O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI
«ELEKTRONIKA VA AVTOMATIKA» fakulteti
«Ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish» kafedrasi
«Raqamli boshqarish tizimlari» fanidan
« Ko‘p protsessorli va o‘zgaruvchan stukturali mikroprotsessorli boshqarish tizimlari » mavzusida
MUSTAQIL ISH
Bajardi: 138-19 guruh talabasi Qarshiboyev Sh.
Qabul qildi: PhD dots. Avazov Yu. Sh.
Toshkent – 2022
Mundarija
|
|
|
|
I BOB
|
KIRISH………………………………………………….
|
|
II BOB
|
ASOSIY QISM
|
|
2.1.
|
Mikroprotsessorlar haqida ma’lumot………………
|
|
2.2.
|
Ko‘p protsessorli boshqarish tizimlari
|
|
2.3.
|
O‘zgaruvchan strukturali mikroprotsessorli boshqarish tizimlari
|
|
Xulosa
|
|
Adabiyotlar ro‘yxati
|
|
KIRISH
Davlat standartiga ko‘ra kompyuter tizimi (KT) deganda - axborotni o‘lchash, uni shaklini o‘zgartirish va ishlash uchun mo‘ljallangan, funksional jihatidan birlashtirilgan, hamda iste’molchiga, ya’ni foydalanuvchiga u talab qiladigan ko‘rinishda axborotni (ma’lumotni) taqdim etadigan tizim tushuniladi. Kompyuter tizimlari va tarmoqlari - o‘lchash, hisoblash va boshqa yordamchi texnik vositalar majmuasidan iborat bo‘ladi. Yetmishinchi yillarning o‘rtalariga kelib alohida kompyuterlar birlashtirilib hisoblash tizimlari, ya’ni kompyuter tizimlari va tarmoqlari, keyinchalik esa axborot-hisoblash tizimlari va tarmoqlari hosil qilindi. Elementlar bazasi texnologiyasining rivojlanishi - o‘rta, yuqori va o‘ta yuqori integratsiyali integral sxemalarning ishlab chiqilishi bunday o‘zgarishlarga asosiy sabablardan biri bo‘ldi. Intel firmasi tomonidan shaxsiy kompyuterlar uchun Intel 8086, 80286, 80386, 80486, Pentium I, II, III, IV protsessorlari va kompyuter tizimlari va tarmoqlari uchun ishlab chiqilgan yuqorida sanab o‘tilgan protsessorlarga o‘xshash bo‘lgan protsessorlar 1980-1995 yillar davomida va hozirga qadar xam ketma-ket ishlab chiqarila boshladi. Bu davrlar mobaynida kompyuterlar, kompyuter tizimlari va tarmoqlari va tarmoqlari nisbatan oddiy bo‘lgan hisoblashlarni bajarish, matnli fayllarni ishlash va o‘zaro almashinish tizimlaridan, hozirda biz bilgan va ancha murakkab bo‘lgan amallarni bajaradigan tizimlarga aylandi. Bunday amallarga misol qilib nafaqat oddiy matnli fayllarni ishlash, balki matn tarkibida turli chizma va tasvirlar bo‘lgan fayllarni, video va audio fayllarni ishlash va boshqa-boshqa amallarni keltirish mumkin. Hozirgi paytga kelib kompyuterlar va kompyuter tizimlari va tarmoqlari - axborot-hisoblash tizimlari sifatida ishlatilib, ma’lumotlarni o‘lchash, yig’ish, saqlash, ishlash va jarayonlarni boshqarish vazifalari uchun qo‘llanilmoqda. Shuning uchun kompyuter tizimlari va tarmoqlari va axborot tizimlari terminlarini sinonim terminlar deb hisoblab ma’ruzalarni davom ettiramiz. Kompyuter tizimlari va tarmoqlarining ichki arxitekturasini ko‘rib chiqamiz. Kompyuter tizimi axborot almashinish-hisoblash jarayonlarini amalga oshirish uchun tashkil kilingan, tarkibida bitta yoki bir nechta kompyuterlari yoki protsessorlari bo‘lgan, hamda o‘zining programma ta’minoti va tashki qurilmalari bo‘lgan bir tizimdir. Bitta kompyuterli kompyuter tizimiga misol qilib axborotlarni tele- ishlash tizimini keltirish mumkin. Aslida esa kompyuter tizimlari va tarmoqlari deganda, ko‘p mashinali va ko‘p protsessorli hisoblash tizimlarining variantlari tushunilgan. Hozirda bunday tizimlar - superkompyuterlar deb ataladi. Avvalgi kompyuter tizimlari va tarmoqlari asosan hisoblash amallarini parallel bajarish yuli bilan tezkorlik va ishonchlilik kabi ko‘rsatgichlarni yaxshilash maqsadida ko‘rilgan. Hozirda keng qo‘llanilayotgan kompyuter tizimlari va tarmoqlari uchun esa foydalanuvchilarga xar-xil ko‘rinishdagi axborotni yig’ish, saqlash va kerakli joyga yetkazib berish xizmatlarini yaxshilash va uning sifatini oshirish hisoblanadi. Bu yerda keng qo‘llanilayotgan kompyuter tizimlari va tarmoqlari deganda ko‘pchilik foydalanuvchilar bevosita muloqot qiladigan quyi qatlamda joylashgan kompyuter tizimlari va tarmoqlari nazarda tutilmoqda. Yuqori qatlamdagi kompyuter tizimlari va tarmoqlari foydalanuvchilari bo‘lib, aloxida olingan foydalanuvchilar emas, balki operatorlar, administratorlar va shularga o‘xshash tizim yoki tarmoqning normal ishlashini ta’minlab turuvchi foydalanuvchilar tushiniladi. Bular qatoriga tarmoqlarning birlashgan joylaridagi, ya’ni tugunlaridagi superkompyuterlarning ishini nazorat qilib turuvchilar xam kiradi. Hozirda hisoblashlar tezkorligini va tizimning ishonchliligini oshirish esa ko‘p protsessorli kompyuter tizimlari va tarmoqlari hisoblangan anna shu superkompyuterlar uchun muhim vazifalar qatoriga kiradi. Kompyuter tizimlari va tarmoqlari - bitta kompyuterli, ko‘p kompyuterli va ko‘p protsessorli tizimlar sifatida quriladi. Kompyuter tizimlari va tarmoqlari - tezkor (online) va tezkor bo‘lmagan (offline) rejimlarida ishlashi mumkin. Kompyuter tizimlari va tarmoqlarini boshqarish - markazlashtirilgan va markazlash- tirilmagan tarzda amalga oshiriladi. Kompyuter tizimlari va tarmoqlarining vositalari - bir joyga to‘plangan holda, yoyilgan holda, ma’lumotlarni bir sathli ishlash vositalari sifatida va ko‘p sathli ishlash vositalari sifatida ko‘riladi. XXII asr insoniyat taraqqiyotida o‘ziga xos bosqich bo‘lib, u tarixga dunyo xalqlarining o‘zaro muloqoti asri bo‘lib kirmoqda. Bu aloqalarning bosh mezoni esa axborot-texnologiyasi tizimi rivoji bilan belgilanadi. Xuddi mana shu xususiyatni hisobga olib birinchi prezidentimiz I.A.Karimov XXII asrga, axborot asri, yangi texnika va texnologiya asri deb bejiz baho bermagan. Jamiyatni kompyuterlashtirish axborot texnologiyasini rivojlantirish, kompyuter tizimlari va tarmoqlari va tarmoqlarini takomillashtirish yuzasidan amaliy vazifalarni hal etish uchun 2012-yil 21-martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy axborot-komunikatsion texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora tadbirlari to‘g’risida” gi farmoni qabul qilindi. Farmonni bajarish yuzasidan va axborot kommunikatsiya texnologiyalarni sohasida strategik ustuvorlikni amalga oshirishga doir amaliy chora-tadbirlarni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. Qabul qilingan hujjatlarda kompyuterlashtirish va axborot texnologiyasi hisoblash tizimi hamda uning tarmoqlarini boshqaruvchi kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlashni rivojlantirishning aniq vazifalari oldinga qo‘yilgan, maqsadli yo‘nalishlar ifodalab berilgan. Ana shu belgilangan vazifalar mo‘iyatidan kelib chiqib Oliy va O‘rta maxsus ta’lim tizimida bilim olayotgan talabalarga kompyuter va axborot texnologiyalari, kompyuter tizimlari va tarmoqlari uning o‘ziga xusususiyatlari, kompyuter tizimi va tarmoqlaridagi shakllanayotgan yangicha texnologik jarayonlar uning mazmuni hamda yo‘nalishlari haqida mukammal ilmiy tasavvurlar berish maqsad qilib qo‘yilgan. Axborotlash va kompyuter tarmoqlari va tizimini barpo etish, iqtisodiyotga va jamiyatning har bir a’zosi avvalo o‘quvchi talaba yoshlar hayotiga kompyuter texnikasi va axborot texnologiyalarini ommaviy joriy etish, kompyuter tizimlari va tarmoqlari va tarmoqlarini takomillashtirish hozirda eng asosiy vazifadir.
-Axborot ustida kerakli amallarni bajarish borasida tashkil qilingan jarayon axborot texnologiyasi deb ataladi. Axborot texnologiyasi – axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar.
-Aniq hisoblashni bajarish modeli algoritm deyiladi, masalalarni bajarish algoritmni tuzilishi algoritmlash deyiladi.
"Algoritm" termini Al-Xorazmiy nomi bilan bog’langan. Matematik masalalarni yechish jarayonida algoritmlash masalalari bilan Paskal, Dekart, Leybnits, Laplas va boshqalar shug’ullanishgan. By sohadagi eng katta qiziqish Gilbertni mashhur muammosi bilan bog’liq. XX asrga kelib algoritm nazariyasi rivojlandi. Bunga quyidagi familiyalarni sanab o‘tishimiz mumkin: Gedel, Klini, Cherch, Tyuring, Post, Markov va Peter. Nazariya bilan parallel ravishda amaliy jihatdan ishlaydigan hisoblash qurilma yaratish bo‘yicha xarakatlar qilindi. 1642 yilda Paskal qo‘shishni bajaradigan qurilma yaratdi. 1673 yilda Leybnits 4 xil arifmetik amallarni bajaradigan arifmometr yaratdi. XIX asrning birinchi yarmida ingliz matematigi Charlz Bebbidj odamni ishtirokisiz xar qanday amallarni bajara oladigan universal mashina yaratishga xarakat qilgan. Dasturlar bunga perfokartalar orqali kiritilar edi. Perfokartalar bu davrda to‘quv dastgohlarida ishlatilar edi. Shunday mashina AQSH da 1943 - yilda yaratildi. Algoritmlar bo‘yicha yana bir necha nazariyalar mavjud. Hozirgi kompyuterlarga yaqinroq bu Tyuring va Postaning tasavvurlari, ularga binoan hisoblash protsessi avtomatik ishlaydigan mashinaning ishlanishi natijasidir. Ta’limni axborotlashtirish deganda o‘quvchilarga ma’lumotlar bazalaridagi, bilimlar bazalaridagi, elekton spravochniklar, arxivlar va ensiklopediyalardagi ma’lumotlardan erkin foydalanish imkoniyatlarini taqdim etish tushuniladi. Bu terminalogiyaga mos xolda ta’limda axborot texnologiyalari (TAT) o‘quv jarayonini amalga oshirishda ishlatiladigan elektron vositalar va ularni ishlatish usullarining yig’indisi sifatida ta’riflasa buladi. TATda qo‘llaniladigan elektron vositalar tarkibiga metodik qo‘llanmalarida ko‘rsatiladigan apparat, dasturiy va axborot komponentlari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |