Mazkur Qonunni qo‘llash bilan bog‘liq nizolarni qarab chiqish Mazkur Qonunni qo‘llash bilan bog‘liq nizolar sud tomonidan O‘zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda qarab chiqiladi.
Shikoyatlarni qarab chiqish Sertifikatlashtirish natijalaridan norozi bo‘lgan taqdirda manfaatdor tomon
«O‘zstandart» agentligining shikoyatlarni qarab chiqish kengashiga murojaat
etishga haqlidir.
Shikoyatlarni qarab chiqish kengashi to‘g‘risidagi nizomni «O‘zstandart»
agentligi ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
«O‘zstandart»
agentligining
shikoyatlarni
qarab
chiqish
kengashi
sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarining (markazlarining)
qarorlari ustidan berilgan shikoyat arizalarini qarab chiqadi.
Shikoyat arizalari ikki hafta ichida qarab chiqiladi.
«O‘zstandart» agentligining, shikoyatlarni qarab chiqish kengashining
qarorlari ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish
mumkin.