O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti boshlang'ich va maktabgacha ta'lim metodikasi kafedrasi tabiatshunoslik va uni o’qitish metodikasi


Yangi material o’rganiladigan dars



Download 1,48 Mb.
bet13/73
Sana29.05.2022
Hajmi1,48 Mb.
#615057
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   73
Bog'liq
portal.guldu.uz-Tabiatshunoslik va uni o`qitish metodikasi

Yangi material o’rganiladigan dars. Darsning bu tipi nomlan-ganidek, sof ko’rinishda uchramaydi. Biroq o’quv materialining o’ziga xosligi va o’quvchilar diqqatining barqaror emasligini hisobga olib, yangi materialni o’rganish asosiy maqsad hisoblangan darslar o’tkazilishi mumkin. Bu ishga vaqtning ko’p qismi ajratiladi, darsning boshqa qismlari unga bo’ysunadi. Yangi materialni o’tishda ilgari o’iganilgan materiallar bilan vorislik o’matish va yangi materialni ilgari o’zlashtirilgan materiallar ketma-ketligiga kiritish uchun bolalarni yangi materialni qabul qilib olishga tayyorlovchi topshiriq va savollarni takrorlaydilar. Bunday darsda o’rganiladigan material birlamchi mustahkamlanadi.
Mustahkamlash darsi. Bu tipdagi darsda o’quvchilarning har xil topshiriqlar va tabiatshunoslikning boshqa predmetlar bilan aloqasini, shuningdek, tabiat jismlari hamda hodisalarining o’zaro bog’lanishini ochib beravchi ishlar markaziy o’rinni egallaydi.
Bu darslarning tuzilishi quyidagicha bo’ladi: 1) oldinda turgan ishlarning maqsadini, taklif qilingan topshiriqlarni bajarish uchun zarur bilim, uquv va ko’nikmalarni esga olish (tiklash); 2) o’quvchilarning topshirilgan ishlarni bajarishlari; 3) o’qituvchining bajarilgan ishlarni tekshirishi; 4) uyga vazifa berish. Bilim, uquv va ko’nikmalarni kengaytirish va rivojlantirish, shuningdek, yangi materialni qabul qilib olinishini osonlashtirish uchun bunday darslarda kelgusi mavzuni o’rganishga tayyorgarlik ishlari bajariladi. Masalan, jonli tabiat burchagi va o’quv-tajriba maydonidagi ishlar (ko'p yillik gulli - manzarali o’simliklarni parvarish qilish, ularni tupini bo’lish yo’li bilan ko’paytirish, rezavor meva butalari va meva daraxtlarini qishga tayyorlash, xona o’simliklarini o’tqazish va ko’paytirish, qulupnay ko’chatlarini o’tqazish, tuproqni yumshatish va hokazolar) yoki tabiatdagi o’simlik zararkunandalari bilan tanishish.
O’quv-tajriba maydonchasidagi dars. Darsning bu tipidan faqat nazariy bilimlarnigina emas, balki aniq uquv va ko’nikmalarni egallashda ham o’quvchilarga yordam berish uchun foydalaniladi. o’quv-tajriba maydonchasidagi darslar tabiat obyektlarini tabiiy sharoitlarda o’iganishga, o’simliklarni parvarish qilishga, qishloq xo’jaligi ish qurollari bilan ishlashga o’rgatish imkoniyatini beradi.
Bu darslarning bosh didaktik maqsadi mehnatsevarlikni tarbiyalash bo’yicha bilimlarni chuqurlashtirishdir. Asosiy tuzilish elementlari - tashkiliy qism, o’qituvchining yo'1-yo'riq berishi, o’quvchilarning mustaqil ishlashidir.
1-2- sinf o’quvchilari o’quv-tajriba maydonchasidagi darslarni mehnat ta'limi bilan bog’liq holda, 3-4- sinflar - yana tabiatshunoslik kursini o’rganish bilan bog’liq holda o’tkazadilar.
Boshlang’ich sinflarning o’quvchilari o’quv-tajriba maydon-chasida sabzavot va manzarali o’simliklar bilan ish olib boradilar. Tajribalar va ular bilan bog’liq bo’lgan kuzatishlar, ekskursiyalar, agrotexnik va texnik-texnologik ma'lumotlar, shuningdek, o’quv-chilar olishi kerak bo’lgan zarur o’quv va ko’nikmalar dasturda ko’rsatilgan. Tajribalarni o’tkazish rejasi tabiatshunoslik darsligida aks ettirilgan, shunga ko’ra o’quv-tajriba maydonchasidagi darslarning eng muhim xususiyatlarini belgilab o’tamiz.
Maydonchadagi dars vaqtida suhbat sinfdagi metodik talablarga muvofiq olib boriladi. 0'rganiladigan material (urug’lar, ko’chatlar, o’simliklar) tabiiy holda ko’riladi. Suhbatdan keyin amaliy faoliyat bilan bog’liq yo'1-yo'riqlar beriladi, so’ngra o’quvchilar amaliy ishni bajarishga kirishadilar.
Maktaboldi maydonchasidagi mashg’ulot rejasini keltiramiz:

  • darsning vazifalari;

  • darsga tayyorlanish;

  • darsni jihozlash;

  • dars o’tishning tashkil etish va metodikasi (dars mavzusi va maqsadini tushuntirish, muammoli savollar qo’yish, muammoli vaziyat vujudga keltirish, o’qituvchining tushuntirishi, o’qituvchining ish uslublarini ko’rsatishi, suhbat, ko’rsatilgan uslublarni o’quvchilar tomonidan takrorlanishi, sinf bilan amaliy ish bajarilishi, o’simliklarni parvarish qilish bo’yicha yo'1-yo'riqlar berish);


Download 1,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish