2.3 O‘zgaruvchan strukturali mikroprotsessorli boshqarish tizimlari Hisoblash tizimlarida parallel hisoblashlarni quvvatlovchi samarali texnologiyalar, bu dastuming buyruqlar ketma-ketligini bajarilishini axborotlar oqimi orqali boshqarish texnologiyasi. An’anaviy fon-Neyman mashinasida buyruqlar bajarilish ketma - ketligini buyruqlar sanoq qurilmasi tomonidan boshqariladi; buyruqlar qat’iy dasturda keladigan ketma-ketlikda bajariladi, ya’ni ularni mashina xotirasida yozilgan ketma-ketlikda bajariladi (tabiiyki, agarda boshqarishni imkoni bo‘lmasa). Bu dastuming bir necha buyrug‘ini parallel bir vaqtda bajarilishini tashkillashtirishni qiyinlashtiradi. Nazariy jihatdan mashinada buyruqlarni bajarilish ketma-ketligini bashqarishning bir necha modeli mavjud:
• dasturda buyruqlarning kelish ketma-ketligida;
• axborotlar oqimi bilan: buyruq uning barcha operandalari ega
bo‘lishi bilan bajariladi;
• solov bo‘yicha: buyruq boshqa buyruqlarga uning bajarilish
natijasi talab etilganda bajariladi.
Axborotlar oqimini boshqarilishi tabbiyki parallel hisoblashni quvvatlaydi, bir necha buyruqni bajarish uchun boshlang‘ich ma’lumotlar tayyor bo‘lishi bilan bu buyruqlar bir vaqtda parallel bajariladi. Dasturning buyruqlarini bajarilish ketma-ketligini axborotlar oqimi bilan boshqarilgan hisoblash tizimlarini oqimlihisoblash tizimlari deb ataydilar. Oqimli boshqarish elementlari mikroprotsessorlarda ishlatiladi. Pentium mikroprotsessorlarida konveyerli ishlov berishda ko‘rsatmalarga parallel ishlov beriladi, dasturda o‘rnatilgan tartibda emas, operandalarm tayyor boTishiga va bo‘sh qurilmalaming mavjudligiga qarab.
Xulosa
Texnologik o‘lchashlarni bajarishda bir qator hollarda o‘lchanayotgan kattaliklarning qiymatlarini va o‘lchash xatoliklarini aniqlash bilan bog‘liq bo‘lgan turli hisoblash ishlarini (operatsiyalarini) bajarish zarur bo‘ladi. Bundan tashqari, texnologik parametrlarni avtomatik nazorat qilishni samarali tashkil etish uchun turli xil mantiqiy operatsiyalarni bajarish talab qilinadi. Bu masalalar mikroprotsessor qurilmalar yordamida hal qilinadi. O‘lchov asboblarida, o‘zgartgichlarda va texnologik o‘lchashlar uchun foydalaniladigan tizimlarda mikro EHM va mikroprotsessorlar qo‘llaniladi. Bu qurilmalarning texnik asosi bitta kristallda 103—106 ta elementi boigan katta va o‘ta katta integral sxema (KIS va O‘KIS) lar hisoblanadi.
Mikro EHM lar strukturasiga ko‘ra odatdagi EHM lardan ancha sodda qilib quriladi. Bu magistral modulli deb ataluvchi juda o‘zgaruvchan strukturaning asosini umumiy magistral (umumiy shina) tashkil etib, unga mashinaning bir-biri bilan interfeyslar yordamida bogiangan konstruktiv tugallangan modullari ko‘rinishida bajarilgan talab qilingan nomenklatura va miqdordagi hamma qurilmalari ulanadi.