O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi iqbol meliqo’ziyev


 Ranglar aylanasi. Ranglarni his qilish



Download 12,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/118
Sana18.02.2022
Hajmi12,58 Mb.
#454760
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   118
Bog'liq
2 5206567430196827555

2.6. Ranglar aylanasi. Ranglarni his qilish
Uch qirrali shisha prizmadan oq rang o‗tkazilsa, u bir necha ranglarga 
bo‗linishini ko‗rish mumkin. Bu kamalak ranglar bo‗lib, spektr ranglari deb ataladi. 


98 
Bu spektr ranglar ketma-ket joylashgan bo‗lib, qizil-zaig'aldoq-sariq-yashil-ko'k-
moviy-binafsha ranglardan tashkil topadi. Ikki chekkadagi ranglami yonma-yon 
qo‗yib tutashtirsak doira hosil bo'ladi. Bu rang aylanasi deb yuritiladi. Rang 
aylanasidagi qizil rang orqali diametr chizig'ini o'tkazsak qarama-qarshi tomonda 
yashil rang joylashadi. Yashil rang esa qizil rang qarshisida joylashganligi aniqlanadi. 
Bu ranglar optik aralashtirilsa oq rang paydo bo'ladi. Bunday ranglar qo‗shimcha 
ranglar deb yuritiladi. 
Doiradagi ko'k yoki binafsha ranglar orqali diametr chizig'ini o'tkazsak ko'k rang 
qarshisida zarg'aldoq, binafsha rang qarshisida esa sariq rangjoylashganini ko'rish 
mumkin. Bu qo'shimcha ranglami palitrada aralashtirsak kulrang paydo bo'ladi. 
Shuningdek, bu ranglar bir-biriga nisbatan kontrast ranglar ham hisoblanadi. 
Biz tabiatni kuzatar ekanmiz dala yoki bog‗larda sariq, qizil, zarg‗aldoq, 
binafsha ranglardagi ochilgan gullami uchratamiz. Tabiat ranglaiga juda boy, har xil 
nisbatda va har xil turlarda, tuslarda. Albatta ular nihoyatda go‗zal. Masalan, yashil 
rang ko‗k rangga yaqin bo‗lsa, bunga qo‗shimcha rang zaig‗aldoq rangga yaqin 
bo‗lishi mumkin. Shunday qilib rang aylanasidagi bitta rang qarshisida bir necha 
o‗xshash rang bo‗lishi va ular o‗ziga xos chiroyli nisbatda hamohang bo‗lishi 
kuzatiladi. Rang aylanasida 6 ta, 12 ta yoki 24 ta juft rang aylanasi yasab ko‗rish 
maqsadga muvofiq. Ana shunda ranglar jilosini va kontrast ranglar hosil bo‗lishining 
ko‗pligini aniqlaymiz. 
Uch asosiy rang 
Gyote nazariyasi bo‗yicha teng yonli uchburchak burchaklarida asosiy ranglar 
— sariq, ko‗k va qizil ranglar joylashgan. Doira ichiga ikkinchi ag‗darilgan 
uchburchak joylashgan bo‗lib, bu uchburchak uchlaridan esa birinchi darajali ranglar 
o‗rin olgan. Ikkala uchburchak olti qirrali uchburchak hosil qiladi. Ana shu doira 
ichidagi uchburchak ingichka chiziqlar bilan tutashgan burchaklardagilardan biri esa 
asosiy rang, qolgan ikki burchak uchidagi rang esa qo‗shimcha (izlab topilgan) 
birinchi darajali ranglardir. Ingichka chiziqlar bilan tutashgan burchaklardagi ranglar 
qarama-qarshi yoki qo‗shni ranglar (kontrast ranglar) hisoblanadi. Masalan, qizilga 
yashil, qovoqrangga ko‗k, sariqqa binafsha shular jumlasidandir. Shunday qilib, har 


99 
bir juft ranglar asosida ranglar aylanasi hosil bo‗ladi. 
Asosiy ranglar yordamida boshqa ranglarni yaratish 
Gyote rang aylanasidagi uch rang asosida boshqa ranglami yaratish mumkin. Bu 
asosiy ranglar qizil, sariq va ko‗k ranglardir. Ana shu ranglardan biriga ikkinchisini 
qo‗shsak uchinchi rang kelib chiqadi. Masalan, sariqqa ko‗k rang aralashtirsak yashil 
rang hosil bo‗lishi aniqlanadi. Shuningdek, sariqqa qizil rang aralashtirsak zarg‗aldoq 
rang hosil bo‗ladi. Qizil rangga ko‗k rang qo‗shib binafsha rang hosil qilish mumkin. 
Yuqoridagi ikki rang aralashmasidan hosil bo‗lgan uchinchi rang turlari ham, tusi 
ham har xil.bo‗lishi mumkin. Odam ko‗zi qanchalik ko‗p tusni ko‗ra bilsa shuncha 
rang tusini aniqlash mumkin. Masalan, sariq bilan yashil rang orasida yana bir necha 
sariqqa yaqin yashilsimon rang tusi hosil boMadi. Shunday qilib uch rang asosida 
yana uch asosiy rang hosil qilingan bo‗lsa, ular orasida yana bittadan hosil qilsak, 
3+3+6+12 kabi davom ettirish mumkin. Shuningdek, topilgan 12 xil rang asosida har 
biriga oq, qora va kulrang aralashtirib o‗n ikki bo‗lakchadagi rang tusini hosil qilsak, 
jami 144 ta rang tusi hosil bo‗ladi. Shuningdek, kontrast ranglami bir-biriga 
aralashtirib (rang aylanasida diametr chizig'idagi emas, balki uning yon 
tomonlaridagisi) yana bir qancha ranglar shkalasini aniqlash mumkin. Shu holda 
500—600 rang turi va tusini ko‗z orqali ajrata olish mumkin. Bu holda rassom 
palitrasining rang-barangligi va rangga boyligini kuzatish qiyin emas. 
Ranglar aylanasi. 
Bilamizki, rang aylanasi asosan uch rang: sariq, qizil va ko‗k ranglar negizida 
tuzilgan bo‗lib, ular orasida yana uch rang - zarg‗aldoq. binafsha va yashil rang 
mavjud. Ammo bu ranglar orasida yana bir necha rang tuslari bo‗lishi mumkin. 
Shunday qilib, rang aylanasi 6 ta yoki 12 ta rangdan iborat bo‗lishi mumkin. Rang 
aylanasini ikki qismga bo‗lgan edik. Bulami issiq va sovuq rang deb atagan edik. 
Endi rang aylanasidagi sariq rangdan boshlab sariq- zarg‗aldoq, zarg‗aldoq, 
zarg‗aldoq-qizil, qizil, qizil-binafsha va binafsha ranglar harakat yo‗nalishida davom 
ettirsak, rang tuslari borgan sari to‗qroq tusga aylana boshlaganini ko‗ramiz. Shuning 
bilan birga bu guruh issiq ranglar guruhi deb ataladi. Shu tarzda rang aylanasini 
davom ettirsak binafsha-ko‗k, ko‗k, ko‗k-yashil, yashil, yashil-sariq turkum ranglar 


100 
joylashgan bo‗lib, sovuq ranglar guruhi mavjudligini ko‗ramiz. Shuningdek, rang 
guruhi issiq ranglarga nisbatan quyuqlashganini sezish qiyin emas. 
Rang aylanasidagi bu ranglar bir-birining ro'parasidagi rang bilan kontrast 
rangda bo‗ladi. Masalan, sariq rang qarshisida binafsha rang joylashgan. Bu ranglar 
bir xil nisbatda aralashtirilsa kulrang hosil bo‗lishi ham bizga ma‘lum. Agar rang bo 
yoq nisbatlari har xil qilib aralashtirilsa o‗zgacha chiroyli ranglar ham hosil qilish 
mumkin. Ranglar aylanasidagi ranglardan biriga oq bo‗yoq yoki kulrang bo‗yoq 
aralashtirish asta-sekin ko‗paytirib borilsa, asosiy rang bo‗lakchasi sekin-asta oqarib 
borishi kuzatiladi. Masalan, yashil rangga ozgina oq bo‗yoq qo‗shilsa yashil tusi 
biroz o'zgarganligini ko rish mumkin. Bu rang boMakchasidan 12 ta rang tusi 
bo‗lakchasini hosil qilsak, eng oxirgisi oq rangda ekanini, oq rang bilan yashil rang 
oralig‗idagi 10 ta rang bo‗lakchasi yashil bo‗lib ko‗rinsa-da, ulaming bir-birlari bilan 
tuslari farqini kuzatish mumkin. Agar ana shu yashil rang qora bo‗yoq yoki kulrang 
qo‗shib hosil qilinsa, bunda yashil rangning asta-sekin tusi to'qlashgani kuzatiladi. 
Shuningdek, rang aylanasidagi boshqa ranglardan shu tarzda oqaigan va qoraygan 
rang tuslari hosil qilinadi. Natijada rang aylanasidagi 12 ta rangdan 36 ta rang 
tusidagisini aniqlasak, jami 432 ta rang tuslari hosil qilinadi.Bu rang tuslari xilma-
xilligi nihoyatda chiroyli ranglar ekanligidan bahramand bo‗lsak, rang tusini sezish 
qobiliyatimizni ham yuqori darajaga ko‗taigan bo'lamiz. Shuningdek, rang 
estetikasiga ko‗nikma hosil qilamiz. Yuqoridagilardan ma‘lum bo‗ladiki, rang 
aylanasidagi ranglardan biriga kulrang yoki qora bo‗yoq qo‗shib rang tusini hosil 
qilishni nisbatan kuzatgan bo‗lsak, endi qoraga yaqin ranglarni ham qo‗shib rang 
tuslarini hosil qilishni amalda bajarib ko'ramiz. 
Buning uchun ranglardan biri, ya‘ni sariq rangga qora rang aralashtirib hosil 
qilingan rang tuslari murakkab yashilga yaqin ranglar ekanligini kuzatish mumkin. 
Shuningdek, умбра натуральная (jigarrangga yaqin)ni sariq rang bilan aralashtirib 
hosil qilingan rang bo‗lakchalarini ko‗raylik, bu guruhda qora rang bilan aralashtirilib 
topilganiga nisbatan issiqroq ekanligi va tuslari har xilligi kuzatiladi. Shu tarzda 
qolgan boshqa ranglami ham aralashtirib ko‗rsak, oldingilarga nisbatan tuslari yaqin 
bo‗lsa-da, rangi jihatdan farq qilinishi aniq. Bu yo‗sindagi mashqlar bo‗lajak yosh 


101 
rassomlaming rang sezish qobiliyatini yanada o‗stirishi, yaratayotgan asari esa go‗zal 
ranglar bilan boyib borishi mumkinligini ko‗rsatadi. 
Rangni his qilish 
Tasviriy san‘atda rassom o‗z ijodida chiziqlar, shakllar va ranglar yordamida 
asarlar yaratar ekan, bunda rang sezish qonuni alohida ahamiyatga ega. 
Odatda ko‗rish sezgisi ikki guruhga bo‗linadi. 
Birinchi guruhga 

Download 12,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish