13
Hisobga olish asbobining qiyoslashlararo interval muddati tugashidan
kamida bir oy oldin elektr ta’minoti korxonasi tomonidan iste’molchiga imzo
qo‘ydirgan holda xabarnoma taqdim etiladi. Xabarnoma ikki nusxada tuziladi.
Uning bir nusxasi iste’molchiga
beriladi, iste’molchi tomonidan imzolangan
ikkinchi nusxasi esa, elektr ta’minoti korxonasida qoldiriladi.
Xabarnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim:
hisobga olish asbobining qiyoslashlararo interval muddati tugaydigan vaqt;
hisobga olish asbobini qiyoslashdan o‘tkazish
uchun belgilangan tarif
bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan summa;
hisobga olish asbobini yechib olish uchun elektr ta’minoti korxonasi xodimi
boradigan kun;
xabarnoma borayotgan elektr ta’minoti korxonasining rekvizitlari;
boshqa zarur ma’lumotlar.
Xabarnomaga qiyoslashdan o‘tkazish uchun belgilangan tarif bo‘yicha
to‘lanishi lozim bo‘lgan summa ko‘rsatilgan to‘lov hujjati ilova qilinadi.
Xabarnomani keltirgan shaxs iste’molchini yashash joyida topmasa,
xabarnoma u bilan birga ishaydigan katta yoshdagi oila a’zolarining biriga yoki u
bilan bir xonadonda istiqomat qiluvchi voyaga yetgan shaxsga, ular ham bo‘lmasa
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga topshiriladi.
Bunday hollarda
xabarnomani qabul qilib olgan shaxs uning ikkinchi nusxasida o‘zining familiyasi,
ismi va otasining ismini, shuningdek xabarnoma yuborilgan iste’molchining
kimekanligini (eri yoki xotini, otasi, onasi, o‘g‘li, qizi va hokazo) ko‘rsatishi shart.
Xabarnomani qabul qilib olgan shaxs uni imkoniyat bo‘lishi
bilan darhol
iste’molchiga topshirishi shart.
Iste’molchi vaqtincha biror joyga ketgan bo‘lsa, xabarnomani keltirgan
shaxs uning ikkinchi nusxasiga iste’molchi qayerga ketganligi
va qachon kelishi
kutilayotganligi to‘g‘risida yozib qo‘yadi. Bu ma’lumotlar tegishli fuqarolarning
o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tasdiqlanishi lozim.
Qiyoslashdan o‘tkazish uchun to‘lov iste’molchi
tomonidan qiyoslashdan
o‘tkazish ishlari boshlangunga qadar amalga oshirilishi lozim.
Kam ta’minlangan iste’molchilar, ularning kam ta’minlanganligini
tasdiqlovchi hujjatga asosan, hisobga olish asbobini qiyoslashdan o‘tkazish uchun
to‘lanishi lozim bo‘lgan summani 6 oy ichida to‘lashi mumkin. Bunda
qiyoslashdan o‘tkazish uchun to‘lov elektr ta’minoti korxonasi va iste’molchi
o‘rtasida qiyoslashdan o‘tkazish ishlarini bajarish bo‘yicha
tuzilgan shartnomaga
asosan qiyoslashdan o‘tkazish elektr ta’minoti korxonasi mablag‘lari hisobidan
amalga oshiriladi.
Iste’molchining hisobga olish asbobini yechib olish (demontaj qilish),
qiyoslashdan o‘tgan hisobga olish asbobini iste’molchiga yetkazib berish, hisobga
olish asbobini joyiga o‘rnatish (montaj qilish) elektr ta’minoti
korxonasining
shtatdagi elektr otexnik xodimi (bundan buyon matnda vakolatli xodim deb
yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Qiyoslashdan o‘tkazish ishlari hisobga olish asbobi yechib olingandan so‘ng
15 kun ichida yakunlanishi lozim.