O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/78
Sana16.06.2022
Hajmi2,16 Mb.
#677392
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   78
Bog'liq
umumiy va tarixiy geologiya (2)

 
bo‘lgan minerallar va 
tog‘jinslaridan tarkib topgan. Lekin bu jarayonlar qachonlardir o‘tib 
kyetgan. Tog‘jinslari esa hozir ham hosil
 
bo‘lmoqda. Ularning paydo 
bo‘lish jarayonlarini sinchiklab o‘rganish, ko‘l, dengiz va daryo 
yotqiziqlarini va foydali qazilmalarning vujudga kelish qonuniyatlarini 
tekshirish qadimgi geologik davrlardagi geologik jarayonlarni va mineral 
xom ashyolarining paydo bo‘lishini aniqlashda muhim ahamiyat kasb 
yetadi. Bu tekshirish usuli geologiyada aktualizm usuli (aktualizm 
jarayoni) deb yuritiladi. 
Shunday qilib, aktualizm geologiyada tarixiy usulning bir 
formasidir. Aktual - inglizcha hozirgi zamon demakdir: aktualizm 
“hozirgi zamon o‘tgan davrning kalitidir” degan ta’birdan kelib chiqadi. 
Binobarin, aktualizm, ya’ni, hozirgi davrda Yer sharida yuz beradigan 
fizik, kimyoviy, geologik jarayonlarni o‘rganish qadimgi geologik 
davrdagi tabiiy-geografik jarayonlarni o‘rganishga yordam beradi. 
Aktualizm usulining qo‘llanishi hozirgi zamon geologiyasining 
asosiy qismi bo‘lgan dinamik geologiyaning vujudga kelishiga sabab 
bo‘ldi.


14 
Aziz diyorimiz - ulug‘turon Yeri hamma zamonlarda va hamisha 
ham katta talant sohiblariga - ulug‘siymolarga boy makon bo‘lib kelgan. 
Bu yurtda Xo‘ja Axmad Yassaviy, Abu Rayhon Beruniy, Al - Farg‘oniy, 
Al - xorazmiy, Ulug‘bek kabi buyuk fan davlat, madaniyat arboblari 
tug‘ilib o‘sganlar, ijod qilganlar. 
Geologiya fanining rivojlanishida ham O‘zbekiston hududida 
yashab o‘tgan olimlarning o‘rni juda katta. O‘rta asrda yashab o‘tgan Abu 
Ali Ibn Sino (973-1048) “kitob ul - shifo” asarida turli tabiiy ilmlarga oid 
ko‘p ma’lumotlarni keltirdi. Kitobning bir “tabiat” degan bo‘limi Yer 
yuzining davrlar o‘tishi bilan o‘zgarib borishi, zilzilalar natijasida Yer 
po‘sti ko‘tarilib borishi, tog‘va vodiylarning paydo bo‘lish sharoitlari, 
tog‘jinslari va minerallarning paydo bo‘lish yo‘llari haqidagi nazariyasi, 
hayvon va o‘simliklarning toshga aylanishi haqida o‘z fikrlarini bayon 
yetgan. Bulardan tashqari Ibn Sino XVIII asrga qadar foydalanib kelingan 
minerallarning tasnifini ishlab chiqdi. 
Abu Rayhon Beruniy (978-1048) bir qator asarlarida geologik 
jarayonlar, mineral rudalar, Yerning tuzilishi haqida o‘zining ajoyib 
fikrlarini bayon etdi. Uning astronomik sxematik kartasi eski dunyoni 
yaxshi bilganligidan, g‘arb olimlaridan oldin turganligini ko‘rsatadi. 
Beruniy o‘zining “Mineralogiya” asarida minerallar haqida chuqur va 
aniq ilmiy ma’lumotlar bergan. Minerallarni aniqlash va klassifikatsiyaga 
ajratishda faqat ularning rangi va tiniqligi emas, balki qattiqligi va 
solishtirma og‘irligidan ham foydalangan. Abu Rayhon Beruniy Yer 
yuzasining har bir qismi o‘zining uzoq tarixiy taraqqiyotga ega ekanligi, 
dengiz quruqlikka, quruqlik dengizga aylanadi degan, tog‘larni paydo 
bo‘lishi va yo‘q bo‘lib ketishi tabiiy omillar asosida yuz berishini talqin 
etuvchi nazaryalarini yaratdi. 
XX asrda yashab ijod qilgan o‘zbek xalqining yirik Yershunos va 
ma’danshunos olimlaridan biri X.M. Abdullayev (1912-1962) edi. Uning 
izlanishlari natijasida davlat ahamiyatiga molik yirik - yirik konlar topildi. 
Uning “O‘rta Osiyo metallogeniyasi”, “Rudalarning intruzivlar bilan 
genetik bog‘liqligi” kabi monografiyalari Rossiya va chet el olimlari 
tomonidan yuksak baholandi. X.M. Abdullayev Fransiya geologiya va 
Buyuk Britaniya mineralogiya jamiyatlarining haqiqiy a’zosi edi. 
G‘.O. Mavlonov “Gidrogeologiya va muxandislik geologiyasi” 
hamda “Seysmalogiya” institutlarini tashkil qilgan, birinchi bo‘lib 
Toshkent zilzilasining teng kuchlarga ega bo‘lgan (izoseysta) xaritasini 
tuzdi. G‘.O. Mavlonov zilzilani oldindan aytib berish masalasida Yer 


15 
po‘stining tektonik harakatlariga injener-geolog va gidrogeologiya 
omillarining ta’sirini o‘rganish lozimligini aniqladi. Bu omillarni 
o‘rganish tektonik zilzilalarda Yer osti suvlarining kimyoviy va gaz 
tarkibini o‘rganish zarurligini ko‘rsatdi. 
Markaziy Osiyoda metallogeniya va petrografiya fanlarining 
rivojlantirilishida 
I.M. 
Isamuhamedov, 
I.X. 
Hamroboyev, 
X.N. 
Boymuhamedov, T.N. Dolimov, I.M. Mirxojayev, “Gidrogeologiya va 
muxandislik geologiyasi” sohasida A.N. Sultonxo‘jayev, <geologiyasi>> sohasida A.R. Xadjayev, Z.S. Ibragimov, P.K. Azimov 
Geotektonika sohasida Axmedjonov, O.M. Borisovlar katta hissa 
qo‘shganlar. 

Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish