18
Regeneratsiya‘ning ana shunday shakli regyoneratsion
gipertrofiya
deb ataladi. Qo‘yonning bir
buyragi olib tashlansa, ikkinchisiga fiziologik jihatdan ko‘proq zo‘r keladi. Bu hol uning
kattalashib ketishiga olib boradi, bunda uning hajmi ko‘pincha ikki baravar kattalashib qoladi.
Bu hodisa kompyonsator gipertrofiya deb ataladi. U odatdagi ma‘noda olinadigan reparativ
regeneratsiya emas, chunki bunda Shikastlanmagan organ kattalashadi. Biroq, bu hodisani
umuman ayirish organlari sistemasining tiklanish protsessi deb qarash mumkin.
Regeneratsiya nazariyalari.
Tiklanish protsesslarini izohlab beradigan nazariya yaratish
biologiya‘ning muhim vazifasidir. Asrimizning boshlarida, regeneratsiyaga sabab bo‘ladigan
moddiy protsesslar deyarli o‘rganilmagan davrda, regeneratsiya problemasi vitalizm
tayanchlaridan biri bo‘lgan edi. Nemis biolog-vitalisti Gans Drish organizmning regeneratsiyaga
qodir ekanligi g‘ayri moddiy kuch — entelexiya borligini isbot etadigan ishonchli dalildir, deb
da‘vo qildi. Lekin moddiymas kuchlar to‘rg‘isidagi tushunchani ro‘kach qilish olimlarni real
dunyodan mistik tasavvurlar olamiga sudraydi va biologik hodisalarni idora etadigan moddiy
sharoitlarni tekshirishdan chalg‘itadi.
Regeneratsiya layoqati hayvonlarning tuzilish darajasiga bog‘liq degan nazariya ancha
vaqt ho‘qm surib keldi. Shu nazariyaga muvofiq, regeneratsiya
layoqati tuban darajada
turadigan hayvonlarda ayniqsa kuchli bo‘ladi, lekin tana tuzilishi evolyutsiya protsessida
murakkablashib borar ekan, bu layoqat muqarrar suratda kamaygan va yuqori darajada
turadigan umurtqalilar bilan odamda nihoyatda kam bo‘lib qolgan. Tuzilishi murakkablashgani
sari regeneratsiya layoqati kamayib boradi, degan nazariya‘ni bir qancha olimlar tanqid qilib
chiqdilar, ular tana tuzilishining darajasidan qat‘i nazar har bir tip doirasida regeneratsiya
layoqati yuqorii va past bo‘lgan tiplarni uchratish mumkinligini ko‘rsatib berdilar. Masalan,
kavakichaklilar tipida chucho‘q suv gidrasi juda kuchli regeneratsiya layoqatiga ega,
tanasining kichikroq bir qismidan butun bir organizm vujudga keladi. Lekin huddi shu tipga
kiradigan meduzalar tiklanishga deyarli qodir emas.
Halqali chuvalchanglarda tana qismlarini tiklash layoqati zo‘r. Halqali chuvalchang
ikki qismga bo‘linsa, bosh tomondagi uchi ketingi Yarmini, dum tomondagi uchi esa oldingi
yarmini tiklaydi. Shu bilan bir vaqtda, to‘garak chuvalchanglar,
masalan askarida pastroq
darajada tuzilgan bo‘lishiga qaramasdan, tiklanish protsesslariga qodir emas, xatto
qoplag‘ichlarining Shikastlanishi ham ularni o‘limga olib keladi. Regeneratsiya layoqati
muqarrar suratda kamayib boradi, degan tushunchaning tanqid qilinishi yuqori darajali
hayvonlar bilan odamda bo‘ladigan regeneratsiya‘ni tekshirish yo‘lidagi to‘sqinliklarni bartaraf
etdi.
Shu munosabat bilan sutemizuvchilarda organlar regeneratsiyasini tekshirishga
bag‘ishlangan tajribalar so‘nggi yillarda juda avj olib ketdi.
Regeneratsiya to‘g‘risidagi materialistik nazariya tiklanish protsesslariga qodirlikni
o‘simliklar bilan umurtqasiz hayvonlargagina xos bo‘lmay, balki
oliy darajada turadigan
hayvonlarga, jumladan sut emizuvchi hayvonlar bilan odamga ham xos bo‘lgan umumiy hayot
xossasi deb qaraydi. Materialistik biologiya regeneratsiya protsesslarining mohiyatini ochib
berib, tiklanish protsesslarini idora etishga harakat qilmoqda. Rus olimlari (M.A.Vorontsova,
L.D.Liozner)ning asarlarida regeneratsiya protsesslarining jami ichki va tashqi sharoitlarga
murakkab tarzda borliqligi, Shu sharoitlarning ba‘zilari regeneratsiya‘ning borishini susaytirsa,
boshqalari tezlashtirishi yoki shaklan o‘zgartirishi isbot etilgan. Har bir organ va to‘qimada
tiklanish protsesslarining o‘tishi uchun o‘ziga xos, alohida sharoitlari bor.
Reparativ regeneratsiya‘ning zarur faktori organlar olib tashlanganda yoki qirqilganda
organizmning Shikastlanishidir. Oradan bir oz vaqt o‘tkazib, takror-takror etkaziladigan bo‘lsa,
tiklanish protsesslari tezlashadi. Masalan, aksolotllarning oyogi takror amputatsiya qilinganda
birinchi bor amputatsiya qilingandagidan ko‘ra tezroq tiklanadi.. Kalamushning terisidagi
19
jarohatlar regeneratsiyasida va qo‘yonning quloq suprasidagi dumaloq teshiklar bitganida ham
huddi shunday hodisa ko‘riladi. Navbatdagi har bir jarohat oldingisidan ko‘ra tezroq bitadi.
Tashqi organlar regeneratsiyasida regeneratsiya ko‘rtagi vujudga kelishi uchun muhim
shart jarohat yuzasi bo‘lishidir. Dum kesib tashlangandan keyin jarohat yuzasida yangi
to‘qimalar paydo bo‘lishi va organning tez asliga kelishi aksolotllar bilan tritonlar ustidagi
tajribalarda ko‘rsatib berildi. Lekin jarohat yuzasi teri lahtagi: bilan byokitib qo‘yilsa, dum
regeneratsiyalanmaydi. Biroq, ichki organlar — jigar va taloq regeneratsiyasida jarohat yuzasi
yangi to‘qimalar hosil bo‘ladigan joy bo‘lib xizmat qilmaydi
va tiklanish regyoneratsion
gipertrofiya shaklida o‘tadi.
Tiklanish protsesslari xilma-xil tashqi faktorlarga bog‘liqdir. Shu faktorlarning ba‘zilari
tiklanish protsesslarini susaytirsa, boshqalari kuchaytiradi. Shikastlangan organlarga ryontgyon
nurlari berish tiklanish layoqatining butunlay yuqolishiga olib keladi, chunki ryontgyon nurlari
hujayralarning bo‘linishini to‘xtatib qo‘yadi. Lekin nur berilgan organga nur berilmagan
to‘qima qismi ko‘chirib o‘tqazilsa regeneratsiya layoqati asliga keladi (E. E. Umanskiy, L. D.
Liozner). Turli ximiyaviy faktorlarning ta‘sir etishi ayrim organlar regeneratsiyasining
susayishi yoki tezlashishiga olib keladi. Masalan, etiniltestosteron qo‘yonlar quloq suprasidagi
nuqsonlarning regeneratsiyasini kuchaytiradi. Baqalarning olib tashlangan oyogi oddiy
sharoitlarda regeneratsiya qilmaydi, lekin jarohat yuzasiga osh tuzi ta‘sir ettirilsa, oyog‘i
asliga keladi (L. V. Polejaev).
Regeneratsiyaga faqat mahalliy reaktsiya deb qarab bo‘lmaydi. U yaxlit sistema
bo‘lmish organizm ishtiroki bilan va organizmning idora etuvchi faoliyati tufayli yuzaga
chiqadigan protsessdir. Tiklanish protsesslarining organizm umumiy ahvoliga bog‘liq ekanligi
qadimdan ma‘lum. Nerv regulyatsiyasi ayniqsa katta ahamiyatga ega. Chuvalchang
tanasining bir nechta segmenti olib tashlansa va keyingi 3—4
segmentidagi nerv zanjiri
emirilsa. regeneratsiya protsessi nerv zanjiri Shikastlanmay qolgan segmentdan boshlanishini
T. Morgan yomg‘ir chuvalchanglari misolida ko‘rsatib berdi.
Qushlar bilan kemiruvchi hayvonlarda muskullar kesilganidan keyin ham, butun
muskulning kattagina qismi olib tashlanganidan keyin ham regeneratsiya qila olishini aniqlash
mumkin bo‘ldiki, bu avvalgi manfiy ma‘lumotlarga zid keladi (A. N. Studitskiy). Biroq,
muskullarga boradigan nerv tolalariga Shikast etmagan bo‘lsagina muskullar regeneratsiyasi
pirovardiga yetadi.
Regeneratsiya qilib kelayotgan to‘qimaga organizm kimyoviy regulyatsiya mexanizmlari
orqali ham ta‘sir ko‘rsatadi. Mashxur xirurg-okulist V.P.Filatov regeneratsiya qilib kelayotgan
organga to‘qimalarni ko‘chirib o‘tqazish tiklanish protsesslarini kuchaytirishini ko‘rsatib berdi va
regeneratsiya nazariyasini rivojlantirishga katta hissa qo‘shdi. To‘qimalar ko‘chirib
o‘tqazilganda tiklanish protsesslarining tezlashuvi ko‘chirib o‘tkazilgan to‘qimalar
metabolitlarining regeneratsiya prosessiga ta‘sir etishiga bog‘liq.
Har bir organ va to‘qimaning regeneratsiya qilishi uchun alohida sharoitlar va
qonuniyatlar bor. Mana shu sharoit va qonuniyatlarni tekshirish tiklanish protsesslarini
boshqarish uchun katta ahamiyatga ega mahsus protezlardan foydalanilganda regyonratsiya
bir qancha hollarda Yaxshi o‘tadi. Shisha, plastmassa va metall protezlardan foydalanish
tufayli traxeya, bronxlar va yirik arteriyalarning katta – katta
qismlari operatsiya qilib
qirqilganidan keyin shu qismlarida regeneratsiya‘ni vujudga keltirish mumkin bo‘ldi.
Tomirlarni tiklash maqsadida plastmassa yoki boshqa materiallardan ishlangan naylardan
foydalaniladi(doimiy protez), Shuningdek murdalar yoki hayvonlardan olingan qon tomir
bo‘laklari ishlatiladi (vaqtincha protez). Protez tomirlar endoteliysi o‘sib chiqadigan bir nav
sinch bo‘lib xizmat qiladi. G‘ovakprotez (neylon tafta) ishlatiladigan bo‘lsa, uning
devorlariga qo‘shuvchi to‘qima o‘sib kiradi.
20
Suyak singudek bo‘lsa, asliga kela olishi qadimdan ma‘lum. Lekin katta – katta
nuqsonlar bo‘lsa suyak, odatda, asliga kelmaydi. Ma‘lum sharoitlar yaratilganda sut
emizuvchi hayvonlar va odamda katta – katta nuqsonlarning va xatto butun naysimon
suyakning regeneratsiya qilinishiga erishish so‘nggi vaqtlarda isbot etildi. protez, ya‘ni
boshqa individ yoki murdadan olingan suyak yuqoridagi zarur sharoit bo‘lib xizmat qiladi.
Ayni vaqtda sinch bo‘ylab regeneratsiya vujudga kelib, ko‘chirib o‘tqazilgan yod suyak
o‘rniga organizmning o‘z suyak to‘qimasi paydo bo‘ladi.
Nerv hujayralarining regeneratsiyaga layoqati sustdir. Biroq nerv kesilgudek bo‘lsa,
nerv tarkibiga kiradigan o‘simtalari (aksonlari) asliga kelishi mumkin.
Oyoq nervi
kesilganda, shu qirqilgan nerv uchlari bir – biridan uzoq yotgan bo‘lsa, ko‘pincha to‘liq
regeneratsiya yuzaga chiqmaydi va oyoq falajligicha qolaveradi. Qirqilgan nerv uchlari tikib
qo‘yilsa, regeneratsiya‘ni yyongillashtirish mumkin. Shunda aksonning markaziy qismi
regeneratsiyalanib, nervning perifyoriq qismiga o‘tadi va o‘sib, huddi o‘tkazgichdan
o‘tgandek o‘tadi – da, innervatsiya qiladigan organlariga boradi. Nervning ko‘proq joyi
Shikastlangan bo‘lsa, markaziy va perifyoriq uchi orasiga, masalan murdadan olingan bir
bo‘lak nervni sun‘iy o‘tkazgich qilib tikib qo‘ysa bo‘ladi. Mana shunday o‘tkazgichlarni
oldindan tayyorlab, masalan, formalinda konservalab qo‘yish mumkin. Sut emizuvchi
hayvonlarda (kalamushlarda) orqa miya o‘tkazuvchi yo‘llaridagi nerv tolalarining
regeneratsiya qila olishi isbot etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: