1.2 jadval SI sistemasida foydalaniladigan umumiy o‘nlik tuzatmalar
Prefiks
|
Simvol
|
So‘z bilan
|
Odat.ifoda
|
Eksp.ifoda
|
Tera
|
T
|
Trillion
|
1,000,000,000,000
|
1∙1012
|
Giga
|
G
|
Milliard
|
1,000,000,000
|
1∙109
|
Mega
|
M
|
Million
|
1,000,000
|
1∙106
|
Kilo
|
K
|
Ming
|
1,000
|
1∙103
|
Hecto
|
H
|
YUz
|
100
|
1∙102
|
Deka
|
Da
|
O‘n
|
10
|
1∙101
|
-
|
-
|
Bir
|
1
|
1∙100
|
Deci
|
D
|
O‘ndan bir
|
0,1
|
1∙10-1
|
Centi
|
C
|
YUzdan bir
|
0,01
|
1∙10-2
|
Milli
|
M
|
Mingdan bir
|
0,001
|
1∙10-3
|
Micro
|
Μ
|
Milliondan bir
|
0,000001
|
1∙10-6
|
Nano
|
N
|
Milliarddan bir
|
0,000000001
|
1∙10-9
|
Pico
|
P
|
Trilliondan bir
|
0,000000000001
|
1∙10-12
|
Muammo 1.5 (2). Mustaqil echish uchun.
Kasalxonada ozuqa moddaning eritmasini mushaklar ichiga sekundiga 1,5 tomchi tezlikda kiritiladi. Agar tomchining og‘irligi 6,5 mg bo‘lsa, 8 soat ichida kasal qancha kg ushbu moddadan oladi? Harakat haritasini ko‘rsating.
Zichlik - bu massaning hajmga nisbati: zichlik = massa/hajm; massa = hajm∙zichlik; hajm = massa / zichlik. Temperatura ta’sirida hajmning o‘zgarishi mumkinligi sababli, shunga mos ravishda zichlikning qiymati ham o‘zgaradi. Lekin ma’lum sharoitlarda (temperatura va bosim) moddaning zichligi xarakteristik fizikaviy xossa bo‘lib, doimiy qiymatga egadir. SI sistemasida zichlik kg/m3, lekin kimyoda zichlikning qiymati g/l (g/dm3) yoki g/ml (g/sm3) larda ifodalanadi (1.4 jadval). Gazlarning zichligi suyuqlik va qattiq jismlarning zichligidan juda kichik bo‘ladi.
Hajm: Har bir materiya hajm (V), u egallagan fazo miqdoriga ega. SI sistemasida hajmningo‘lchov birligi sifatida m3 qabul qilingan. Kimyoda litr (l) o‘lchov birligi ham qo‘llaniladi. Tibbiyotda detsimetr kub (dm3) dan foydalaniladi:1l = 1 dm3 = 10-3 m3.
1 ml yoki 0,001 litr sm3 ga ekvivalent: 1 ml = 1 sm3 = 10-6 m3
Litr kvadratdan (kv) bir oz kattaroq: 1 l = 1,057 kv; 1 kv = 946,6 ml.
1.5 rasmda moddalarning hajmlari yoki ularning eritmalari bilan ishlashga mo‘ljallangan laboratoriya o‘lchov shisha idishi keltirilgan. Kolba va pipetkalar belgi bilan ko‘rsatilgan aniq shifrlangan hajmga ega.
|
1.5 rasm. Laboratoriya o‘lchov shisha idishi. Chapdan o‘ngga quyidagilar joylashgan: ikkita graduirlangan silindrlar, pipetka (eksperimentator qo‘lida), kolbaga aniq miqdorlardagi suyuqlikni o‘lchab solish uchun byuretka, ikkita o‘lchov kolbalari.
|
1.3 jadval SI sistemasidagi kattaliklar birliklari bilan Angliyada qabul qilingan birliklarning o‘zaro mosligi
Katta-lik
|
SI sistemasi
|
Ekvivalent birliklar
|
Ingliz birliklari
|
SI bilan ingliz birliklar sistemasi orasidagi munosabat
|
Uzunlik
|
1 kilometr (km)
|
1000 (103) metr
|
0,6214 mil
|
1 mil = 1,609 km
|
|
1 metr (m)
|
100 (102)santimetr
|
1,094 yard
|
1 yard = 0.9144 m
|
|
|
1000 millimetr (mm)
|
39,37 dyuym
|
1 fut = 0,3048 m
|
|
1 santimetr (sm)
|
0,10 (10-2) metrov
|
0,3937 dyuym
|
1 dyuym = 2,54 sm
|
Hajm
|
1 metr kub (m3)
|
1,000,000 sm kub
|
35,31 fut kub
|
1 fut kub = 0.02832 m3
|
|
1 dm kub (dm3)
|
1000 sm kub
|
0.2642 gallon
|
1 gallon = 3,785 dm3
|
|
1 sm kub (sm3)
|
0,001 dm kub
|
0,03381unsiya hajmlari
|
1 unsiya hajmi = 2957 sm3
|
Massa
|
1 kilogramm (kg)
|
1000 gramm
|
2,205 funt
|
1 funt = 0,4536 kg
|
|
1 gramm (gr)
|
1000 milligramm (mg)
|
0.03527 unsiya
|
1 unsiya = 28,35 g
|
1.4 jadval Ayrim moddalarning zichligi (20oS va 1 atm).
Modda
|
Fizikaviy holati
|
Zichlik (g/cm3)
|
Vodorod
|
Gaz
|
0,0000899
|
Kislorod
|
Gaz
|
0,00133
|
Spirt
|
Suyuqlik
|
0,788
|
Suv
|
Suyuqlik
|
0,998
|
Osh tuzi
|
Qattiq modda
|
2,16
|
Alyuminiy
|
Qattiq modda
|
2,70
|
Qo‘rg‘oshin
|
Qattiq modda
|
11,30
|
Oltin
|
Qattiq modda
|
19,30
|
Muammo 1.5 (1). Litiy – yumshoq, kulrang, zichligi eng kichik bo‘lgan metall bo‘lib, batareykalarning asosiy komponentidir. Litiyning bir bo‘lakchasi 1,49∙103 mg va tomonlarning o‘lchamlari 20,9; 11,1 va 11,9 ga teng. Litiyning zichligini g/sm3 larda xisoblang.
Echish: 1) Litiyning massasi (g) = 1,49∙103 mg ∙10-3 g/1mg = 1,49 g.
2) uzunlikni mm dan sm ga o‘tkazamiz: (1) uzunlik 20,9 mm ∙ 1sm/10mm = 2,09 sm.
(2) va (3) uzunliklar uchun mos ravishda 1,11 va 1.19.
3) litiyning hajmini hisoblaymiz: Li = 2,09∙1.11∙1,19 = 2,76 sm3 .
4) litiyning zichligi = massa/hajm = 1,49 g/2,76 sm3 = 0,540 g/cm3
Muammo 1.6 (2). Mustaqil echish uchun. Galenit bo‘lakchasining hajmi 4,6 sm3. Agar galenitning zichligi 7,5 g/sm3 bo‘lsa, uning massasi qancha bo‘ladi (kg da)? Harakat haritasini tuzing.
Temperatura. Temperatura bilan issiqlik orasida aniq farq bor.
● Temperatura – bir ob’ekt ikkinchisiga nisbatan qanchalik issiq yoki sovuqligining o‘lchovi. Temperatura sistema zarrachalarining o‘rtacha kinetik energiyasi bilan belgilanadi.
● Issiqlik – energiyaning bir turi bo‘lib, u yuqoriroq temperaturaga ega bo‘lgan ob’ektdan temperaturasi kichikroq bo‘lgan ob’ektga uzatiladi. Issiqlik sistemadagi alohida zarrachaning kinetik energiyasi bilan belgilanadi. Agar siz muz bo‘lakchasini qo‘lingizda ushlab turgan bo‘lsangiz, sovuq muzdan qo‘lingizga o‘tayotgandek bo‘lib tuyuladi, aslida esa issiqlik sizning qo‘linizdan muz bo‘lakchasiga o‘tayotgan bo‘ladi.
Laboratoriyalarda temperaturani simobli termometrlarda o‘lchanadi. Simobning issiqlikdan kengayishi va kapillyar bo‘yicha tepaga ko‘tarilishi hisobiga temperatura o‘lchanadi. Agar ob’ektning temperaturasi simobning temperaturasidan past bo‘lsa, unda aksincha, simob ichki trubka bo‘ylab pastga tushadi va 0oS (Selsiy shkalasi) ga nisbatan manfiy qiymatni ko‘rsatadi. 3 ta temperatura shkalalari mavjud: Selsiy, Kelvin va Farengeyt shkalalari. AQSH da ob-havoni e’lon qilganda temperaturani Kelvinlarda ifodalaydilar. Kelvin shkalasi Selsiy shkalasi bilan bir qatorda ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazayotganda qo‘llaniladi. 1.6 rasmda suvning qaynash va muzlash temperaturalari uchta temperatura shkalalarida ko‘rsatilgan: Selsiy shkalasi bo‘yicha suvning muzlash temperaturasi 0oS, qaynash temperaturasi esa 100oS; Kelvin shkalasi bo‘yicha suvning muzlash temperaturasi +273,5 K, qaynash temperaturasi +373,15 K; Farengeyt bo‘yicha suv +32 F da muzlaydi va +212 F da qaynaydi.
|
1.6 rasm. Selsiy, Kelvin (absolyut) va Farengeyt shkalalari bo‘yicha suvning muzlash va qaynash temperaturalari
|
Selsiy va Kelvin shkalalari orasida quyidagicha bog‘lanish mavjud:
T K = T S + 273,15(1.2)
T S = T K – 273,15(1.3)
Farengeyt shkalasi bo‘yicha suv 32 F da muzlaydi va 212 F da qaynaydi. Demak, 180 F (212-32) Selsiy bo‘yicha 100oS (yoki Kelvin bo‘yicha 100 K) ga mos keladi. 100oS Farengeyt bo‘yicha 180 F bo‘lgani uchun:
1oS = 180/100 F = 9/5 F
bundan
T F = 9/5 ToC + 32(1.4)
Farengeyt shkalasida ifodalangan temperaturadan Selsiy shkalasida ifodalangan temperaturaga o‘tish uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
ToS = (T F-32)∙5/9(1.5)
1.5 jadvalTemperatura shkalalari
Shkala
|
Birlik
|
Koeffitsient
|
Suvning Tm
|
Suvning Tq
|
Abs.nolda
|
Kelvin
|
K
|
-
|
273,15 K
|
373,15 K
|
0 K
|
Selsiy
|
oS
|
1
|
0S
|
100S
|
-273,15 S
|
Farengeyt
|
F
|
5/9
|
32 F
|
212 F
|
-479,67 F
|
Muammo 1.7 (1). Bola tanasining temperaturasi 38,7oS. Ushbu temperaturani Farengeyt va Kelvin shkalalarida ifodalang.
Echish: T F = 9/5 ToC + 32 = 9/5(38,7) + 32 = 101,7oF
T K = T oC + 273,15 = 38,7 + 273,15 = 311,8 K
Muammo 1.7 (2). Mustaqil echish uchun. Simob 234 K da suyuqlanadi. Simobning suyuqlanish temperaturasini Selsiy va Farengeyt shkalalarida ifodalang.
Vaqt. SI sistemasida vaqt atom standarti asosida sekundlarda (sek) ifodalanadi.
Ekstensiv va intensiv xossalar.
Ayrim o‘zgaruvchilar moddaning miqdoridan bog‘liq: ularni ekstensiv xossalar deb atash qabul qilingan. Boshqa tarafdan, intensiv xossalar moddaning miqdoridan bog‘liq emas. Masalan, massa va hajm ekstensiv xossalarga ega, zichlik esa intensiv xossadir. Masalan, suv galonining massasi suv kvartasining massasidan 4 marta ko‘p, lekin ularning hajmlari orasida ham xuddi shunday munosabat mavjud. Zichlik modda massasini uning hajmiga nisbati ekanligini nazarda tutsak, u ikkala sistema uchun ham bir xil bo‘ladi, ya’ni zichlik intensiv xossaga ega. Boshqa misol issiqlikga tegishli bo‘lib, u ekstensiv xossaga ega. Temperatura esa, intensivlik faktoridir. Masalan, katta samovarda qaynayotgan suv choynakda qaynayotgan suvga nisbatan ko‘proq issiqlikga ega, lekin ikkala sistemaning temperaturasi bir xil bo‘ladi.
1.4 bo‘lim bo‘yicha xulosalar.
●SI sistemasi qator asosiy birliklar va ularning hosilalariga ega.
● Uzunlikning birligi metr (m), shuningdek nanometr (nm) va pikometr (pm) kabi birliklar ham ishlatiladi.
● Hajmning asosiy birliklari metrning kubi (m3) yoki litr (l).
● Massaning birligi kilogramm (kg). Hajmning massasi gravitatsion maydonning miqdoridan bog‘liq.
● Zichlik moddalarning tavsifiy fizikaviy xossasi bo‘lib, modda massasini uning hajmiga nisbatini ko‘rsatadi.
●Temperatura bir necha shkalalarga ega va oS, K, F larda ifodalanadi.
● Issiqlik – temperaturasi yuqoriroq jismdan temperaturasi pastroq jismga o‘ta oladigan energiyadir.
● Massa, hajm va energiya kabi ekstensiv xossalar modda miqdoriga bog‘liq, zichlik va temperatura kabi intensiv xossalar esa moddaning miqdoriga bog‘liq emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |