Fotografik rang uzatishning aniqligi
Rangni fotografik aniq aks ettirishning uchta mezoni mavjud: fizikaviy,
fiziologik va psixologik.
Rangni fizikaviy aniqlik bilan aks ettirish deb, ob‘ektning rangi va uning
fotografik nusxasi SPEKTRAL TARKIB bo‗yicha bir xil bo‗lishligiga aytiladi. Aks
ettirishning bunday aniqligiga kinoda mavjud bo‗lgan usullar bilan amalda erishib
bo‗lmaydi va bundan tashqari bunday aniqlik ma‘noga ega emas, chunki bizning
ko‗zimiz atigi ranglarning vizual bir xilligi bilan to‗liq kifoyalanadi. Vizual bir xil
bo‗lgan ranglar esa, yorug‗likning har xil spektral tarkiblari bilan hosil qilinishi
mumkin.
Fiziologik aniqlik deb, nusxaning rangi bilan orginalning rangi bevosita
solishtirilganda bir xil ko‗rinishiga ya‘ni rangdorligi va nisbiy ravshanligi bo‗yicha
bir xil bo‗lishligiga aytiladi.
Bu berilgan holatda faqat ranglarni HIS QILIShning tengligi (spektrlarning
tengligi emas) ko‗zda tutiliyapti. Shu sababli bu mezon fiziologik deb nom olgan.
Amalda bu aniqlikka kinoning zamonaviy usul-larini oddiy ishlab chiqarishda
105
qo‗llanilganda ham erishib bo‗lmaydi. Bunga rang jarayonlarini o‗ta sinchiklab
o‗tkazilgandagina yaqinlashish mumkin.
Psixologik aniqlik deb, umumiy taassurot bo‗yicha aks ettirilgan, harakatning
vaziyati bilan tasvirlanayotgan ranglar, garchi ular ob‘ektiv holda buzilishi mumkin
bo‗lsa ham, yetarlicha aniq va o‗rinli deb tan olinadi. Bunda nusxa va original
bevosita solishtirishsiz, har xil vaqtlarda kuzatilishi nazarda tutiladi.
Rang uzatish nazariyasi rangni aks ettirishning fiziologik aniqli-giga,
kinotasvir amaliyotida esa faqat psixologik aniqlikka amal qiladi,. Boshqacha
aytganda, rang uzatish nazariyasida ranglarning bir xilligi rangli HIS
ETIShLARNING
tengligi,
kinotasvir
amaliyotida
esa
ranglarni
IDROK
QILIShNING tengligi deb hisoblanadi.
Ranglarni his etish qonunlari idrok qilish qonunlariga qaraganda ko‗proq
darajada miqdoriy tahlilga oson beriladi. Bu rang uzatish nazariyasida rangni aks
ettirish sifatini ob‘ektiv baholashni qo‗llash imkoniyatini beradi va rang uzatish sifati
bilan rangli tasvirga olish texnikasi orasidagi yetarlicha aniq bog‗lanishni o‗rnatadi.
Bu fursat ilmiy jihatdan juda ahamiyatli, chunki rangni aks ettirishning aniqlanadigan
qonuniyatlari sub‘ektiv qarama qarshi mulohazalardan holi bo‗lishi kerak.
Kadrdagi boshlang‗ich va takroriy ranglar
Rangli filmda rang uzatish aniqligiga qo‗yiladigan ikki xil turdagi talabni
farqlash lozim. Ularni shartli ravishda shunday nomlanadi: rangni dastlabki aks
ettirish aniqligi va montajli tasvirga olishda kadrdan kadrga rangni takroriy aks
ettirishdagi aniqlik.
Tomashabin birinchi kadrda ko‗rgan ob‘ekt rangini dastlabki rang deb
hisoblashga to‗liq haki bor. Mana shu rang bilan, goyo, unga shu ob‘ektning bundan
keyingi montajli tasvirga olingan kadrlardagi takroriy ranglar bilan solishtirish taklif
qilinadi. Dastlabki rang tasvirga olinayotgan harakatning, agar harakat sharoiti
o‗zgarmasa va qandaydir rangning o‗zgarishini mantiqan oqlaydigan biror narsa
paydo bo‗lmasa, oxirigacha unga rioya qilishni talab qiladi.
Kadrdagi dastlabki rangni tanlash tasviriy masalaning ijodiy yechimiga tegishli
hisoblanadi, takroriy rangning aniqligi esa texnik vazifa hisoblanadi. U faqat
106
kinooperatorning eksponometrik texnikasiga va tasvirga olishda hamda filmga ishlov
berishda texnologik rejimlarga aniq rioya qilinishiga bog‗liq bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |