Mehnat bozori- maxsus tovar, ishchi kuchni ayirboshlash xususida vujudga keluvchi iqtisodiy munosabatlar tizimidir. Unda ishchi kuchiga bo‘lgan talab, taklif va narx shakllanadi. Ishchi kuchi bozori milliy bozorning tarkibiy qismidir.
Bir tomondan tadbirkorlar - yirik korporatsyalar, o‘rta va kichik korxonalar va davlat (talab), ikkinchi tomondan esa alohida xodimlar yoki ularning uyushmalari (taklif) ishchi kuchi bozorining subyektlari hisoblanadi. Bozori subyektlari o‘rtasidagi kelishuv natijasida shakllanadigan narx ish haqi stavkasini tashkil qiladi. Bo‘sh ish joylari soni va band bo‘lmagan ish joylarini qidirib yurgan fuqarolar soni o‘rtasidagi nisbat ishchi kuchi bozori konyukturasini tavsiflaydi
Mehnat bozorisiz bozor iqtisodiyotining optimal harakat qilishini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Mehnat bozori mehnat resurslarini soha, tarmoq, mintaqa, kasb va mutaxassislar bo‘yicha, talab va taklif qonuniga muvofiq taqsimlash va qayta taqsimlash vazifalarini bajaradi.
Ishchi kuchi bozorining dinamikasi ishchi kuchiga bozor talabi va taklifi o‘rtasidagi nisbatga bog‘liqdir. Ish haqi qiymati (W) va ishchi kuchiga bo‘lgan talab (L) o‘rtasidagi bog‘liqlik grafikda mehnatga bo‘lgan talab egri chizig‘i (LD) yordamida ifodalanadi. Grafikda ma’lum miqdordagi ish haqi sharoitida mehnatga bo‘lgan talab qanday bo‘lishini ko‘rsatadi.
9.1.- rasm. Mehnat bozorida talab egri chizig‘i
Ishchi kuchi bozorida ishchi kuchiga bo‘lgan talabga quyidagi omillar ta’sir etadi: xodimlar tomonidan ishlab chiqariladigan tovar va xizmatlarga talabning kattaligi; mehnat resurslari narx darajasi, ya’ni ish haqi darajasi; ishlab chiqarishda mehnatni kapital bilan almashtirish darajasi; iqtisodiy sikl fazasi: jonlanish fazasida mehnatga talab oshadi, inqiroz fazasida esa aksincha kamayadi; shakllangan iqtisodiy konyuktura mehnatga talabni oshiradi yoki kamaytiradi; ilmiy texnik progress bir tarafdan ishlayotgan xodimlarni qisqarishiga zamin yaratadi, ikkinchi tarafdan esa yangi kasb va mutaxassisliklarga ega xodimlar uchun talabni oshiradi.
Mukammal raqobat mehnat bozorida ishchi kuchi taklifi ish haqi miqdoriga bog‘liq. Taklif egri chizig‘i (LS) shuni ko‘rsatadiki, ish haqi oshishi bilan ishchi kuchi taklifi ham oshadi. Ish haqining pasayishi esa ishchi kuchi taklifining pasayishiga olib keladi (9.2.- rasm).
Ishchi kuchi bozorida ishchi kuchi taklifiga quyidagi omillar ta‘sir etadi: aholi sonini aniqlovchi demografik omillar (tug‘ilish, o‘lim, tibbiy o‘sish, yosh–jins tuzilishi); nafaqa yoshi; mehnatga yaroqli aholining migratsiyasi; xodimning kasbiy malakaviy tayyorlanganligi; va ularning ishini o‘zgartirishdagi faolligi; ish kuni davomiyligi; ish haqidan tashqari daromad olish manbaining mavjudligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |