Muvofiqlikni baholash organlarining huquqlari
Muvofiqlikni baholash organlari:
•
akkreditasiyaning belgilangan sohasida sertifikatlashtirishni amalga
oshirish;
•
muvofiqlik sertifikatlari berish;
•
o‘zi bergan muvofiqlik sertifikatlarining yoki muvofiqlik to‘g‘risidagi
deklaratsiyani ro‘yxatdan o‘tkazishning amal qilishini belgilangan
tartibda to‘xtatib turish yoxud muvofiqlik sertifikatlarini yoki muvofiqlik
haqidagi deklaratsiyani ro‘yxatdan o‘tkazishni bekor qilish;
•
akkreditasiyaning belgilangan sohasida mahsulot sinovini o‘tkazish,
o‘lchov va sinov vositalarini tekshirish yoki kalibrlash;
•
akkreditasiyaning belgilangan sohasida mahsulot sinovlariga oid
bayonnomalarni, o‘lchov va sinov vositalarini tekshirish yoki kalibrlash
to‘g‘risidagi bayonnomalarni berish;
•
milliy akkreditasiya tizimi belgisini qo‘llash huquqiga ega.
Muvofiqlikni baholash organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |