O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi



Download 343,49 Kb.
bet1/12
Sana22.03.2022
Hajmi343,49 Kb.
#505448
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12

O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O„RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI

ISLOM KARIMOV NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
ELEKTR TA’MINOTI TIZIMINI BOSHQARISH VA
OPTIMALLASHTIRISH

fanidan 5310200 - Elektr energetikasi (elektr ta’minoti) yo„nalishi
talabalarining kurs ishini bajarish uchun

USLUBIY KO„RSATMALAR
UDK 621.316.1.311.338
Tuzuvchilar: Saidxodjaev A.G., Taslimov A.D., Meliqo„ziyev M.V. “Elektr ta’minoti tizimini boshqarish va optimallashtirish” fanidan kurs ishini bajarish uchun uslubiy ko„rsatmalar. - Toshkent: ToshDTU, 2019. - 56 b.
Uslubiy ko„rsatmalar elektr energetika yo„nalishi bo„yicha ta’lim olayotgan talabalarga “Elektr ta’minoti tizimini boshqarish va optimallashtirish” fanidan kurs ishini bajarish uchun mo„ljallangan.
Ko„rsatmalarda kurs loyihasining hamma bosqichlari aniq misol orqali ko„rib chiqilgan, bundan tashqari yetarli darajada kerakli ma’lumotnomalardan materiallar keltirilgan.
Islom Karimov nomidagi Tashkent davlat texnika universiteti ilmiy- uslubiy kengashining qarariga asasan chap etilgan.
Taqrizchilar:
D.B.Qodirov - TIQHMMI kafedrasi mudiri, PhD.
A.N.Rasulov - ToshDTU “Elektr ta’minoti” kafedrasi dotsenti.
«ELEKTR TA’MINOTI TIZIMINI BOSHQARISH VA
OPTIMALLASHTIRISH» FANIDAN LOYIHASI ISHIGA
USLUBIY KO„RSATMALAR

«Elektr energetika» yo„nalishi talabalari uchun
Uslubiy ko„rsatmalar shaharlar elektr ta’minoti bo„yicha kurs loyihasini bajarish uchun mo„ljallangan. Bundan tashqari u malakaviy bitiruv ishini bajarish uchun ham foydali bo„ladi.
Ko„rsatmalar tuzishda shahar elektr ta’minoti bo„yicha shug„ullanadigan bir necha loyihalasi institutlari materiallaridan hamda adabiyot manbalaridan foydalanishgan.
Ko„rsatmalar oxirida kurs loyihasini bajarishga kerak bo„ladigan ma’lumotlar, foydalanigan adabiyotlar keltirilgan.
Uslubiy ko„rsatmalar Energetika fakulteti uslubiy kengashining tavsiyasiga binoan tayyorlangan.

  1. KURS LOYIHASI BO„YICHA UMUMIY KO„RSATMALAR

    1. Kurs loyihasini maqsadi.

Kurs loyihasi bakalavrlar tayyorlashda yakuniy jarayonlardan biri hisoblanadi.
Kurs loyihasini maqsadi: ta’lim olish jarayonida olishgan nazariy bilimlarni kengaytirish, chuqurlashtirish va mustahkamlash; shaharlar elektr ta’minoti soxasida loyihalash tajribasiga ega bo„lish; adabiyotlar bilan amaliy ishlash, yozma bayon tuzish hamda loyihani chizma qismini bajarish tajribasiga ega bo„lish.
«Elektr ta’minoti tizimini boshqarish va optimallashtirish» fani bo„yicha Kurs ishi 4-kurs bakalavr talabalari uchun ko„zdek tutilgan. U «Elektr ta’minoti tizimini boshqarish va optimallashtirish» fanini o„rganishda yakuniy bosqich hisoblanadi.
Kurs loyihasi vazifani berishdan boshlanadi, uyda quyidagilar ko„rsatiladi:

  • boshlang„ich ma’lumotlar(shahar kichik nohiyasini rejasi, turar-joy va jamoat binolarini joylashi va boshqalar);

  • yechilishi zarur bo„lgan vazifalar;

- loyiha topshirig„ini berish va uni bajarib tugatish vaqtlari (2-ilova). Bundan tashqari loyiha rahbari ta’minot manbasining joylashishi haqida ma’lumot beradi.

    1. Loyihada ko„riladigan masalalar.

Shahar nohiyasini elektr ta’minoti loyihasida quyidagi qismlar bo„lishi kerak:

  1. Kichik nohiya va iste’molchilar to„g„risida qisqacha ma’lumot;

  2. Ta’minot manbasi, uni kuchlanishi va boshqalar;

  3. Turar-joy va jamoat binolarning, nohiya hududini yoritish hamda kichik nohiyani umumiy hisobiy yuklamasi. Kichik nohiyadagi barcha iste’molchilarning ishonchli elektr ta’minoti talabini aniqlash;

  4. Tarmog„ining ko„chlanishini tanlash;

  5. Transformator podstansiyaning (TP) sonini va quvvatini aniqlash;

  6. Kuchlanishi 1000 voltgacha va undan yuqori tarmoqlarni hisoblash va sxemasini tanlash;

  7. Qisqa tutashuv toklarini hisoblash va kommutatsion apparatlarni tanlash.

    1. Loyihani rasmiylashtirish.

Kurs loyihasi jami 30-40 varoq bo„lgan tushuntirish bayonidan va grafik chizmalardan iborat bo„ladi.
Tushuntirish bayoni titul varoqdagi(1-ilova) boshlanadiyu keyingi varaqlarda loyiha uchun topshiriq(2-ilova), loyihaga ilova qilinadigan chizmalar keltiriladi.
Loyihaning chizmalari ikki qismdagi iborat:

  1. Ta’minot manbasi, TQ, TP, 1000 voltdan yuqori bo„lgan liniyalar tushirilgan kichik nohiya rejasi;

  2. Bir chizig„li sxema.

  1. HISOBIY YUKLAMANI ANIQLASH

Kichik nohiyaning elektr ta’minoti ishlab chiqilayotganda hisobiy yuklamalar alohida elektr iste’molchilarning o„rtacha iste’moli normalariga asoslangan kattaliklar asosida aniqlanadi.

    1. Tur-joy va jamoat binolarini hisobiy yuklamalarini aniqlash.

Turar-joy va ja=moat binolarining hisobiy yuklamalarinida tavsiya etilgan usullar asosida aniqlanadi.
Turar-joy binolari kirishidagi elektr energiya iste’molchilarining hisobiy aktiv yuklamasi quyidagi ifoda asosida hisoblanadi:
Ph.tj.=Pkv.sol.*^n+0,9*(Ph.l.+EPh.d.), kVt
bu yerda, Pkv.soi. - kvartiradagi elektr energiya iste’molchilarining
solishtirma hisobiy yuklamasi, kVt/kvartira (4-ilova);
n - liniya(TP)ga ulanadigan kvartiralarining umumiy soni;
Ph.l. - liftdagi dvigatellarning hisobiy elektr yuklamasi, kVt;
LPh.d - bino ichidagi kuch dvigatellarining hisobiy yuklamasi (0,05 kVt/kvartira).
Lift uskunalari liniyasining hisobiy yuklamasi aniqlanadi:

Download 343,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish