63
Sifat
– O‘z tafsilotlari majmuining talablarga muvofiqlik darajasi.
Iste’molchilarning qoniqqanliligi
– iste’molchilarning o‘z
talablarining
bajarilganlik darajasidan mamnun bo‘lganlik hissiyoti.
Sifat menejmenti tizimi
– Sifatga nisbatan tashkilotga
rahbarlik qilish va
boshqarish uchun menejment tizimi.
Sifat sohasidagi siyosat
– yuqori rahbariyat
tomonidan ifodalangan sifat
sohasida tashkilotning umumiy maqsad va faoliyat yo‘nalishi.
Tashkiliy tuzilma
– Mas’ullik, vakolatlik va o‘zaro munosabatlarning
xodimlar o‘rtasida taqsimlanishi.
Manfaatdor tomon
– tashkilotning faoliyatidan
yoki yutuqlaridan
manfaatdor shaxs yoki guruh.
Jarayon
– Kirish va chiqishlarni qayta o‘zgartiruvchi o‘zaro bog‘liq va
o‘zaro ta’sir etuvchi faoliyat turlarining majmui.
Prosedura
– Faoliyatni yoki jarayonni amalga oshirishning o‘rnatilgan
usuli.
Kuzatuvchanlik
– Kuzatilayotganning tarixi, qo‘llanilishi
yoki joylashgan
o‘rnini kuzatish imkoni.
Do'stlaringiz bilan baham: