A Oddiy modda atomi
|
B Oddiy modda moekulasi
|
C Birikma moekulasi
|
D Ikki oddiy modda va birikma aralashmasi
|
2.1 jadval natriy, xlor va natriy xloridning bir qancha xossalari
|
Xossa
|
Natriy
|
|
Xlor
|
|
Natriy Xlorid
|
|
Suyuq-lanish darajasi
|
97,8 °C
|
|
‒101 °C
|
|
801 °C
|
|
Qaynash harorati
|
881,4 °C
|
|
‒34 °C
|
|
1413 °C
|
|
Rangi
|
Kumushrang
|
|
Sariq yashil
|
|
rangsiz(oq)
|
|
Zichligi
|
|
|
|
|
|
|
Suv b-n munosa-bati
|
Reaksiyaga kirishadi
|
|
Biroz eriydi
|
|
juda yaxshi eriydi
|
2. Murakkab moddalar. Murakkab modda ikki yoki undan ortiq element atomlarining kimyoviy birikishidan hosil bo’ladi. Ko’pgina murakkab moddalar molekulalardan tashkil topadi, masalan ammiak, suv, karbonat angidrid kabi. Lekin ayrim moddalar, masalan kremniy (IV) oksid va natriy sulfat kabilar molekulalardan iborat emas. Birikmalarda element atomlari aniq massalarda birikadi. Chunki birikmada har bir atom aniq sonda birikadi. Masalan ammiak molekulasida massa bo’yicha 14 qism azot va 3 qism vodorod bo’ladi, azot atomi vodorod atomidan 14 marta og’ir. Shunday qilib ammiak molekulasi 1 ta azot va 3 ta vodorod atomidan hosil bo’ladi
Ammiak gazida massa bo’yicha 14 qism azot va 3 qism vodorod bo’ladi.
Azot atomi vodorod atomidan 14 marta og’ir.
Har bir ammiak molekulasi 1 N atomi va 3 ta H atomidan tashkil topadi
|
|
Murakkab moddaning xossalari uni hosil qilgan element atomlarining xossalaridan farq qiladi. 2.1 jadvalda bunga yorqin misol keltirilgan. Yumshoq, kumushrang natriy metali va sariq – yashil, zaharli xlor gazidan bu komponenetlarga umuman o’xshamaydigan oq, kristal NaCl (osh tuzi) hosil bo’ladi. Oddiy moddalardan farqli ravishda murakkab moddalarni komponentlarga ajratish mumkin. Masalan elektr toki yordamida NaCl suyuqlanmasidan Na metali va Cl2 gazini olish mumkin. Bunda kimyoviy jarayon sodir bo’ladi.
3. Aralashmalar. Ikki yoki undan ortiq ( oddiy yoki murakkab) moddalarning fizikaviy aralashishidan hosil bo’ladigan sistema aralashma deyiladi. Chunki aralashmalar kimyoviy modda emas, murakkab moddalardan farqli ravishda aralashmalar ozining massa nisbatlarini o’zgartira oladi. Masalan NaCl va H2O aralashmasi, ularni bir necha xil massa nisbatlarda aralshtirish mumkin. Atom miqyosida qaraydigan bo’lsak, aralashmalar alohida oddiy yoki murakkab moddalardan tashkil topadi. Aralashmalarda uning tarkibidagi komponentlarning xossalari saqlanib qoladi. Masalan, osh tuzining suvdagi eritmasi rangsizligi jihatdan suvga, sho’r ta’mi bilan osh tuziga o’xshaydi. Murakkab moddalardan farqli ravishda aralashmalarni fizikaviy usullar bilan komponentlarga ajratish mumkin. Masalan osh tuzining suvdagi eritmasidan bug’latish (fizik usul) yo’li bilan suvni chiqarib yuborish mumkin. Keying mulohazalar materiyaning bu turini farqlashga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |