislik texnologiyasi” kafedrasi
ass: Sh.O’ktamjonov
“Muhandislik texnologiyasi” kafedrasi
ass: V.Ibrohimov
Taqrizchilar: Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedogagik kadrlar tayyorlash sektori rahbari
tfn.dots: T.Bo’tayev
TDTU QF uslubiy Kengashi tomonidan ma’qullandi va chop etishga tavsiya qilindi.
“_____”______________ 2022 yil. Bayonnoma №______
KIRISH
Ushbu dastur va uslubiy ko‘rsatma O‘zbekistan Respublikasi Pre-zidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2909-son, 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshi- rishda iqtisodiyot soxalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada ken- gaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3151-sonli hamda, 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risi da”gi PQ-3775-sonli karorlariga muvofik Oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yunalishlari talabalarining malaka amaliyotini o‘tash tartibi, shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yildagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malaka amaliyotini o‘tash tartibi” to‘g‘risidagi Nizom va 5310700 – “Elektr texnikasi elektr mexanikasi va elektr texnologiyasi”ta’lim yunalishining malaka talablari asosida ishlab chikilgan.
Uslubiy ko‘rsatma 5310700 – “Elektr texnikasi elektr mexanikasi va elektr texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishining barcha kurs talabalarining malakaviy amaliyoti davrida bajarilishi lozim bo‘lgan hisobot - grafik ishlarini to‘g‘ri va to‘liq bajarilishida amaliy ko‘rsatma berishga mo‘ljallangan. Ishlab chiqarish amaliyotida O‘zbekistan Energetika tizimi, tuman elektr korxonalari, shaxar energetika tizimida amalga oshirilayotgan ish yuritish tartibi xakidagi dastlabki ma’lumotlarni o‘rganadilar.
Ushbu amaliyot dasturida ko‘rsatilgan amaliyot turlarini har birining yakunida talaba tomonidan hisobot tayyorlanadi va himoya qilinadi. Hisobotining mazmuni va himoyasining sifatiga qarab uni amaliyotni o‘tashiga baho beriladi.
Amaliyot turlari va ularni o‘tkazish muddatlari quyidagi jadvalda keltirib o‘tilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |