Rangli soyalar hodisasi
Oq rang bilan yoritilgan buyumni yon tomondan rangli yorug‗lik dastasi bilan
yoritilsa uning rangli soyasi aks etadi (15-rasm). Bunda soyaning rangi yorug‗lik
manbasi rangiga qo‗shimcha rangda bo‗lar ekan. Masalan, yashil rangda yoritilganda
soya qirmizi, qirmizi rang bilan yoritilganda – yashil, qizil bilan yoritilganda – havo
rang va hokazo rangda bo‗ladi.
A ob‘ektni 1-manba oq yorug‗lik bilan, 2-manba esa qirmizi rang bilan
yoritmoqda. Ob‘ektning orqa tomonida oq rangli fon joylashtirilgan. Unda ikkita
soya, «a» soya oq manbadan va «b» soya qirmizi manbadan hosil bo‗lmoqda. Bunda
«a» soya qirmizi bo‗lib ko‗rinadi, oq rang bilan yoritilayotgan «b» soya go‗yo oq
bo‗lib ko‗rinishi kerak bo‗lsa ham, haqiqatda uning rangi yashil bo‗lib ko‗rinadi.
134
Do'stlaringiz bilan baham: |