birinchidan, ishlab chiqarish quvvatlaridan va keng turdagi xom ashyo, shuningdek, mehnat resurslari mavjud bo`lgan hamda tashqi bozorlarda raqobatbardosh bo`lgan yuqori qo`shilgan qiymatga ega mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta`minlovchi afzalliklardan to`liq hajmda foydalanilmayapti;
ikkinchidan, eksport qiluvchi korxonalar faoliyatini moliyaviy qo`llab-quvvatlash vositalari rivojlanmayapti, eksportoldi va eksportni moliyalashtirish mexanizmlari mavjud emas;
uchinchidan, chuqur marketing tadqiqotlarini o`tkazish, uzoq muddatli barqaror tashqi bozorlarni shakllantirish va xorijda tashqi savdo infratuzilmasini yaratishga etarli darajada e`tibor qaratilmayapti;
to`rtinchidan, har xil xizmat turlari eksportini tashkil qilish va ilgari surish bo`yicha tizimli ishlar mavjud emas, ularni ko`rsatish uchun zarur infratuzilma rivojlanmagan.14
Hozirgi diversifikatsiya jarayonlarida innovatsiyalarni qo`llash va joriy etish keng avj olgan bo`lib, bu sohada haligacha o`rganilayotgan muammolar mavjud. Innovatsiyani qo`llash masalalariga doir fikrlar Respublika Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan 2017-2021 yillarga mo`ljallangan Harakatlar strategisida o`z aksini topgan va aniq vazifalar belgilab berilgan.
Shuningdek, Adam Smit, D.Rikardo, Eli Xekshker va Bertil Olin kabi taniqli iqtisodchilar tomonidan ham amaliy jihatdan o`rganilgan. Bu borada rossiyalik olimlardan Vasiliy Leontev, S.I. Simonovskiy, V.M. Kudrov, Ya. Korkoral kabilarni nomlarini keltirish mumkin.
O`zbekistonda innovatsion sohada amalga oshirilgan ishlar, olib borilayotgan islohotlar negizida tashkil etilib, B. Abdullaev, I. Abduraimov, S. Kosimov, N. Muminov, S.Fulomov kabi iqtisodchilarning ilmiy izlanishlarida yangi texnologiyalardan foydalanish va ularni amaliyotga joriy etishga doir mulohazalar yuritilgan.
Hozirgi vaqtgacha savdo nazariyasining ikki turi ishlab chiqilgan. Uning birinchi turi savdoning tabiiy borishini aniqlab, davlatlar o`rtasida savdo erkin bo`lgan sharoitda savdo tuzilishi qanday bo`lishini tushintiradi va o`rganadi. Bu turdagi nazariya hech qanday tusiqlar bo`lmagan sharoitda qaysi bir davlat bilan savdo qilish kerak, qaysi turdagi mahsulotni va qanday hajmda sotish kerak kabi savollarni qo`ygan.
Ikkinchi turdagi nazariya savdo xajmini, yo`nalishini va birikmasini (sostav) o`zgartirish maqsadida mahsulot va xizmatlarning erkin oqimiga davlatning aralashuvini nazarda tutadi. Merkantilizm nazariyasiga asosan davlatning boyligi uning ixtiyoridagi oltin miqyosidagi qimmat baholar bilan o`lchanib, har bir davlat importga qaraganda ko`prok eksport qilish kerak. Bu xolda davlat aktiv to`lov balansiga ega bo`ladi. Milliy davlatlar vujudga kelayotgan davrda (1500-1800 yillar) oltin markaziy xokimiyatlarni mavqeini mustaxkamlash uchun xizmat qilgan15.
Nima uchun umuman olganda davlatning eksport salohiyoti importga nisbatan yuqori bo`lishi kerak? Buning uchun davlat savdoni ustidan monopoliya o`rnatib, importning ko`p qismiga to`siq (chegara) o`rnatishi zarur va ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko`p qismini eksport qilish uchun subsidiya berishga to`g`ri keladi. Merkantilizm davrida koloniya bo`lgan davlat xom ashyolarni eksport qilib, tayyor mahsulotlarni import qilganlar. Bu nazariya metropoliylarning boyishiga olib kelgan. Natijada koloniya davlatlarning noroziligi vujudga kelgan va mustakillik uchun kurasha boshlaganlar.
Merkantilistik epoxaning bir qismi hozirda ham saqlanib qolgan. Aktiv to`lov balansi termini hozir ham ishlatiladi. Bunga ko`ra davlatning eksport miqdori importdan katta bo`lishi kerak. To`lov balansida difitsit (kamomad) bo`lganini ko`rsatuvchi termin bu passiv to`lov balansidir.
Keyingi vaqtlarda biron bir sotsial yoki siyosiy maqsadlarni amalga oshirish maqsadida ochiqdan ochiq aktiv to`lov balansiga ega bo`lishga harakat qilayotgan davlatlarga nisbatan neomerkantilizm termini ishlatilmoqda. Masalan, to`la bandlikni ta`minlash maqsadida mamlakat ichidagi talabdan ko`proq mahsulot ishlab chiqarib, ortiqchasini eksport kiladilar. Yoki davlat biron bir xududda siyosiy mavqeni saqlab qolish maqsadida ko`prok mahsulot eksport qiladi.
Ko`p davlatlar merkantilizm siyosatiga amal qilib, imkoniyat darajasida ishlab chiqarishni tashkil etib, iqtisodiy jixatdan mustaqil bo`lishga harakat qilganlar. Adam Smit 1776 yilda chop etgan «Xalqlar boyligining sabablari va tabiatini tadqiqoti» degan kitobida merkatilistlar qarashini tanqid qilgan. Uning fikricha davlatning xaqiqiy boyligi uning fuqorolari foydalana oladigan mahsulot va xizmatlardan iboratdir. Smit mutloq ustunlik nazariyasini ishlab chiqdi. Bu nazariyaga ko`ra, ayrim mamlakatlar boshqalariga nisbatan tovarlarni samarali ishlab chiqarishadi. Shu nazariyaga asoslanib u quyidagi savolni qo`ydi: nimaga fuqorolar mahalliy tovarlarni sotib olishlari kerak, agar ular xuddi shunday tovarlarni xorijdan ancha arzon narxlarda sotib olishlari mumkin bo`lsa. Smitning isbotlashicha, agar savdo chegaralanmasa, har bir davlat raqobat ustunligiga ega bo`lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Har bir mamlakatning resurslari rentabel sohalarga o`tib ketadi, chunki mamlakat norentabel sohalarda raqobatlasha olmaydi.
Ixtisoslashuv natijasida mamlakatning ishlab chiqarish samaradorligi quyidagi sabablarga ko`ra oshadi:
- bitta topshiriqni bajarganligi uchun ishchi kuchilarining malakasi ortadi;
- xodimlar bir turdagi mahsulotdan ikkinchisiga o`tishda vaqtni yo`qotmaydilar;
- bir xil mahsulotni uzoq muddat ishlab chiqarish samarali usullarini joriy etishni taminlanadi va rag`batlantiradi.
Lekin mamlakat qanday mahsulot ishlab chiqarishga ixtisoslashishi kerak degan savolga A.Smit bozor javob beradi, biroq bu xolda mamlakatning tabiiy va ortirilgan ustunliklarini hisobga olish zarurdir.
Mamlakat boy tabiiy resurslar va qulay ob-havoga sharoitiga ega bo`lganligi sabali biror mahsulot ishdab chiqarish bo`yicha tabiiy ustunlikga ega bo`lishi mumkin. Ob-havo sharoiti qanday qishloq xo`jalik mahsulotlarini samaradorlik bilan etishtirish mumkinligini ko`rsatib beradi. Masalan, Shri-Lanka bug`doy va sut mahsulotlarini import qiladi, chunki ob-havo ularni etishtirishga mos emas, lekin uning ob-havo sharoiti choy, kauchuk, kokos yong`oqlarini etishtirish hisobidan ko`p foyda olishga imkoniyat beradi.
O`zbekiston paxta etishtirishga ajratilgan resurs hisobidan choy ham etishtirish mumkin edi, lekin iqlim choy etishtirishga moslashmagan. Shuning uchun O`zbekiston uchun paxta etishtirish fodaliroqdir. Lekin aynan shu nazariyaga kura Shri-Lanka choy, O`zbekiston esa paxta mahsuloti bilan xalqaro savdoda qatnashib o`z ehtiyojlarini qondirishlari shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |