O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi islom


Otuvchi perfaratorlarning guruhlari va ularning kamchilliklari



Download 1,27 Mb.
bet4/5
Sana06.07.2022
Hajmi1,27 Mb.
#745978
1   2   3   4   5
Bog'liq
kursIsh19

Otuvchi perfaratorlarning guruhlari va ularning kamchilliklari.
Otuvchi perforatorlarni uch guruhga bo‘lish mumkin: - ekspluatatsion
himoya tizmasi ichida NKK bo‘lmagan holda tushiriluvchi perforatorlar; - NKK
ichidan tushiriluvchi perforatorlar; - NKK bilan tushiriluvchi perforatorlar.
Ikkilamchi ochish uchun qaysi guruh perforatorlarini tanlash, quduqni
perforatsiyalashga tayyorlash harakteriga va ishlar hajmiga, perforatsiyani
davomiyligiga va reyslar soniga, ikkilamchi ochishni samaradorligiga, shuningdek
otish ishlari jarayonida quduqni mustahkamligiga keltiriladigan shikastni (zarar)
inobatga olgan holda amalga oshiriladi.
Birinchi guruh perforatorlari bilan teshiklar hosil qilish uchun ekspluatatsion
tizmani shunday yuvuvchi suyuqlik bilan to‘ldiramizki, quduqka hosil qilingan
bosim 2-3 MPa dan yuqori bo‘lmasligi kerak. Mahsuldor qat-lamni otilgan
teshiklar orqali yuvuvchi suyuqlik bilan ifloslanishini minimumga kamaytirish
maqsadida perforatsiya qilinadigan masofadan 100-200m yuqori oraliq kimyoviy
reagentlar bilan ishlangan, suv bera oluvchanlikni kamaytiruvchi, qattiq fazasiz
suyuqlik bilan to‘ldiriladi.
Perforatsiya boshlanishidan avval quvur uchi krestovikasiga perforator
zulfini o‘rnatilib, ekspluatatsion tizmani ruxsat etilgan bosimidan yuqori bosimda
sinab ko‘riladi. Zulfinni shturvali quduqdan 10m uzoqlikda joylashtirilib, ayvonli
to‘sik bilan atrofi uraladi. Quduq tayyor bo‘lganidan keyin, uqlangan perforator
kabel bilan ekspluatatsion himoya tizmasi ichiga belgilangan mahsuldor kollektori
otiladigan masofaga tushiriladi va otib teshiklar hosil qilinadi; gilli qatlamchalar
mavjud kollektorlarda otib teshik hosil qilish tavsiya qilinmaydi. Perforatorlarni
har bir otilishida quduq ichidagi yuvuvchi suyuqlikni ma’lum bir qismi qatlamga
kiradi. Mahsuldor qatlamda vaqtidan ilgari qatlam suyuqligi oqimi hosil bo‘lishini
oldini olish uchun himoya tizmasi ichiga yuvuvchi suyuqlikni o‘z vaqtida tuldirib
turish va uni sathini quduq yuzasidan turib saqlab turish lozim.
Perforatsiya tugashi bilan quduqdan kabel ko‘tarib olinadi, NKK
perforatsiya qilingan chegarani yuqori qismigacha tushiriladi. Agarda mahsuldor
qatlamni kollektori mustahkam bo‘lmasa NKK ni ostki qismi perforatsiya qilingan
oraliqdan 100-150m yuqorida bo‘lishi lozim.
Qolgan ikki guruh perforatorlari yordamida o‘tkaziladigan otish ishlarida
quduq yuzasi germetik bo‘lgan holda amalga oshiriladi. Bunday holatda zarur
bo‘lgan depressiyani ushlab turish va kollektorni suyuqlik bilan ifloslanishini
oldini olish mumkin bo‘ladi.
Agar otish ishlari uchun ikkinchi guruh perforatorlarini ishlatish zarur
bo‘lsa, quduqni qatlam bosimiga nisbatan belgilangan kam bosimni perforatsiya
oralig‘ida hosil qiluvchi suyuqlik bilan to‘ldiriladi. NKK larni ostki qismi
perforatsiya qilinadigan oraliqni yuqori qismida bir qancha yuqori masofada
joylashtiriladi.
Quduq yuzasi favvora armaturasi bilan germetik saqlanadi. Armatura
buferini maxsus lubrikator bilan almashtiriladi. NKK ichidan perforator kabel
yordamida tushiriladi. Otish ishlari tugatilganidan keyin archadagi lubrikator echib
olinadi va uning o‘rniga manometrli bufer quyiladi.
Uchinchi guruh perforatorlari quduqka tushirishdan avval NKK ni ostki qismiga
maxsus perevodnik yordamida biriktirilib qotiriladi. Perfora-torning uzunligi 50
metrgacha yotishi mumkin. Agarda mahsuldor qatlam bir nechta kollektor
qatlamchalardan iborat bo‘lsa, perforatorga kumulyativ zaryadlar shunday
joylashishi kerakki, bizga zarur bo‘lgan qatlamni tesha olishimiz kerak.
Belgilangan oraliqqacha perforator NKK bilan tushirilib, quduq ustiga
favvora armaturasi o‘rnatiladi va quduq qatlam bosimidan kichik bo‘lgan bosim
hosil qiluvchi suyuqlik bilan to‘ldiriladi. So‘ngra NKK ni ichiga rezina shar
tashlanib kompressor bilan havo yoki nasos bilan suyuqlik sharni perforatorlarni
shtokigacha borib tiralginucha haydaladi. Bosimni tezda oshishi hisobiga shtok
harakatlanib detanatorni kapsulasiga urilishi natijasida, portlab otilish ro‘y berishi
perforator ishlay boshlaganini bildiradi. Perforatsiya tugashi bilan perforatorni
quduqdan (ko‘tarmasdan) chiqarmasdan quduqni sinash mumkin. Uchinchi guruh
perforatorlarini ishlatish vaqtini minimum sarfiga va boshqa otuvchi
perforatorlarga nisbatan yuqori unumdorlikka ega.
Otuvchi perforatorlarni asosiy kamchiliklari:
a) tog‘ jinsida hosil qilinadigan kanalni uzunligi, tizma ortidagi tamonaj toshini
mustahkamligiga tog‘ jinsini mustahkamligi, siqilishiga bog‘liq.
b) teshik devorlarida zichlanish yuqori.
v) perforatsiya jarayonida ekspluatatsion tizmada ya’ni otiladigan oraliqda
nuqsonlar (deffekt) bo‘lishi kutiladi.
g) tamonaj toshlarida yorilish sodir bo‘ladi.
Nuqsonlarni hosil bo‘lish ehtimoli perforatsiya (zich) tekis bo‘lganda, bir
momentda ko‘plab teshiklar hosil qilinganida kuzatiladi.
Kumilyativ perforatsiyaga nisbatan torpedali va o‘qli perforatsiyada nuqsonlar
yuqori bo‘ladi.
Ikkilamchi ochishni eng samarali usuli suvqum oqimli perforatsiya usulidir.
Teshishning bu usuli quduq devoriga yo‘naltirilgan bo‘lib, maxsus
nasadkadan suyuqlik qum aralashmasi katta tezlikda harakatlanishidagi kinetik
energiyasiga va devorni emirish hususiyatiga asoslangan. Qisqa vaqt ichida
mustahkamlovchi quvurlar tizmasi, sement toshi, tog‘ jinslari teshilib qatlamda
teshik yoki ariqchasimon kanal hosil qilinadi.
Suyuqlik qum aralashmasi quduq usti atrofiga o‘rnatilgan nasoslar
yordamida nasos kompressor quvurlari bo‘ylab perfaratorga haydaladi.
Bu usul yangi burg‘ilangan quduqlarda mahsuldor qatlamni teshishda va
ishlatish quduqlarining mahsuldorligini oshirish uchun ham qo‘llaniladi.
Suyuqlik qum oqimli teshish usulidan quduqda bir qator ishlarni bajarishda
ham foydalaniladi:
- quduqda mustahkamlovchi quvurlarni tizmasini, NKK ni, burg‘ilash
quvurlar tizmasini kesishda;
- quduqdagi metall, sement stakanlarini va qattiq qumli tiqinlarni
buzishda;
- quduq tubi atrofini kengaytirishda; Quduqda sinash ishlari boshlanishidan oldin, barcha ishlarni loydan tozalash
yuvish, qatlamni ikkilamchi ochish va undan suyuqlik oqimini olish uchun zarur
bo‘ladigan hamda neft’ gaz hosil bo‘lishini oldini olish yoki bosish uchun zarur
zichlikka ega bo‘lgan suyuqlik bilan to‘ldiriladi (zaruriyat tug‘ilishi mumkin
hollarda). Bu suyuqlikni hajmi ekspluatatsion tizmaning to‘liq hajmidan kamida
ikki hissa ortiq bo‘lishi kerak.


Xulosa
Mahsuldor gorizontlarni ochishda atrofning tabiiy muhitini muhofaza qilish
sohasidagi asosiy talab tuproq qoplamasiga har xil belgilanishdagi suv havzalariga,
o’simlik va hayvonot dunyosiga progressiv ekologik kam xavfli texnologiyalar va
texnik vositalarni amalga oshirish yo’li bilan salbiy holatlarni minimallashtirish
hisoblanadi. Neft va gaz otilib chiqadigan holatlarda nazoratsiz favvoralinish ekologik halokatga olib kelishi mumkin.
Mahsuldor qatlamni germetikligini ta‘minlamasdan anomal yuqori qatlam
bosimi (AYUQB) bilan ochish jarayonida yuqorida joylashgan qatlamdagi neft va gaz yuqorida joylashgan o’tkazib yuboradigan qatlamga (suvli qatlam, neftgazli qatlam)
oqib o’tadi. Ekologik monitoring ma‘lumotlari bo’yicha burg’ilash ishlarini
o’tkazishga talablar atrof muhitni muhofaza qilish sifatini oshirish maqsadida
to’g’rilanadi.
Mahsuldor qatlamlarni ochishda yer osti boyliklarini muhofazalash bo’yicha
tadbirlari ishlov beriladigan mahsuldor soz yerlarga ham, mahsuldor bo’lmagan
qatlam yoki qazilma ishlari amalga oshirilmaydigan soz yerlarga salbiy ta‘sirni
minimal bo’lishiga xizmat qilishi hamda gorizontlarni toza yer osti ichimlik suvining
ham tozaligini ta‘minlashi kerak


Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish