O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti boshlang`ich va maktabg`aga ta`lim metodikasi matematika o’qitish metodikasi fanidan kurs ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko`rsatma



Download 0,49 Mb.
bet9/14
Sana03.04.2022
Hajmi0,49 Mb.
#525725
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
portal.guldu.uz-Matimatika o`qitish metodika kurs ishlari

Internetmateriallari

  1. HttP:G’G’WWW.ziyonet.uz

  2. HttP:G’G’WWW.edu.uz

  3. HttP:G’G’WWW.google.uz

  4. HttP:G’G’WWW.gildu.uz

  5. HttP:G’G’WWW.tdpu.uz.

Kurs ishlarimi bajarish bo`yicha namuna




O`zbеkiston Rеspublikasi oliy va
o`rta maxsus ta'lim vazirligi
Guliston Davlat Univеrsitеti


Boshlang`ich ta'lim uslubiyati kafеdrasi


5141600-Boshlang`ich ta'lim va sport-tarbiyaviy ish yo`nalishi
talabasi Raximova Nafisaning “Matеmatika darslarida o`quvchilarning iqtisodiy bilimlarini shakllantirish” mavzusidagi kurs ishi


Ilmiy rahbar:
Guliston – 2017


M U N D A R I J A

Kirish....................................................................................................................3




    1. Boshlang`ich sinf o`quvchilarini iqtisodiy bilimlarini shakllantirishning pedagogik-psihologik asoslari.....................................................................7

1.2. Boshlang`ich sinf matematika darslarida iqtisodiy bilim berishning shakl va usullari...................................................................................................18


1.3. Boshlang`ich sinf o`quvchilariga darsdan tashqari sharoitlarda iqtisodiy bilimlarni takomillashtirish yo`llari...........................................................36
Xulosa va tavsiyalar...........................................................................................47

Foydalanilgan adabiyotlar..................................................................................51


Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi zamon yoshlarini fan asoslari bilan qurollantirish ularning aqliy tafakkurlarini yuqori darajada rivojlantirishga erishish umum ta`lim maktablar oldida turgan maqsadida boshlang`ich sinf o`quvchilarining boylash uchun eng muhim vazifalardan biridir.Shu vazifalarni amalga oshirish maktab ta`limini qayta ko`rish bo`yicha turli ishlar qilinmoqda.


O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ``Ta`lim tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimining tubdan isloh qilish barkamol avlodni voyaga yetkazish to`g`risida``gi farmonidan va oily majlis tamonidan qabul qilingan ``Ta`lim to`g`risidagi qonun`` va ``kadrlar tayyorlash milliy dasturi`` da ta`lim tizimini nazorat qilish va monitoring tizimni shakllantirishga katta e`tibor berilgan. Ularni hayotga tatbiq etish ishlari davlat siyosatini ustivor yo`nalishlaridan biri deb hisoblanayotgan bugungi kunda halq ta`limi sohasidagi muommolarni va ularning vujudga keltiruvchi omillarni aniqlash hamda ularni chuqur ilmiy tahlil qilish zarur bo`ladi.
Boshlang`ich sinflarda matematika fanini o`qitishni qayta ko`rib chiqib hozirgi kun talablariga moslashtirish zarurati vujudga keldi. Bu ishlar boshlang`ich sinf o`quvchilarini hayotiy va iqtisodiy bilimlarini shakllantirish ehtiyojini tug`dirdi.
Shu boshidan kurs ish shuning mavzusini boshlang`ich sinf o`quvchilarining hayotiy va iqtisodiy bilimlarini shakllantirish muammosiga bag`ishladik.
Bugungi kunda boshlang`ch sinf o`quvchilarini hayotiy va iqtisodiy bilimlarining shakllantirish borasida ko`plab ilmiy ishlar olib borilmoqda lekin hozirgacha to`la yechimini topgan emas. Kurs ishimizning maqsadi boshlang`ich sinf o`quvchilariga hayotiy va iqtisodiy bilim berish jarayonida tarbiyalashning pedagogik imkoniyatlarni o`rganib uni amalga oshirishning samarali usul va yo`llarini ishlab chiqish.
Kurs ishimizning obyekti boshlang`ich sinf o`quvchilarini hayotiy va iqtisodiy bilimlarini shakllantirishda matematika darslarini o`tish jarayoni predmetini esa boshlang`ich sinf o`quvchilarini matmatika darslarida olayotgan bilimlarini pedagogic imkoniyatlarni aniqlab qilib oldik.
ILmiy fikrimiz shundan iborat bo`ladiki boshlang`ich sinf o`quvchilarini hayotiy va iqtisodiy bilimlarini shakllantirishning samaradorligiga yuqori natijalar beradi yani

  • O`quvchi hayotiy va iqtisodiy bilim berishning mohiyati uning mazmuni va vazifalarini ilmiy asoada o`zlashtirsa

  • Ta`lim jarayonida o`quvchilarining hayotiy va iqtisodiy bilimlarini shakllantirishda matematikani o`qitish mazmunidagi oqilona foydalanilsa

  • O`quvchilarning iqtisodiy va hayotiy masalalar yordamida fanlar aro aloqa o`rnatilsa

  • Sinfan maktabdan tashqari shart sharoitlardan o`quvchilarni mustaqil fikr yuritishlarini tarbiyalashdan unumli foydalanilsa

  • Iqtisodiy va hayotiy masalalarni yechishning umumiy shakl va metodlaridan unumli foydalanilsa oldimizda qo`yilgan maqsad va faraz tadqiqotimizning ochiq vazifalarini belgilab berdi.

1. Kichik maktab yoshidagi o`quvchilarning iqtisodiy va hayotiy bilim berish jaroyonida tarbiyalashning maqsad mazmun mohiyati va vazifalarini o`rganib chiqish.
2.Boshlang`ch sinflarda o`qitiladigan barcha predmetlarni darsliklarni o`rganib chiqish va pedagogic tahlil asosida ta`lim tarbiya berish mazmunini aniqlish bu tarbiyani amalga oshirishda ularning imkoniyatlarini belgilab berish.
3.Dars va darsdan tashqari sharoitlarda insoniy fazilatlarni aniqlab olish va bu sifatlarning kichik yoshdagi o`quvchi shahsdan shakllantirish.
4.Kichik yoshdagi o`quvchilardan iqtisodiy va hayotiy bilimlarini amalga oshirishda shakl usul va yo`llarini ishlab chiqish.
5.To`plangan natijalar asosida boshlang`ich sinf o`quvchilariga amaliy ko`rsatmalar berish.
Kurs ishimizning metodik asosini ijtimoiy munosabatlarning inson hayotining mohiyati haqidagi falsafiy nazariya markaziy osiyo mutaffakurlarining maktab haqidagi hujjatlari tashkil etadi.
Kurs ishlarning nazariy asosi etib Abu Nasr Farobiy Nasriddin Tusiy Abu Rayhon Beruniy Ibn Sino Abdurahmon Jomiy Umar Hayyom kabi allomalarning insonning ta`lim va tarbiya fazilatlari haqidagi pedagogik g`oya va fikrlari matematik tushunchalar hamda jahon pedagogik tafakkurining nomayondalari Ya.A.Komeskiy I.G.Pistolotsi K.D.Ushinskiy A.S.Makarenko va boshqalarning pedagogik qarashi olindi. Biz o`z ishimizda ``Ta`lim to`g`risida ``gi qonun ``Kadrlar tayyorlash milliy dastur`` ga suyandik. Kurs ishimizda quyudagi asosiy metodlardan muomilaga taniqli bo`lgan adabiyotlardan nazorat tahlil qilish ilg`or o`qituvchilarning ish tajribalari o`rganildi tadqiqot muomilasi nuqtai nazaridan boshlang`ich sinf darslari va darsliklari tahlil etildi: pedagogik eksperemental tajriba amalga oshirildi. Pedagogik tajribaning natijalari miqdor va sifat jihatdan ishlab chiqildi.
Kurs ishimizning ilmiy yangiligi shundaki unda
-tahlil asosda iqtisodiy va hayotiy ta`lim tarbiyaning mohiyati mazmuni hamda vazifalari belgilanadi va uni boshlang`ich maktabda samaradorligini oshirishning muhim shart sharoitlari usullari aniqlandi.
-boshlang`ich sinf o`quvchilariga iqtisodiy va hayotiy ta`lim berishning qisman metodikasi ishlab chiqildi. Kursishimizning ahamiyati shundan iboratki unda talabalar va boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun o`quvchilarni o`qitishda foydalanishlari mumkin bo`lgan nazariy asos va ko`rsatmalar berilgan.
Kurs ishimiz himoyasiga olib chiqilgan masalalar:

  1. Boshlang`ich sinflarda iqtisodiy va hayotiy tarbiyaning mazmuni va vazifalari

  2. Boshlang`ich sinf o`quvchilariga iqtisodiy va hayotiy tarbiya berishning imkoniyatlari

  3. Dars va darsdan tashqari sharoitlarda boshlang`ich sinf o`quvchilariga iqtisodiy va hayotiy ta`lim tarbiya berishning asosiy tamoillari usullari

Tadqiqotimiz natijalarini Guliston shahridagi 11-son umumta`lim maktabining boshlang`ich sinflar metodik kengashida ma`ruza qilindi va ma`qul deb topildi.

1.1Boshlang`ich sinf o`quvchilarini iqtisodiy bilimlarini shakllantirishning pedagogik-psihologik asoslari.


Mamlakatimizda bozor iqtisodi o`ziga mos yo`l bilan bosqichma-bosqich shakllanmoqda. Shu bois hozirgi davr halqimizning iqtisodiy madaniyatini ko`tarish shu jumladan kichkintoy yosh avlodning savodhonlik darajasini oshirish aiohida kasb etayotir.Hozirgi kunda o`quvchilarni tarbiyalash masalasi olg`a surilmoqda. Bu tarbiya birinchi navbatda oilada boshlanadi va maktabning boshlang`ich sinflarda rivojlantirib boriladi.Mamlakatimizda amaiga oshirilayotgan maktab islohati tufayli ta`lim tizimida ham ko`zga ko`rinarli yangiliklar ko`payib ta`lim tarbiya mazmuni toboro ko`payib bormoqda. Bozor iqtisodiyoti masalakarni maktab bolalariga o`qitish o`rgatish muommosini tajriba maydonchalarida sinab ko`rish maqsadga muvofiqdir. Iqtisod fanidagi tushunchalarni ba`zan kattalar ham qiyinchilik bilan o`zlashtiradilar. Shuning uchun ham har bir iqtisodiy tushunchani mumkin qadar soddalashtirib 6-10 yoshdagi bolalarni fikrlash doirasiga mos ravishda ishlab chiqilgani ma`quldir. Bolalarga oila bog`cha maktab hayotida uchraydigan voqealar asosida iqtisodiy tushuncha beriladi. Masalan bog`chadagi o`yinchoqni o`ynashni hohlaydi. Bor narsalarni resurs deb tushuntiraman. Resursdan hamma mukammal foydalanish lozim. Resurs chegaralangan talab yoki ehtiyoj esa chegaralangan. Ana shu chegaralanmagan talab yoki ehtiyojni chegaralangan resurs bilan qondirish kerak. Shunday masalalarni iqtisod fanini bilganlar yecha oladi. Boshqa bir misol mashina minishni hamma hohlaydi lekin hammada ham mashina yo`q. Imkoniyat chegaralangan ehtiyoj chegaralanmagan. Imkoniyatni chegara bilan muvofiqlashtirish lozim. Boshlang`ich sinflarda olib borilgan tajribalar shuni ko`rsatmoqdaki iqtisodni eng oddiy bola ko`zi bilan ko`rib turgan munosabatlardan o`rgata borsak maqsadga muvofiq bo`ladi. Ehtiyoj imkoniyat harid harajat pul sotib olish qobiliyati mahsulot baho ishlab chiqarish kabi eng muhim tushunchalarni dars yoki tarbiyaviy soatlarda o`quvchi ongiga singdirish yahshi samara beradi. Jonli hayotiy misollarni keltirish bolani ishontira bilish oilada ommaviy ahborot vositalarida har kuni eshitib ko`rib yurgan misollarni keltirish zarur. Oiladagi bordi-keldilar misolida ham ommaviy iqtisodiy unsurlarni tushuntirish mumkin. Zero ``Ekanomika`` so`zi yunon tilidan kelib chiqqan bo`lib uy ho`jaligini boshqarish sa`nati degan ma`noni bildiradi. [7]
Boshlang`ich ta`limda ``Nima uchun iqtisodiy o`rganish kerak`` degan savolni hal etish kerakmi. Iqtisodiy tushunchalrni kiritishga sabab bo`lishi kerak. Ehtiyoj mahsulot narh harid talab va taklif harid qilish qobiliyati istemol qiluvchilar. Albatta bu tushunchalarni 1 soat ichida tushuntirib bo`lmaydi. Muallim o`z hohishiga ko`ra misollarni kengaytirib tavsiya etilayotgan tahminiy mashg`ulotlarning kerakli joyda qo`llash kerak.
Rasulillohdan bizga ``Iqtisodiy uzra harakatli kishilar faqir bo`lmas``-degan ibratli hadis bejiz qolmagan. Maktab iqtisodiy fani alohida iqtisodiy subyektlari harakatini o`qitishni maqsad qiladi.Unga iste`molchilar ishchilar yer egalari sarmoya qo`yuvchilar fermerlar hulas bugungi bozor iqtisodiyoti qatnashchilari shahs va ho`jalijlar faoliyati haqidagi ilk ma`lumot kiradi. Uning diqqat markazidan tavarlarning nisbiy narhi alohida bozorlari mqsadga erishish uchun aniq resurslarning taqsimlanishi turadi. Boshlang`ich iqtisodiy ta`lim Bulardan masalan haridorlar nima uchun shu tavarni harid qilishga rozi bo`lganligini tavar bahosi nima ekanligini narh qanday qo`yilishini oilaviy iqtisodda ilk saboqlar turli o`yin turidagi masalalar krasvortlar ``bozor-bozor`` o`yinlari o`zaro auksion oldi-sotti kabi noaoanaviy savollarga ilk marotaba javob topadilar.
Bozor iqtisodiy sharoitda ularning faoliyati barchaga naf keltiradi. Demak bizning bu ruhsat etigan jamiyat a`zolariga naf keltiruvchi faoliyat bilan shug`ullanib pul daromad topishini bildiradi. Bundan albatta qonun ustun turadi. Biznes krng ma`nodagi qonuniy yo`l bilan daromad topishga qaratilgan faoliyatdir. Noqonuniy yo`llar poraho`rlik tovlamachilik aldov o`g`rilik va shu kabi g`ayri qonuniy pul toppish biznes deb atalmaydi. Biznesning asosiy jihati shu tadbirkorlikdir. Bu jarayonda o`quvchilar ham biznes haqida ham biznesning kerakli tomonlari haqida ma`lumotga ega bo`ladilar. Respublikamizda islohatlarning ikki bosqichida amaiga oshirilyapti. Mulkchilikning yangi formalari tadbirkorlar jamiyati avvaigidan tubdan farq qiluvchi munosabatlar pul kredit tizimi yangicha faoliyat ko`rsata boshlagan va boshqa ko`p iqtisodiy o`zgarishlar ro`y berayotgan davrda maktab o`quvchilari uchun iqtisodiy ta`lim sohasida kitob chiqarish o`ta murakkab vazifa.
Sizu biz uchun o`zlashtirilmagan quruq yer kabi bo`lgan bozor iqtisodiyoti masalalariga bag`ishlangan boshlang`ich sinflardan o`qiydigan kichkintoy o`quvchilarimiz nuqtai nazaridan qaraganda tushunarli bo`lgan. ``Iqtisodiy alifbosi `` darsligi yaratildi. Bu darslik boshlang`ich sinflarda alifbo o`qish va matematika fanlari tarkibida yoki maktab jamoasi ihtiyoriga berilgan soatlar hisobiga alohida fan sifatida foydalanishga yaraydigan bo`lishi maqsad qilib qo`yildi. Bu maqsadga erishish uchun ``iqtisod alifbosi`` ni kichkintoy o`quvchilarimiz ko`rgan uchratgan eshitgan va ularning fikrlash doirasiga mos keladigan quyuidagi bo`limdan tashkil topilgan. [8]

  1. Mehnat.

  2. Oila.

  3. Ishlab chiqarish va savdo.

  4. Bozor.

  5. Narhlar.

  6. Munosabatlar.

  7. Boshqaruv.

Boshlang`ich sinf o`quvchilariga iqtisodiy bilim berishning o`ziga hos hususiyati shundaki hamma sinflarda 1-4 sinflar dars mavzularining nomi deyarli o`zgarmaydi. Ammo har bir mavzuni ochib berishda chuqurlashtirish hisobiga darslarni o`tishda faqat shu mavzuga oid tushunchalar yangi misollar yangi muommolar yechib borilaveradi . Shuning hisobiga o`quvchilardan eng elementar iqtisodiy bilimlar ham murakkablashib ham kengayib ham chuqurlashib boorish ko`zda tutilgan. [11]


Bir qarashda kitobda keltirilgan ba`zi materiallar bevosita iqtisodiyotga aloqasi yo`qdek tuyuladi. Ammo matematik mantiqiy fikrlashga oid lavhalar ilg`or g`oyalar vatanparvarlik insonparvarlik ruhini ko`tarish haqidagi materiallar iqtisodiy ta`limning ajralmas qismi sifatida o`quvchilarga iqtisodiyot va hayot uzviy bog`liqligini ko`rsatish maqsadida berilgan shu bois iqtisodiy ta`limning amaliy mashg`ulotlar bilan birga olib borishni hayotni zarurat deb hisoblaydi.

Gumanitir fanlarni o`qitishda ta`lim va tarbiya . O`rganish oson o`rgatish qiyin.


Maktabda sistemali ta`lim tarbiya berishda o`quvchilarning asosiy ish quroli dastur. O`quvchi har darsni aynan dasturda berilgan mavzuni bolalar ongiga yetkazish uchun tashkil qiladi. Dastur asosida darsliklar tuzilishi ham bizga ma`lum . Lekin o`sha mavzuni bolalar onggiga osonlikcha yetkazib berish yo`li dasturida ham darslikda ham yo`q. Mana shuning uchun ham o`qituvchilik mashaqqatli kasb sharafli kasb. Mana shuning uchun ham bu kasb kishidan mehnatni tinimsiz izlanishni zamon bilan ham nafas yurishni tadqiqotchi bo`lishni chuqur his tuyg`uni talab qiladi. Boshlang`ich sinflarda iqtisodiy ta`lim tarbiya berish nafaqat matematika tabiatshunoslik darslarida balki ona tili o`qish mehnat musiqa va tasviriy sa`nat darslarida ham bunday imkoniyat mavjuddir. [12]
Ona tili darslarida iqtisodiy mazmundagi diktantlar o`quvchilarni iqtisodiy tushunchalar mazmuni bilan tanishtirishda iqtisodiy ta`lim terbiya berishda katta ahamiyatga ega. Masalan 1 sinflarda o`quv yili ``Nonni e`zozlang``.
Halima ozgina suvi qochgan nonni yemay surib qo`ydi. Buvisi uning bu ishidan ranjidi. Nonlarni to`g`rab sho`rvaga soldi va mazza qilib yedi. Halima esa yumshoq nonlarni yeb o`tirdi. Bolalar aytingchi Halima to`g`ri ish qildimi. Siz uning o`rnida bo`lganingizda nima ish qilgan bo`lardingiz.
3 Sinf o`quvchilariga quyidagi mazmundagi diktantlar yozdirish mumkin ``o`quv qurollari``.
O`quv qurollari o`qish uchun zarur ularni albatta asrab tutish kerak. Hisoblab chiqing. O`quv yili mobaynida nechta daftar tutasiz. Varaqlqb ko`ring nechta bet yozilmay qolgan ekan. Endi shu daftarlarni tashlab yuborasizmi. O`ylab ko`ring . Yozilmay qolgan betlarni nimaga ishlatish mumkin . Javobingizni yozma ifodalang.
``Shamma``
Onam choy shammasini tashlamaslikni aytidilar. Shamma foydali ekan .Uni yig`ib o`g`it qilish mumkin . Men shu yili shammadan o`g`it yig`dim. Erta ko`klamda honada shamma o`g`itida pamidor gullar urig`ini sepdim. Yumshoq o`g`itda urug`lar tez undi. Yashil bo`lib ko`kardi. Onam bu ishimdan juda quvondilar. TEjamli bo`lish qanday yahshi ekish uchun uch yuz pamidor yuzdan ortiq gul ko`chatlari tayyorladim.
O`quv qurollari diktanti orqali o`quvchilar o`quv qurollarini avaylab asrab tutishni tejamkorlik ishbilarmonlikni o`rgatadi. ``Shamma`` sarlavhali diktant orqali esa tejamli ishbilarmon mehnatsevar odoblilikni tabiatga muhabbat va onaga mehribonlikni hissini singdirib boorish mumkin. [15]
To`rtinch sinf o`quvchilariga quyidagi iqtisodiy mazmundagi diktantlar yozdirish mumkin. ``Shifobahsh danaklar``.
O`qituvchi shaftoli danaklari yig`ishimizni aytdilar . Bu yil shaftoli hosili ko`p bo`ldi . Har birimiz bir qopdan yig`dik.
Hammamiz yiqqan danak besh yuz kilodan oshdi. Biz ularni dorilar tayyorlaydigan markazga topshirdik shaftoli danagidan bosh miya faoliyatini yahshilaydigan dori tayyorlanar ekan.
O`qituvchimiz biz yiqqan anaklar qanchadan qancha bemorlarni tuzatishga yordam beradi- dedilar.
Bu hikoya o`quvchilardan shifobahsh ne`matlar to`g`risidagi ilk tushunchalarni hosil qiladi. Shu bilan birga o`quvchilar qilgan hayrli ishlari nechog`li foydali ekanligini bilib oladilar.
``Savob ish qildi``
Nosir kovlab olingan piyoz paykalidan qolgan piyozlarni yig`di. Bir necha kunda to`rt qop piyoz to`plaid. Holasi shaharda yashaydi. Nosir ikki halta piyozni holasinikiga olib bordi. Holasi Nosirdan juda minnaddor bo`ldi . Kechqurun bu haqda ota – onasiga aytdi. Ular ham mamnun bo`ldi va Nosirjon bolam bugun judaa savobli ish qilding holangning ulovi yo`q .Bozorga borishga qiynalardilar.
O`quvchilar bu hikoya orqali savob ish haqda tushunchaga ega bo`ladilar va shu savob orqasida shunday foydali ishlar qilish mumkinligini bilib oladilar.
Demak hikoya o`quvchilarda tejamlilik g`amho`lik va savob ishlar qilishga undar ekan.
O`qish darslari iqtisodiy ta`lim tarbiya berishda asosiy bevosita hisoblanadi. ``O`qish`` darslarida berilgan hikoyalar va she`rlar orqali o`quvchilar iqtisodiyotning ilk tushunchalari bilan tanishadilar.
Masalan 4-sinf o`qish kitobining 7- betidagi Erkin Malikovning `` Assalom Neksiyalar`` hikoyasini olaylik . Hikoya bilan tanishgan o`quvchilar hozirgi yashayotgan davrimizda iqtisodiy hamkorlik tufayli ulkan ishlar qijinayotganini bilib oladilar. Bizning mustaqil yurtimizning obod shaharlaridan biri bo`lgan Asakadagi avtomabil ishlab chiqaradigan O`zbekiston va Janubiy Koreya qo`shma korhonasi bilan birgalikda ``Neksiya`` ``Damas`` ``Matiz`` avtomobillari ishlab chiqarila boshladi. O`quvchilar avtomabillarni dunyoga kelish tarihi bilan tanishadilar. Bu esa o`z novbatida o`quvchilarda avtomabil yasalishini o`rganishni havas uyg`otadi. Shuning uchun o`qituvchi vaqtidan unumli foydalangan holda ular yahshi o`qib darslarni qunt bilan o`rganilsa albatta katta bo`lganlarda shunday zavodlarda ishlashlari mumkinligini uqtirish lozim . O`quvchilar hikoyani o`qish davomida og`zaki nutqi shakllanadi ham kasbga qiziqish hissi shakllanadi. [18]
O`quvchilarning iqtisodiy masalalar yechishga tayyorlash uchun birinchi sinfning 2-yaemida quyidagicha tekshirish diktantlari yozdirish mumkin.
`` Isrof bo`lmasin``
Bug`doy to`kildi. Yig`ib olishdi. Qancha bug`doy to`kilgan ekan . Bolalar sanab ko`rishsa ikki yuz oltmishta bug`doy isrof bo`lgan ekan.

``Tejamli bo`ling``


Oysha olma terdi. Qip-qizil olmalarni savatga soldi. Rahim kuldi. Olmalarni bir tishlab atrofga ota boshladi. Oysha Rahimga olmalarni isrof qilmaslikni aytdi.
Bunday diktantlarni yozdirishdan maqsad bolalarni hatasiz yozishga o`rgatish va ularda tejamlilik sifatlarini shakllantirish.
Ikkinchi sinflarda ham quyidagicha tekshirish diktantlari yozdish mumkin .
“Toma-toma ko`l bo`lar”
Zokir suvni ochdi, lekin jumrakni berkitmadi. Tuni bilan suv tomdi. Hatto uyga toshib ketdi. Ertalab uyda ko`ngilsizlik bo`ldi, Onasi Zokirjondan hafa bo`ldi. Onasidan, qilgan ishidan izza bo`lib yerga qaradi.
Bunday diktantlar orqali o`quvchilarga suvni tejash, odobli bo`lishni , onasini hafa qilmasligi va shu kabi fazilatlarni singdirib boorish mumkin.

“Pul haqida”



  • Unga hamma narsa olish mumkin, ro`zg`or buyumlar, oziq-ovqat, kiyim kechak, mashina va hokozo.

  • Boylik sifatida. Masalan puli ko`p odamlarni boy odamlar deyish mumkin.

  • Mehnat hajmini o`chab beradi. Kim qancha mehnat qilsa, o`shanga yarasha pul to`lanadi. Masalan siz taksiga tushsangiz yurgan yo`lingizga qarab pul to`laysiz va hakozo.

Demak oddiy masalani yechish orqali o`quvchilarda bozor iqtisodiyotining eng muhim tushunchasi pul haqida dastlabki tasavvur hosil bo`ladi. Aslida bunday tushunchalar ilgarigi dasturlarda yuqori sinflarda berilar edi. Rivojlanib borayotgan hozirgi bozor munosabatlari bunday tushunchalarni ta`limning birinchi bosqichidayoq berishni taqozo qilmoqda. [16]


Pulning boshqacha nomi valyuta ekanligini tushuntirish foydali. Valyuta mamlakatning pul birligi. Masalan o`zbek so`mi o`zbek vaiyutasi. Amerika dollari Amerika valyutasi, Qozoqlarda tanga, Turkmanlarda manat, Ruslarda rubl va hokozo.
O`quvchi izlanuvchanlik bilan har bir masaladan iqtisodiy ma`no ahtarib bolaga ma`lumot berishi kerak.
Bozor iqtisodi to`liq amal qilayotgan Amerika Qo`shma Shtatlarida “Amaliy iqtisod” kursi asosiy fan sifatida o`tiladi. Matematika darsliklarida esa asosiy e`tabor iqtisod tushunchalariga qaratilganligini yaqqol sezish mumkin.
Boshlang`ich sinf o`quvchilarida iqtisodiy bilimlarni shakllantirishda “nechta, qancha, kattami yoki kichikmi, ozmi, ko`pmi, yahshimi, yomonmi” kabi savollarga javob izlash muhim ahamiyatga ega bunday so`roqlar bolalarni fikrlashga o`ylashga o`rgatadi. Hayoti jarayonlarga iqtisodiy tafakkur bilan yondashishga undaydi. Munosabatlar, miqdorlar haqidqgi dastlabki iqtisodiy matematik tushunchalar hosil bo`ladi. Hayot noz-nematlari to`g`ri bajarishini talab etadi. Turmushdagi oddiy masalalar ham o`quvchiga ma`lum bo`lgan yangi iqtisodiy tushunchani beradi. Masalan bir bo`lakda 5 m gazlama ikkinchisida esa shunday gazlamadan 7 m bor.
Dastlab masala mazmunini tahlil qilish asosida har bir bo`lak gazlamaning narhini aniqlaymiz
5+7=12
3*5=15
36:12=3
3*7=21

Endi o`quvchilarga asosiy iqtisodiy atamalarni ya`ni pul haqidagi sodda tushunchalarni berish mumkin.


Pul hamma narsa va hizmatlar uchun beriladigan to`lov vositasidir. Ota- onangiz ishlab o`z mehnatlarini evaziga pul oladilar. Pul tabiatiga ko`ra 3 hil hususiyatga ega bo`ladi.
Boshlang`ich sinf o`quvchilariga eng soda iqtisodiy tushunchalar ish unumi tejamkorlik mahsulot sifat baho foyda kabilardir. Bunday mazmunli masalalarni hamma sinfda uchratish mumkin.
Matematika darslarida kundalik hayotdan olingan sonly material va boshqa ma`lumotlarda foydalanish o`quvchilarninq dunyo qarashini fikr doirasini kengaytirish qiziquvchanligini orttiradi ro`y berayotgan hodisalarni to`laroq tushunishga yordam beradi.
Matematika darslarida kundalik hayotdan olingan sonli material va boshqa ma`lumotlarda foydalanish o`quvchilarni dunyo qarashini fikr doirasini kengaytiradi qiziquvchanligini orttiradi ro`y berayotgan hodisalarni to`laroq tushunishga yordam beradi.
Tabiyki iqtisodiy ta`limning amalga oshirishning eng qulay sharoiti bu matematika darsligidir. Chunki arifmetik masalalarni yechish jarayonida iqtisodiy tushunchalarni bir yo`la sindirib ketish mumkin.
Har qanday masalada iqtisodiy ma`no bor . Uning yechish bevosita yoki bilvosita mavjud bo`lgan sonlar, miqdorlar, munosabatlar ustida amallar bajariladi.
Taqqoslanishga oid masalalarda esa qancha foyda qancha ziyon kabi iqtisodiy meyorlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 7 128-129 betlar.
Masalan 861 – masalaga quyidagi iqtisodiy mazmun berish mumkin: Tadbirkor 100 l sutdan 8 kg pishloq oldi 5 tonna sutdan qancha pishloq olish mumkin? Pishloqni 1 kg mini tadbirkor necha so`mga sotsa ziyon qilmaydi.
Bunday masalalarni yechishda o`quvchilarning fikriy doirasi, aniq iqtisodiy tushunchalari kengayib boradi shu yo`l bilan o`quvchilarni iqtisodiy tarbiyalash masalasi olg`a suriladi, iqtisodiy tarbiyani matematika darslarini shu mazmundagi masalalarni yechish ularga tarbiya, yo`nalish berish orqali amalga oshirish mumkinligini ko`rsatib o`tdik. Iqtisodiy mazmundagi masalalar esa ma`lum bir iqtisodiy tushunchani yoritib beruvchi ahborotni o`z ichiga oladi.

Download 0,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish