Mаvzu 2. DАL`TОN АTОMISTIKАSI. ELЕMЕNTLАRNI АTОM MАSSАSI VА UNI АNIQLАSH. АNОRGАNIK BIRIKMАLАRNING SINFLАRI.
Reja:
Dalton atomistikasi. Elementlarning atom massalari va ularni aniqlash.
Anorganik birikmakarning sinflari
Oksidlar va ularning birikmalari.
Kislotalar va ularning kimyoviy xossalari.
Asoslar, kimyoviy xossalari.
Tuzlar, kimyoviy xossalari.
Tayanch so’zlar: daltonidlar, anorganik birikmalarning sinflari, Oksidlar, kislotalar, asoslar, tuzlar.
O’quv mashgúlotining maqsadi: Talabalarga elementlarning atom massalari haqida tushuncha berish, anorganik birikmalarning sinflariOksidlar, kislotalar, asoslar, tuzlar haqida o’rgatish.
Bu bobda diqqatniqaratish kerak bo’lgan asosiy tamoyillar
• Modda aniq tarkibga ega bo’lgan materiya. Moddalarning ikki tipi bor: oddiy moddalar va murakkab moddalar. Oddiy modda bir xil tipdagi atomlardan tashkil topadi, ular alohida yoki molekula holida uchrashi mumkin, Murakkab moddalar molekula (yoki formulali birlik) lardan iborat, ikki yoki undan ortiq turli xil element atomlarining o’zaro bog’lanishlaridan hosil bo’ladi. Aralashma ikki yoki undan ortiq moddadan tashkil topgan o’zgaruvchan tarkibli fizikaviy aralash materiya. Murakkab moddaning xossalari uning komponentlari xossalaridan ajralib turadi, aralashmada unaqa emas. (2.1 bo’lim)
• Uch ta massa qonunlarini atomar tuzilish nazariyasiga bog’lasak: kimyoviy o’zgarish vaqtida massa saqlanib qoladi, xohlagan birikma namunasi uning komponentlari proporsional nisbatda bo’ladi, birikma tarkibidagi atomlar o’zaro kichik son nisbatlarida bo’ladi. (2.2 bo’lim)
• Daltonning atom nazariyasiga ko’ra, har bir element atomi aloha massa va boshqa xossalarga ega bo’ladi. Kimyoviy reaksiya vaqtida massa saqlanadi, chunki bu vaqtda atomlar molekulalardagi o’rnini almashadi. (2.3 bo’lim)
• XX asrda boshlangan tajribalar ko’rsatishicha, atom musbat zaryadlangan yadro (u atomning deyarli barcha massasini tashkil qiladi, ammo juda kichik hajmini egallaydi) va yadro atrofida aylanuvchi manfiy zaryadli elektrondan tashkil topgan. (2.4 bo’lim)
• Atom 3 xildagi elementar qismlardan tashkil topgan: musbat zaryadli proton va zaryadsiz neytron atom yadrosini tashkil qiladi va yadro atrofida aylanuvchi manfiy elektron. Atom neytral bo’ladi, undagi protonlar soni elektronlar soniniga teng. Bir elementning barcha atomlarida protonlar soni (atom soni-Z) teng bo’ladi, shuningdek kimyoviy xossalari ham bir xil bo’ladi. Izotoplar bir elementning turli massadagi atomlaridir, chunki ularda neytronlar miqdori turlicha bo’ladi. Elementning atom massasi uning tabiatda uchraydigan izotoplarining o’rtacha massasi hisoblanadi. (2.5 bo’lim)
• Davriy jadvalda atomlar gorizontal davrlar va vertical guruhlarga atom zaryadi ortib boorish tartibida joylashgan. Metallar jadvalda chap pastki uchta chorakda joylashgan. Metallmaslar o’ng yuqori burchakda joylashgan, metalloidlar ularning orasida joylashgan. Guruhlardagi elementlarning xossalari o’xshash bo’ladi. (2.6 bo’lim)
• Kimyoviy birikma hosil bo’lishida elektronlar ishtirok etadi. Ionli birikmalar hosil bo’lishida metal atomi metalmas atomiga elektron beradi, natijada zaryadlangan qismlar (ionlar) bir-birini kuchli tortadi. Kovalent bog’lanishda metallmas atomlarining elektronlari o’rtada taqsimlanadi va odatda alohida molekula hosil qiladi. Har bir birikmaning elementar tarkibi asosidagi nomi, formulasi va massasi bo’ladi. (2.7-2.8 bo’limlar)
• Kimyoviy birikmalardan farqli ravishda aralashmalarni fizikaviy usullar bilan komponentlarga ajratish mumkin. Geterogen aralashmalar bir jinsli bo’lmagan sistemalardir, ularda komponentlar orasida ko’rinadigan chegara mavjud. Bir jinsli aralashmalarda butun sistema bir xil tarkibli bo’ladi, bunda komponentlar alohida atomlar, ionlar yoki molekulalar holida bo’ladi. (2.9 bo’lim)
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |