2-jadval. Raqobatdoshlik ko`rsatkichlarining guruhlanishi11
Bazaviy talablar
|
|
Resurslarga yo`naltirilgan iqtisodiyot
|
1.
|
Davlat va jamoa muassasalari
|
2.
|
Infratuzilma
|
3.
|
Makroiqtisodiy barqarorlik
|
4.
|
Sog`likni saqlash va boshlang`ich ta`lim
|
Samaradorlik ko`rsatkichlari
|
|
Samaradorlikka yonaltirilgan iqtisodiyot
|
5.
|
Oliy ta`lim va kasbiy tayyorgarlik
|
6.
|
Tovar va xizmatlar bozorining samaradorligi
|
7.
|
Mehnat bozori samaradorlig
|
8.
|
Moliya bozorining rivojlanganligi
|
9.
|
Yqoti texnologiyalar bilan qurollanganlik
|
10.
|
Bozor hajmi va miqiyosi
|
Innovasion saljhiyat va rivoglanish omillari
|
|
Innovasiyaga yo`naltirilgan iqtisodiyot
|
11.
|
Biznesning rivojlanish darajasi
|
12.
|
Innovasion saljhiyat
|
Mamlakatning raqobatdoshligini baholash ko`psonli ma`lumotlarni yig`ish, guruhlash, umumlashtirish asosida raqobatdoshlik ko`rsatkichlarini asosiy omillar bo`yicha hisoblashni ko`zda tutadi. Keyin barcha omillarning raqobatdoshlik ko`rsatkichiga qo`shgan hissasini aks ettiruvchi agregat indeks va subindekslar hisoblanadi. Zamonaviy milliy iqtisodiyotni raqobatdoshligini aniqlash metodikasida 12 ta asosiy omil ajratiladi (2- jadval).
Qayd etib o`tilgan omillar uch guruhga ajratiladi. Birinchi guruh bazaviy talablarni o`z ichiga oladi, ikkinchi guruh biznes muhit samaradorligini oshiruvchi omillarni qamrab oladi, uchinchi guruh esa biznesni takomillashtirish omillarini birlashtiradi. Har bir guruh muayyan subindekslar bilan tavsiflanadi. Subindekslarni hisoblayotgan vaqtda har bir guruhning vazni quyidagicha belgilanadi birinchi guruh – 25 foiz, ikkinchi guruh – 17 foiz, uchinchi guruh – 50 foiz (3-jadval).
3-jadval. Rivojlanishning har bir bosqichida asosiy uch guruh ko`rsatkichlarining ulushi, foiz hisobida12
Subindekslar
|
Resurslarga yo`naltirilgan bosqich
|
Samaradorlikka yonaltirilgan bosqich
|
Innivasiyalarga yo`naltirilgan bosqich
|
Bazaviy talablar
|
60
|
40
|
20
|
Samaradorlik ko`satkichlari
|
35
|
50
|
50
|
Innovasion salohiyat va rivojlanish omillari
|
5
|
10
|
30
|
Bunda har bir subindeksning aniq mamlakat uchun hisoblangan natijaviy Global raqobatdoshlik indeksiga qo`shgan hissasidan kelib chiqib, ushbu mamlakatning iqtisodiy rivojlanishning qaysi bosqichida ekanligini aniqlash mumkin bo`ladi. Ushbu yondashuv iqtisodiy rivojlanish jihatdan turli darajadagi mamlakatlarning raqobatdoshligini taqqoslash imkonini beradi.
Tahlillar ko`rsatishicha, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining ta`siri mamlakatlarning raqobatdoshlik ko`rsatkichlariga ham jiddiy ta`sir ko`rsatgan. Jumladan, 2013-2014 yillarda global raqoatbardoshlik indeksida birinchi o`nlikka kiruvchi mamlakatlardan AQSh, Daniya, Kanada va Niderlandiya kabilar 2008–2009 yildagi ro`yxatdan pastga tushishgan. 2016-2017 yilllarda AQSh, Niderlandiya va Germaniya mamlakatlari yuqori o`rinlarga ko`tarilgan (4-jadval).
4-jadval. 2009-2017 yillar uchun global raqobatdoshlik indeksi bo`yicha birinchi va oxirgi o`nlikka kiruvchi mamlakatlar
Mamlakatlar
|
2009-2010 yy.
|
2013-2014 yy.
|
2016-2017 yy.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |