Rangli soya hosil bo‘lish sxemasi Bu hodisa bir vaqtdagi rangli kontrast bilan tushuntiriladi. Ma‘lum bo‗lishicha
soya rangining to‗yinganligi yetarlicha yuqori bo‗lar ekan. Bu rangli yoritish bilan
hosil qilinadigan ranglarda, rangli bo‗yoqlar hosil qiladigan sirtlarning ranglarga
qaraganda bir vaqtli kontrast ancha kuchli namoyon bo‗lishligi bilan tushuntiriladi.
Ranglarni kuzatishda fazo illyuziyasi Tabiatdagi ranglarning ko‗pchiligi ma‘lum moddiy buyumlarga tegishli bo‗ladi
va ular buyumlarning sirt fakturasi bilan ajralmagan holda idrok qilinadi. Agar
bunday ranglarni kuzatishda jismlardagi holatning o‗ziga xos xususiyatlarini idrok
qilish istisno qilinsa, unda ranglar yangi nomoddiy sifatda xuddi fazoda noaniq
masofada joylashganligi kabi tasavvur qilinadi.
Bunga mos holda hamma ranglar ikkita – fakturali va fakturasiz guruhlarga
bo‗linadi, yoki ularni ba‘zida boshqacha sirtli va fazoviy deb ham atashadi.
Ranglarning bu xususiyatlaridan kinoni suratga olishda kinotasvirda fazo
tasavurini xosil qilish uchun keng foydalaniladi. Amalda bu rangli fakturalarni