O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


 OZIQ-OVQAT MAHSULOTINING SIFATI VA XAVFSIZLIGINI



Download 1,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/91
Sana20.10.2022
Hajmi1,25 Mb.
#854477
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   91
Bog'liq
Metrologiya va standartlashtirish

2. OZIQ-OVQAT MAHSULOTINING SIFATI VA XAVFSIZLIGINI 
TA'MINLASH SOHASIDAGI DAVLAT BOSHQARUVI 
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat 
boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligining Davlat 
sanitariya-epidemiologiya xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv 
xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bosh davlat veterinariya boshqarmasi, O‘zbekiston 
Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini 
bosh davlat inspeksiyasi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va 
sertifikatlashtirish agentligi hamda qonun hujjatlari bilan belgilanadigan boshqa 
organlar (bundan keyin matnda davlat nazorati organlari deb yuritiladi) tomonidan 
amalga oshiriladi. 
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat 
boshqaruvi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 

davlat tomonidan normalash; 

oziq-ovqat mahsulotini hamda uni tayyorlashga mo‘ljallangan va 
foydalanganda oziq-ovqatga tegib turadigan uskunalarni davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazish; 

oziq-ovqat mahsulotini sertifikatlash; 

davlat nazorati va tekshiruvi; 

oziq-ovqat mahsulotining sifatini va xavfsizligini ta’minlash tadbirlarini 
rejalashtirish. 
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat 
tomonidan normalash oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligiga, uni ishlab 
chiqarish, tayyorlash, xarid qilish, qayta ishlash, yetkazib berish, saqlash, tashish 
va realizasiya qilish shart-sharoitlariga qo‘yiladigan talablarni o‘z ichiga oladigan 
sanitariya, veterinariya, fitosanitariya normalarini, qoidalarini va gigiyena 
normativlarini, davlat standartlarini, texnik shartlarni (bundan keyin matnda 
normalar va qoidalar deb yuritiladi) belgilash yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligiga doir normalar va qoidalar 
davlat organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi va 
ular oziq-ovqat mahsuloti muomalasi sohasida ish olib borayotgan yuridik hamda 
jismoniy shaxslar uchun majburiydir. 
Oziq-ovqat mahsulotini hamda uni tayyorlashga mo‘ljallangan va 
foydalanganda oziq-ovqatga tegib turadigan uskunalarni davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazish 
Oziq-ovqat mahsuloti hamda uni tayyorlashga mo‘ljallangan va 
foydalanganda oziq-ovqatga tegib turadigan uskunalar oziq-ovqat mahsulotining 
sifati va xavfsizligiga doir normalar va qoidalar talablariga mosligi baholanganidan 
hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin ishlab chiqarilishi, O‘zbekiston 
Respublikasi hududiga olib kirilishi, realizatsiya qilinishi va ishlatilishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan va uning hududiga olib 
kirilayotgan, O‘zbekiston Respublikasi hududida muomalaga ruxsat berilgan oziq-


94 
ovqat mahsulotini va uskunalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish gigiyena sertifikati 
berilayotganda davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Quyidagilarga yo‘l qo‘yilmaydi: 

oziq-ovqat mahsulotining har xil turlarini bir xil nomda davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazish; 

ayni bir turdagi oziq-ovqat mahsulotini bir xil yoki har xil nomlar bilan 
qayta-qayta ro‘yxatdan o‘tkazish; 

tarkibida giyohvandlik moddalari bo‘lgan oziq-ovqatlarni, ovqatga 
qo‘shiladigan oziq-ovqat qo‘shimchalari, yembop qo‘shimchalar va 
biologik faol qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish. 
Oziq-ovqat mahsulotini, uni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va u bilan 
savdo qilishga mo‘ljallangan texnologiyalar, uskunalar, buyumlar va vositalarni 
sertifikatlash 
Oziq-ovqat mahsuloti, uni ishlab chiqarish, saqlash, tashish va u bilan savdo 
qilishga mo‘ljallangan texnologiyalar, uskunalar, buyumlar va vositalar ularning 
normalar va qoidalarga mosligini tasdiqlash maqsadida sertifikatlanishi lozim. 
Majburiy sertifikatlanadigan mahsulotlar ro‘yxati hamda sertifikatlashdan 
o‘tkazish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. 

Download 1,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish