O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi islom


Quduqlarni o‘zlashtirishga tayyorlash



Download 1,27 Mb.
bet2/5
Sana06.07.2022
Hajmi1,27 Mb.
#745978
1   2   3   4   5
Bog'liq
kursIsh19

Quduqlarni o‘zlashtirishga tayyorlash.
Burg‘ilash ishlari nihoyasiga etkazilgach, qatlamdan suyuqlik oqimini olish
va o‘zlashtirish uchun quduqlarda tayerlov ishlari olib boriladi. Buning uchun
ekspluatatsion tizmaning yuqorigi qismiga favvora armaturasi o‘rnatiladi. Quduq
yuzasi atrofi yaqinida favvora armaturasiga tutashtirish uchun suyuqliklar yig‘ish
va saqlash idishlari, separatorlar, mashtola qurilmalari, o‘lchov idishlari, suyuqlik
debitini va gazsimon fazalarni, bosim va haroratni o‘lchash uchun asboblar
quduqdan chiqadigan suyuqlikdan namuna oluvchi asboblar joylashtiriladi.
Quduqni yuvish va suyuqlik oqimini olish maqsadida, vaqtinchalik quduq bilan
bog‘lanish uchun kompressorlar hamda nasos agregatlari joylashtiriladi.
Favvora armaturasini ikki qismga bo‘lish mumkin: Quvur uchi va favvora
archasi. Quvur uchi NKK (NKT) ni osilgan holda ushlab turish uchun hizmat
qiladi. Favvora archasi quduqdan olinadigan suyuqlikni er yuzasiga joylashgan
idishlar tarmog‘iga tutashtirish va quduq yuzasini germetik saqlash uchun hizmat
qiladi. Quvur uchi bilan favvora archasi orasida markazi yuqori bosimli zulfin
joylashgan. Quvur uchi favvora archasi yonlama tarmoqlarga ega bo‘lib, ularni har
biri ikkitadan yuqori bosimli zulfinlar, magnometrlar bilan jihozlangan bo‘lsa
archaning yonlama tarmoqlari esa – termometrlar va shtutserlar bilan jihozlangan. Quvur uchining yonlama tarmoqlariga zaruriyat tug‘ilgan jarayonlarda (masalan, quduqdan suyuqlik oqimini olish, quduqni berkitish (glusheniya) uchun)
kompressorlar va nasos agregatlari ulanadi.
Favvora armaturasining ishchi bosimi quduq yuzasida sodir bo‘ladigan eng
yuqori bosimdan kichik bo‘lmasligi kerak. Quduqka favvora armaturasini
o‘rnatishdan oldin pasportga ko‘rsatilgan bosim bilan sinab ko‘riladi. Quduq
yuzasiga favvora armaturasi o‘rnatib bo‘lingandan keyin, sinash orqali quvur uchi
va favvora archasi germetikligi tekshiriladi. Quduqdan chiqadigan chiqish
quvurlari tomonidan hamda quduqdan 10 metr uzoqlikda armaturaning markaziy
zulfinii boshqarish shturvali joylashadi va ayvonli to‘siq bilan atrofi uraladi.
Quduqda sinash ishlari boshlanishidan oldin, barcha ishlarni loydan tozalash
yuvish, qatlamni ikkilamchi ochish va undan suyuqlik oqimini olish uchun zarur
bo‘ladigan hamda neft’ gaz hosil bo‘lishini oldini olish yoki bosish uchun zarur
zichlikka ega bo‘lgan suyuqlik bilan to‘ldiriladi (zaruriyat tug‘ilishi mumkin
hollarda). Bu suyuqlikni hajmi ekspluatatsion tizmaning to‘liq hajmidan kamida
ikki hissa ortiq bo‘lishi kerak.
Mаhsuldоr qаtlаmlаr ikki mаrtа оchilаdi. Birlаmchi оchish burg’ilаsh
jаrаyonidа, ikkilаmchi оchish esа mustаhkаmlаsh tizmаsidаn kеyin sementlаnib
tеshib аmаlgа оshirildi.
Mustаhkаmlаsh tizmаlаrini tеshib qаtlаmni оchish quduqning qurilishidа eng
muhim jаrаyonlаrdаn biri bo’lib, kеyinchаlik sinаsh ishlаrining muvаffаqiyatli o’tishi
vа qаtlаmdа quduq оqimini оchishdа muhim mаsаlаlаrdаn biridir. Qаtlаmni
ikkilаmchi tеshib оchishdа quduqdаgi suyuqlikni (8-10mm), po’lаt quvur diаmеtrini
(6-12 mm qаlinlikdаgi), sement tоsh qаlinligini (quduqdа hаqiqiy hаlqа оrаlig’i
mаsоfаsi 25-50 mm vа undаn kаttа), hаmdа quduq tubi sоhаsidа tiqilib qоlgаn
kоllеktоrlаrni, ya’ni kоllеktоrni tizimgа bоg’liq hоldа vа burg’ilаb оchishdа ungа
sаlbiy tа’sir etuvchi оmillаrni hisоbgа оlgаn 40-50 mmdаn 100-150 mm vа undаn
ko’p mаsоfаni еngib o’tishgа to’g’ri kеlаdi. Shundаy qilib, pеrfоrаtsiya jаrаyonining
eng аsоsiy tаyinlаnishi ko’rsаtilgаn to’siqlаrni еngib o’tishi vа quduq bilаn
gidrоdinаmik аlоqаni o’rnаtish hаmdа оqimni jаdаllаshtiruvchi hаr хil tаdbirlаrni
аmаlgа оshirishni tа’minlаsh vа quduq tubi sоhаsining o’tkаzuvchаnligini
kuchаytirishdаn ibоrаt. Pеrfоrаtsiya uchun оtuvchi suvli-qumli yo’llаnmа
tеshgichlаrdаn fоydаlаnilаdi So’nggi yillаrdа ko’prоq pаrmаlаb tеshаdigаn vа hаr хil qirquvchi
mоslаmаlаrdаn fоydаlаnilаdi. Bulаr yordаmidа mustаhkаmlаsh tizimlаridа vа sement
tоshidа hаr хil yoriqlаr hоsil qilinаdi. Аmаldа kimyoviy аlyuminiyli eritmаlаrdаn
yoki mis vtulkаlаrdаn ko’prоq fоydаlаnilаdi. U mustаhkаmlаsh tizmаsining bir
qismigа mаhkаmlаnаdi, hаmdа mаhsuldоr yotqiziqlаr jоylаshgаn оrаliqlаrgа
o’rnаtilаdi vа pеrfоrаtsiya аmаlgа оshirilаdi. Quduqda ishlatish quvurlar tizmasini maxsuldor qatlamning kerakli
chuqurligigacha tushirilib sementlangan quduq tuzilishi kam harajatliligi uchun ko‘p qo‘llaniladi.
Maxsuldor qatlamni otish natijasida teshik hosil qilish jarayoni teshish
(perforasiya) jarayoni deb atalsa, teshishda qo‘llaniladigan aparat perforotor deb ataladi.
Mustahkamlovchi quvurlar tizmasi va sement xalqasida teshik hosil qilish
uchun to‘rtta usuldan foydalaniladi:
O‘qli, o‘qsiz, torpedalash va suv qum aralashmasi bilan teshish.
O‘qli perfaratorlarning quyidagi turlari mavjud:
1)Bir vaqtda otiladigan teshgichlar, bunda maxsuldor qatlamni teshish barcha
o‘qlar bir vaqtda otilib, maxsuldor qatlam teshiladi. Bu usul mustahkam qalin
qatlamli quduqlarda qo‘llaniladi.
2)O‘qlari ketma-ket otiladigan perfaratorlar, bunda birinchi o‘q otilgandan
keyin ikkinchi o‘q otiladi. Bu usul mustahkamlovchi quvurlarni zararlanishi (yoriq
hosil bo‘lishi)ni oldini olish uchun qo‘llaniladi.

3)Terib otuvchi perfaratorlar bunda kerakli oraliqlarni navbatma-navbat otish


uchun qo‘llaniladi. Bu usul qalin bo‘lmagan qatlamlarni ochish uchun ishlatiladi.
O‘qli perfaratorlar 65,80 va 98 mm diametrda ishlab chiqariladi.Tizmani
teshishda 11-12,7 mm li o‘qlardan foydalaniladi. O‘qli teshgichning kamchilik
tomoni barcha otishlar har doim ham tizmani tesha olmaydi. Ayrim otishlarda
energiyaning tezda yo‘qatilishi natijasida tizmani teshib o‘tmaydi. O‘qli
perfaratorlarning markasi APX-84 va APX-98, PP3.
12.3-rasm. PPZ turidagi o‘qli perfarator
Maxsuldor qatlamni ochishda torpedali teshish usuli yaxshi samara beradi.
Unda snaryad yordamida teshiladi, snaryad maxsuldor qatlamni yorib kiradi va
portlaydi g‘ovak va yoriqlar hosil qiladi. TPK-22 va TPK-32 «torpednыy perfarotor
Kolodyajnogo» markali perfaratorlar ishlatiladi.Perfaratorning tashqi diametri 100
mm bo‘lib diametri 127 mm li quduqlarda qo‘llaniladi.
O‘qsiz teshish usulida maxsuldor qatlam kumlyativ zaryad yordamida
teshiladi. Portlashi natijasida hosil bo‘lgan portlovchi modda tezligi 8000 m/s gacha
bo‘lib.
O‘qsiz perfaratorlar korpusli va korpussiz perfaratorlarga bo‘linadi.
Korpusli perfarator bir qancha zaryadlar joylashtirilgan germetik yopiq korpusdan
tashkil topgan bo‘lib uni ko‘p marta ishlatish mumkin. Korpusda kumlyativ zaryad,
detanasiya hosil qiluvchi shnur va portlovchi patron joylashgan bo‘ladi. Bunday
perfaratorlar 10 va 20 zaryadli bo‘lib markasi PK-103.
Korpussiz teshgichda har- bir zaryad alohida germetik qobiq bilan
mustahkamlangan bo‘lib, bu portlash vaqtida yoriladi. Korpussiz perfaratorlar KPR-
50, KPR-65, KPR-8 va KPR-100 markali turlari mavjud.

Teshish usullarini tanlashda perfaratorlarni xususiyatlarini bilishimiz shart.


O‘qsiz perfaratorlarni qattiq tog‘ jinslaridan tuzilgan quduqlarda ishlatish yaxshi
natija beradi; o‘qli perfarator- uncha qattiq bo‘lmagan tog‘ jinslaridan tuzilgan
qatlamni teshishda qo‘llaniladi. Snaryadli teshish usuli qattiq va kam o‘tkazuvchan
tog‘ jinslarida qo‘llash yaxshi natija beradi. Otilgan o‘q va snaryadlar tizmani
deformasiyalaydi va sement xalqa va qatlamlarda yoriq hosil qiladi


Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish