O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/78
Sana16.06.2022
Hajmi2,16 Mb.
#677392
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
Bog'liq
umumiy va tarixiy geologiya (2)

Litosfera 
 
Litosfera - deb Yerning tosh qobig‘iga aytiladi va u jinslarning fizik 
holatiga qarab ajratilgan. Litosfera minerallar va tog‘jinslaridan tashkil 
topgan. Litosfera okeanlarda 2-5 km, tog‘li o‘lkalarda esa 200-250 km 
chuqurlikkacha bo‘ladi. 
Litosferaning usti juda notekis bo‘lib, undagi baland va pastliklar 
o‘rtasidagi farq 19 km ga boradi va undan ham ortadi. Litosfera ustki 
qismining ko‘pi okean va dengiz suvlari bilan qoplangan. Litosferaning 
qalinligi ham, uning ostki chegarasi ham aniq ma’lum emas. Uning 
qalinligi taxminan 40-100 km deb hisoblaydilar. 
Litosferaning okean sathidan yuqoriga ko‘tarilib turgan va 
materiklar deb ataladigan qismlarigina bevosita o‘rganish va tekshirish 
mumkin. Yu.M. Shokalskiy hisobiga ko‘ra, materiklarning okean sathidan 
yuqoriga ko‘tarilib turgan qismining hajmi okeanlar hajmidan 12,7 marta 
kamdir. Odatda geokimyoviylar litosferaning kimyoviy tarkibini belgilash 
haqidagi xulosalarni 16-25 km chuqurlikkacha bo‘lgan ma’lumotlar 
asosidagina chiqaradilar. 
Litosferaning ancha chuqur qismlarida harorat taxminan 14500 C 
dan ortiqroq va tog‘jinslarining bosimi 3000 atm. dan kam bo‘lmasa 
kerak. Shuning uchun litosferaning 16-25 km dan chuqur qismi qanday 
holatda ekanligi to‘g‘risida aniq fikr yuritish qiyin: bunday chuqurlikda 
moddalar chala suyuq yoki plastik holda bo‘lishi mumkin. Litosferaning 
qizigan holdagi ana shu qismini vulqon otilishining manbai deb 
hisoblaydilar, uni prisfera (o‘t sfera) deb ataydilar.
Yerning litosfera yoki tosh qatlami katamorfizm (ustki) va 
anamorfizm (ostki) zonalariga bo‘linadi. Katamorfizm zonasining ustki 
qismini, ya’ni atmosfera va gidrosferaga tegib turgan qismini nurash 
zonasi va ostki qismini esa sementlanish zonasi de-yiladi. Anamorfizm 
yoki tog‘jinslarining metamorfizmlanish zonasining ustki qismini 
epizona, o‘rta qismini mezazona va ostki qismini katozona deb aytiladi.
Geologiya tarixiy fandir. U asosan XVII - XVIII asrlarda rivojlana 
boshladi. XVIII hamda XIX asrlarda cho‘kindi tog‘ jinslarining nisbiy 



yoshini aniqlash usuli ishlab chiqilgandan so‘ng juda u tez rivojlandi. Bu 
usul geoxronologik jadval tuzish imkonini beradi. Keyinchalik jinslarning 
absolyut yoshini aniqlash usullari yaratildi, hamda Yerning absolyut yoshi 
4-4,5 mlrd -yil deb aniqlandi. 
Geologiya fani bir qancha tabiiy fanlar bilan chambarchas bog‘liq 
va ularga tayanadi. Ma’lumotlarning yig‘ilishi bilan esa u boshqa 
fanlarning yaratilishiga sabab bo‘ladi. 
Geologiya fanining bir qancha yo‘nalishlari bor: 
1. Yerning moddiy tarkibini o‘rganuvchi fan yoki geokimyo. 
2. Yerda vujudga keladigan jarayonlarni o‘rganuvchi fanlar yoki 
dinamik geologiya. 
3. Yerning tarixini o‘rganuvchi fanlar. 
4. Regional geologiya. 
5. Amaliy fanlar. 
I. Yerning moddiy tarkibini o‘rganuvchi fanlarga kristallografiya, 
mineralogiya, petrografiya va geokimyo fanlari kiradi. 
Kristallografiya - kristallar, ularning tashqi formalari va ichki 
tuzilishlari haqidagi fan. 
Mineralogiya - Yer po‘stini tashkil yetgan minerallarning fizik, 
kimyoviy xossalarini, hamda ularni vujudga keltiradigan turli jarayonlarni 
o‘rganadi. 
Petrografiya - Yer po‘stini tashkil yetgan bo‘sh va qattiq 
tog‘jinslarining mineral tarkibi va tuzilishi qonuniyatlarini, ularning 
yotish shakllarini geologik va geografik jihatdan tarqalishini o‘rganadi. 
Geokimyo - yer po‘stidagi kimyoviy elementlarning tarixini va 
fizik-kimyoviy sharoitdagi holatlarini o‘rganadi. 
II. yerda vujudga keladigan jarayonlarni o‘rganuvchi fanlarga 
geotektonika, 
geofizik, 
magmatizm, 
vulqonizm, 
seysmologiya, 
metamorfizm, geomorfologiya, geofizika, gidrogeologiya, gidrologiya, 
okeanologiya, okeanografiya, glyatsiologiya va boshqalar. 
Geotektonika - yer po‘stining strukturasini va uning geologik tarixi 
davomida paydo bo‘lish jarayonlarini o‘rganadi. 
Geofizika - Yerning fizik xossalarini fizik usullar, ya’ni asboblar 
yordamida o‘rgatish va olingan ma’lumotlarni matematik yo‘l bilan 
chiqarish asosida o‘rganadigan fandir. 
Magmatizm - magmaning tarkibini o‘rganadi. 
Vulqonizm - vulqonlar haqidagi fan. 
Seysmologiya - yer qimirlashini o‘rganadi. 


10 
Metamorfizm - tog‘jinslarini Yerning ostidagi o‘zgarishlarni 
o‘rganadi. 
Gidrogologiya - yer osti suvlari to‘g‘risidagi fan bo‘lib ularning 
paydo bo‘lishi dinamikasi yer po‘stida tarqalish, hamda ularning mexanik 
faoliyatini o‘rganadi. 
Gidrologiya - yer ustki suvlarini o‘rgatuvchi fan. 
Okeanologiya va okeanografiya - dengiz hamda okean suvlarining 
faoliyatini o‘rganadi. 
Glyatsiologiya - muzliklarning faoliyatini o‘rganadi. 
Geokriologiya - doimiy muzliklarni o‘rganadi. 
Limnologiya - ko‘l va botqoqliklarni o‘rganuvchi fan. 
III. Yerning tarixini o‘rganuvchi fanlarga tarixiy geologiya, 
stratigrafiya, fatsiyalar, paleontologiya, paleogeografiyalar kiradi. 
Stratigrafiya 

qatlamlar 
ularning 
joylashishini 
o‘rganadi. 
Paleontologiya - qirilib bitgan, toshga aylangan fauna hamda flora 
qoldiqlarini o‘rganadi. 
Paleogeografiya - o‘tmishdagi fizik - geografik sharoitlarni 
o‘rganadi. 
IV. Regional geologiya tog‘jinslarini yoshi bo‘yicha kelishini, ular 
hosil
 
qiladigan struktura shakllarini; qit’a, okean, hamda Yer po‘stining 
rivojlanish tarixini o‘rganadi. 
V. Amaliy fanlarga foydali qazilmalarni o‘rgatuvchi fanlar, sanoat 
ahamiyatiga ega bo‘lgan, xomashyolarni o‘rganuvchi fanlar, rudali va 
rudasiz konlarni, yonuvchi qazilmalarni, qimmatbaho minerallarni 
o‘rganuvchi fanlar, hamda muhandislik geologiyasi kiradi. 

Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish