6-amaliy mashg’ulot.
Mahsulot sifatini nazorat qilish.
Ishdan maqsad: Mahsulot sifat koʼrsatkichlarini ehtimollar nazariyasi elementlari yordamida statistik baholash usullarini o’rganish. Mahsulot sifati va sifatni boshqarishga oid nazariy bilimlarni amaliy qoʼllash koʼnikmasiga ega boʼlish
Nazariy maʼlumotlar
Nazorat kartasi - bu grafikning xilma-xilligidir, biroq odatdagi grafikdan nazorat chegaralari yoki tartibga solish chegaralari deb nomlanuvchi chiziqlarning mavjudligi bilan farq qiladi. Bu chegaralar jarayon kechishining odatdagi sharoitlarida shakllanadigan tarqoqlikning kengligini anglatadi.
Agar grafikning hamma nuqtalari nazorat chegaralari bilan cheklangan sohaga kirsa, bu jarayonning nisbatan barqaror sharoitlarda kechayotganini ko'rsatadi. Va aksincha, nuqtalaming tartibga solish chegaralaridan chiqishi jarayonning tartibsizligi va uni tartibga solish yuzasidan choralar ko'rilishi kerakligini anglatadi. Ishlab chiqarish amaliyotida foydalaniladigan ma’lumotlarning hususiyatlariga ko'ra bir-biridan ajralib turadigan nazorat kartalarining turli ko‘rinishlaridan foydalaniladi. Odatda, sifatning miqdoriy ko'rsatkichlari, masalan, o‘lchamlar, qattiqlik, yopishqoqlik va g‘adir-budurlik singari sifat ko‘rsatkichlarini baholovchi kartalar farqlanadi. Birinchi holda son bilan ifodalangan u yoki bu miqdor qo’llanadi; ikkinchi holda ikkita baho qo‘llanadi: «sifatli» va «sifatsiz».
Ishni bajarish tartibi
1. Amaliy mashg’ulotga oid atama va tushunchalar bilan tanishib chiqish.
2. Hisobiy qismda keltirilgan topshiriqlarni bajarish
3. Nazorat savollariga yozma tarzda javob keltirish
Topshiriqlar
Misol tariqasida kartalarni tuzishni kо‘rib chiqamiz. Faraz qilaylik, 30.01.2011-yildan 10.02.2011-yilgacha avtomatik jihozdan foydalanib ishlab chiqarilgan plastmassa plastinaning qalinligi nazorat qilingan. Nazorat shartlarining asosiy ma’lumotlari:
1. Buyumning nomi - plastina.
2. Sifat ko‘rsatkichi — qalinlik.
3. O‘lchov birligi — sm.
4. Nazorat chegaralari: yuqorisi - 5,7; quyi - 5,3.
5. Kunlik me’yor — 50 dona.
6. Tanlash hajmi — 5 dona.
7. Tanlovning muddatliligi - 1/2 smena.
8. Operator Xo'jayev I. F.
9. Nazoratchi Komilov O. A.
Nazoratning hamma ma’lumotlari 7.1-jadvalda keltrilgan. Ma’lumotlarni qayta ishlash natijasida jarayonni tartibga solish tashkil qilinadigan nazorat kartasi tuzilishi kerak.Nazoratning ma’lumotlari bo‘yicha nazorat kartalarining ko‘rsatkichlarini hisoblaymiz:
1. Nazorat kartasi:
UCL = X + A2R = 5,519 sm, LCL = X - A 2R = 5,293 sm.
2. R nazorat kartasi:
UCL = D2R= 0,411 sm, LCL — aniqlanmagan.
1- jadval
Nazorat kartasini tuzish uchun zarur bo‘lgan
nazorat ma’lumotlari
O‘lchashlar va hisoblar asosida 1-rasmda misol sifatida keltirilgan nazorat kartalari tuzilishi mumkin. (X - R) kartasida qandaydir nuqta nazorat chegarasidan tashqariga chiqsa yoki unda joylashgan bo’lsa, bu jarayonning noto‘g‘ri tashkil etilganligini yoki tartibsizligini bildiradi.
O’rtacha miqdorlarni guruhlashning markazi normal darajadan chetga chiqishi mumkin. Odatda, bu jihozlami sozlash vositasida oson bartaraf etiladi.
Tartibga solishning nazorat chegarasiga R grafigidagi nuqta o'rnashsa, bu guruhning tartibsizligini anglatadi, demak, tasodifiy omillar jarayonning me’yorda kechishini ishdan chiqarishgan. Bu holatni tahlil qilish qiyinroq: materiallarning kirish nazoratini kuchaytirish, jihozning texnik hususiyatlarini tekshirish zarur.
Nazorat savollari
1. Nazorat kartasi tuzilish jarayoni qanday ketma-ketlikda amalga oshiriladi?
2. Buyurtmachi va ta ’minotchining tavakkalchiligi nima?
3. Binominal taqsimot.
4. Gipergeometrik taqsimot.
5. Puasson taqsimoti.
Do'stlaringiz bilan baham: |