Minerallarning boshqa xususiyatlari.
Minerallar issiqlik va elektr
o‘tkazuvchanlik, piroelektrik va pyezoelektrik xususiyatga ega.
Shuningdek, eruvchanlik, alangada o‘ziga xos rang berib yonishi, mazasi,
hidi, kukunlari (talk, yarozit)ni yog‘dek qo‘lga yuqishi va boshqa
xususiyatlari ham bor.
Minerallarning
hosil bo‘lishi. Minerallar asosan, ma’lum
termodinamik sharoitda hosil bo‘ladi. Hozirgi ma’lumotlarga ko‘ra,
mavjud minerallarning asosiy qismi Yer qobig‘ining ichki qismida
qaynoq magma (eritma) ning asta-sekin kristallanishida yoki uning
61
mahsullari (gaz, par, qaynoq suv eritmalari va boshqalar) ning yon
atrofdagi jinslar bilan o‘zaro reaksiyaga kirishishidan hosil bo‘ladi.
Bularni
birlamchi endogen minerallar
de-yiladi. Ular atmosfera, bio-
sfera va gidrosferada ikkilamchi minerallarga aylanadilar. Yerning
ta’sirida ustki qismida hosil bo‘lgan bunday tabiiy birikmalar
ekzogen
minerallar
deb yuritiladi.
Ekzogen minerallar o‘z navbatida Yer qobig‘ining cho‘kishi
natijasida yoki magmaning ko‘tarilishi, tog‘
hosil
qilish harakati natijasida
yana boshqa bir holatga o‘tadilar. Ular bunday sharoitda turg‘un
bo‘lmaydilar, yuqori harorat va bosim ta’sirida yangi sharoitga moslangan
metamorfogen minerallarga aylanadi.
5-MA’RUZA
GEOLOGIYADA VAQT. GEOXRONOLOGIYA
Planetamiz yoshini bilish insonlarni uzoq vaqtlardan beri qiziqtirib
kelmoqda.
Yerimizning yoshini -yillar bilan ifodalab berishga qilingan uri-
nishlar
absolyut geoxronologiya deb
nom olgan. Geologik -yil
hisobining yana bir usuli bor. U shundan iboratki, Yer tarixini dunyoning
taraqqiyiga qarab bo‘ladilar. Organik qoldiqlarni o‘rganish shuni
ko‘rsatadiki, qazilma holida uchraydigan formalar asta-sekin bir-birlari
bilan almashib turgan shu bilan birga organizmlar progressiv
taraqqiyotiga yo‘lida muayyan jarayondan o‘tgan. Eng qadimgi
qatlamlarda Yuqori tipdagi hayvonlar va o‘simliklarning vakillari
bo‘lmagan holda, juda sodda organizmlarni uchratamiz. Organizmlarning
formalari asta-sekin mukammallashib borgan va yangilari bilan
almashinib turgan. Shunday qilib, bu formalarning ma’lum almashinishi
va demak, ularga muvofiq kelgan Yer tarixi bo‘laklarini ham aniqlanishi
imkoniyati tug‘ildi.
Biroq, materialning ozligi tufayli bu masala yechilmay kelmoqda.
Bugungi vaqtdagi ayrim tekshiruvchilarning Yer yoshi to‘g‘risidagi
hisoblari bir-birlaridan juda katta farq qilgan. Masalan, Uzoq sharq
xalqlari - xitoy va Yapon xalqlari hisobicha dunyoning yoshi bir necha
o‘ng ming -yilga, ba’zan esa yuz mingdan ortiq -yilga teng. O‘rta dengiz
atrofidagi xalqlar, jumladan yahudiylar fikricha Yer eramizdan bir necha
ming (besh mingcha) -yil muqaddam paydo bo‘lgan. Bu -yil hisobi
62
xristian dinida qabul qilingan va butun o‘rta asrlar mobaynida asosiy -yil
hisobi bo‘lgan. Byuffon ayrim xususiy xossalar asosida Yerning yoshi
ancha uzoq o‘tmishga ega bo‘lishi kerak, shuning uchun uni taxminan
35000 -yilga teng deb hisoblash kerak deganda, uni mashar a qilganlar va
Byuffon inkivizatsiya sudidan qo‘rqqanidan o‘z fikridan qaytishga majbur
bo‘lgan.
Buning ustiga bu masalada xristianlar bir-birlari bilan kelisha
olmaydilar, masalan, Antioxiya episkopi feofil Odam atodan Isogacha
5515 -yil, Avgustin-5351 -yil, Ieronim esa - 3941 -yil o‘tgan deb
hisoblaydilar: bular ham xaledeyarliklar va misrliklar, forslar haqida
qadimgi avtorlar qoldirgan va bundan ham ko‘p bo‘lgan -yil hisoblarini
va hozirgi vaqtda xitoyliklarning o‘z xalqlari to‘g‘risidagi -yil hisoblarini
aslo rad qila olmaydilar.
Yerda yuz bergan ayrim jarayonlarning muddatini aniqlashga ham
konkret urinishlar qilingan edi. Masalan: dastlabki okean chuchuk bo‘lishi
kerak deb taxmin qilingan, chunki u Yerning 100 gradusdan past
haroratgacha sovigan vaqtida yog‘in-sochin hisobiga paydo bo‘lgan.
Hozirgi yog‘inlarning suvi esa deyarli distillangan, deyarli butunlay
tuzsiz. Holbuki, hozirgi okeanlar ancha yuqori sho‘rlikga ega, ya’ni har
bir litr okean suvida o‘rta hisob bilan 35,5 g tuz bor. Bu tuz qayerdan
kelishi mumkin? U dengizga ko‘p miqdorda mineral suvlarni olib
keladigan daryolarning qu-yilishi natijasida to‘plangan.
Shunday qilib, daryolar okeanga -yildan--yilga ko‘p miqdorda tuz
olib keladi. daryolarnig har -yili olib keladigan tuzlari miqdorini hisoblab
chiqarish mumkin. Chunki, okeandagi suvning umumiy hajmi ma’lum
bo‘lsa, u holda ilgari chuchuk bo‘lgan okean qancha vaqt ichida,
hozirgacha sho‘r bo‘lishini hisoblab chiqarish qiyin emasdey tuyular edi.
Ma’lum bo‘lishicha, bu vaqt taxminan 500000 -yilni tashkil qilar ekan.
Keyingi -yillar ichida, radiy kashf qilinganidan keyin radiofaol
jarayonlar natijasida hosil bo‘ladigan mineral massalardan Yerning
yoshini aniqlash usuli qo‘llaniladi. Agar radiy usuli bo‘yicha aniqlash
yetarli takomillashgan vaqtda olingan natijalarni (12 milliard -yil)
chiqariyb tashlansa unda Hozirgi geofziklarning ko‘pchiligi Yerning
yoshini 3 mlrd dan 4 mlrd gacha hisoblaydilar. Shunday qilib,
planetamizning yoshi qadimgi xalqlarning tasavvuriga nisbatan ancha
cheksiz muddatga ega ekan.
63
26-rasm. Yerning tarixi
Absolyut yoshni aniqlash usullari turlicha bo‘lib, ular yotqiziqlar-
ning yotishini o‘rganishga, yotqiziqlarning yemirilishini o‘rganishga,
Yerning issiqlik rejimini o‘rganishga va boshqa geologik jarayonlarni
o‘rganishga asoslangan. Masalan: Nil daryosi 100 -yilda 151sm
qalinlikdagi yotqiziq olib kelar ekan. Nil daryosi yotqiziqlarining umumiy
hajmini bilgan holda bu yotqiziqlarni hosil
bo‘lishiga 4082-6350 -yil
kyetganligini aniqlash mumkin. Yana bir misol, Niagara sharsharasi 100 -
yilda 31m. ga kengayar ekan. Sharsharaning umumiy kengligini bilgan
holda u taxminan 36000-yilda hosil
bo‘lganligini hisoblab chiqish
mumkin.
Hozirgi vaqtda absolyut yoshni aniqlashning bir qancha radiofaol
moddalarga asoslangan usullari bor. Ular jinsning tarkibidagi radiofaol
moddalarning miqdorini aniqlashga asoslangan. Uran (U) va toriy (Th)
parchalanganda o‘zidan issiqlik chiqaradi hamda geliy va qo‘rg‘oshinga
aylanadi. O‘rganishlar natijasiga 1gramm Uran parchalanishi natijasida 1
-yilda 9.10-6 sm
3
geliy va 7.4.10-9 gr. Qo‘rg‘oshinga aylanar ekan.
Jinslarning tarkibidagi Uran, geliy va qo‘rg‘oshinlarning miqdorini bilgan
holda quyidagi formula yordamida jinsning absolyut yoshini aniqlash
mumkin:
64
n n
1
A= ------------------ (geliy uchun); A= --------------------- (cho‘rg‘oshin uchun);
m
Do'stlaringiz bilan baham: |