Mahsuldor qatlamni perforatsiya bilan ikkilamchi ochish. Ko‘p hollarda qatlamni birlamchi ochishdan keyin quduqni to‘liq ekspluatatsion
himoya quvurlari bilan mustahkamlab, quvur orti muhiti sementlanadi. Bunday
quduqlardan qatlam suyuqligini olish uchun himoya tizmasini, sement toshini, va
kolmatatsiya kobig‘idan o‘tuvchi ko‘p sonli teshiklarni hosil qilish zarur. Bunday
teshiklarni hosil qilish operatsiyasi – mahsuldor qatlamlarni ikkilamchi ochish deb
ataladi.
Hozirgi davrda ikkilamchi ochish perforator deb ataluvchi uskunalar
yordamida amalga oshiriladi. Asosan otuvchi va suvqum oqimli perforatorlar
qo‘llaniladi.
Quduq qatlamidan qatlam suyuqligi normal oqim bilan chiqish uchun
ekspluatatsion tizmani bir metr masofada otuvchi perforatorlar bilan 10 tadan 20
tagacha teshik hosil qilish zarur. Perforatorlarni turi va razmeriga bog‘liq holda
quduqni bir metr oralig‘ida bir reysda ikkitadan 10 tagacha teshik hosil kilinadi.
SHuning uchun ham quduqka perforatorlarni bir necha marta tushirishga to‘g‘ri
keladi.
Mahsuldor qatlamlarni ochish jarayonida hosil qilinadigan quduq tubi bosimi
bilan qatlam bosimining nisbatlari muhim rol o’ynaydi.
Bularga muvofiq ravishda mahsuldor qatlamlarni ochish usullari muhim
hisoblanadi: qatlamni repressiya sharoitida quduqlarni burg’ilash (quduq tubining
gidrostatik bosimining qatlam bosimidan yuqoriligi);
muvozanat bosim sharoitida burg’ilash (gidrostatik quduq tubi bosimining
qatlam bosimiga tengligi);
qatlamga depressiya bosimi ostida burg’ilash (qatlam bosimi gidrostatik
bosimdan yuqori b’ladi).
Shunday qilib mahsuldor qatlamlarni ochish muvozanatli bosim usulida
(qatlamga repressiya sharoitida burg’ilash) va movozanatlanmagan bosim ostidagi
usullarda (qatlam bosimi va quduq tubining tenglik sharoitlarida hamda qatlamga
depressiya sharoitida burg’ilab) ochiladi.
Qatlamni repressiya sharoitida burg’ilash quduqqa qatlam flyuidlarining
kirib kelishini oldini oladi hamda quduqni qazish rejimini taminlaydi.
Bunda mahsuldor qatlamlarni ochishda qo’llaniladigan an‘anaviy
repressiyada ochish usulida bosimlar farqi burg’ilash eritmalarining qatlamga kirishi
uchun va ularni qatlamning kollektorlik xossasiga ta‘sir qilishiga sharoit yaratadi.
Neftgazpaydo bo’lishini oldini olish maqsadida neft gaz sanoatidagi
texnik xavfsizlik qoidalariga mos ravishda [24] qatlamni repressiya sharoitida
ochishda quduq tubi zonasida minimal-kerakli gidrostatik bosim ustunini hosil qilish
uchun burg’ilash eritmasining talab qilingan zichligi aniqlanadi va bu bosim
loyihaviy qatlam bosimining qiymatidan kichik bo’lmasligi kerak:
10% quduqning chuqurligi 1200 m.gacha (oraliqlar 0 metrdan 1200 m.gacha);
5% quduqni burg’ilash oralig’i 1200 metrdan to loyihaviy chuqurlikgacha.
Tog’jinslarini murakkab uchastkalaridagi geologik qirqimlarini
Burg’ilashda tushirish-ko’tarish operatsiyalarini hisobga olib, eritmaning zichligini
oshirishga ruxsat etiladi, lekin repressiyaning oshishi mahsuldor qatlamning
kollektorlik xossalarini saqlanish darajasini ta‘minlanishi hisobga olinadi.
Quduq tubi zonasida qatlamning o’tkazuvchanligining pasayish
sabablarini o’rganish burg’ilashni muvozanatlashmagan qatlam bosim sharoitida
burg’ilashni olib borishga olib keldi.
Mahsuldor qatlamlarni sifatli ochishning zamonaviy usullarini
Qo’llashga olib keldi: qatlamni depressiya va muvozanat sharoitida burg‗ilash ya‘ni,
muvazanatlanmagan qatlam bosimi sharoitida.
Mahsuldor qatlamlarni ochishda kollektorlik xossalarini maksimal
darajada saqlashning eng yaxshi usuli qatlamni depressiya sharoitida ochish
hisoblanadi. Ikkinchidan mahsuldor qatlamni ochishda kollektorlik xossasining
saqlanishini ta‘minlaydigan usul bu bosimlar tengligi sharoitida burg’ilash
hisoblanadi.
Qatlamga depressiya sharoitida mahsuldor qatlamni ochishda mahsuldor
qatlamni ochishning to’liq davrida qatlam bosimi quduq tubi bosimidan yuqori
bo’lganda qatlamga beriladigan ortiqcha bosimni hosil bo’lishining oldi olinadi.
Qatlam bosimini gidrostatik bosimga tenglik sharoitida burg’ilash eritmasining
zichligi 1,0 g/sm3 bo’lgan suv asosli yoki uglevodorod asosli yengillashtirishgan
yuvuvchi suyuqliklar qo’llaniladi. Bunda mahsuldor qatlamlarni qatlamga depressiya
sharoitida ochishda kengroq uglevod asosidagi eritmalar qo’llaniladi.
Shunday qilib, qatlamni depressiya sharoitida burg’ilash ishlatish obektlarining
mahsuldor yotqiziqlarini ochishda qatlam flyuidlarini oqimini doimiy quduqqa kirib
kelish (neft yoki gazni) jarayonlari bilan birlashtiriladi. Bunda burg’ilash eritmasi
qatlamdan kirib keladigan flyuidlardan va burg’ilangan tog’jinslarining
quyqumlaridan doimiy ravishda tozalanadi. Qatlam flyuidlari burg’ilash
eritmalaridan ajratilgandan keyin maxsus sig’imlarda to’planadi.
Qatlamni depressiya sharoitida burg’ilashda maxsus yer usti va yer osti
jihozlari qo’llaniladi, quduq tubi bosimini va quduqqa kirib keladigan neft va gaz
oqimining kirib kelish nazoratini ta‘minlaydi hamda quduq tubi bosimini boshqaradi
va sig’imning avariyasiz ishlashini ta‘minlaydi.
Qatlam bosimining qiymati va qatlamga beriladigan depressiya kattaligi
Burg’ilash kolonnasining ostki jamlanmasida joylashtirilgan maxsus manometrlar
yordamida nazorati amalga oshiriladi.
Tenglik bosimlar sharoitida burg’ilashda mahsuldor gorizontlarni ochish
jarayonida quduqqa qatlam flyuidlarining kirib kelishini oldini olish imkoniyati
mavjud bo’ladi.