Nikotin va Nikotin kislota bog’liqlik joylari
Butun dunyoda chekish darajasining pasayishi sog'liqni saqlashning ustuvor yo'nalishi bo'lib qolmoqda. Faol va passiv tamaki chekishning zararli ta'siri haqidagi zamonaviy ilmiy ma'lumotlarni muntazam va keng yoritib borish zarur. Tamaki iste'mol qilishning muqobil usullari muammosi e'tiborga loyiqdir: chilim tamaki va elektron sigaretalar, chunki ulardan foydalanish ko'pincha sigaret iste'molchilari doirasini kengaytirishga olib keladi. Nikotin metabolitlarini aniqlash yosh muhitda, yoshlarda, tamaki qaramligini shakllantirish vaqtida faol va passiv tamaki chekishni kuzatish uchun qo'llaniladi. Bundan tashqari, nikotin metabolitlarini aniqlash va ularning nisbati nikotinga qaram bo'lgan bemorlarning kattalar uchun terapevtik reabilitatsiya dasturini yaratish uchun umid baxsh etadi.
Piridin-3-кarbon guruh dori moddalar tasnifi
Yuqorida nomi keltirilgan preparatlarning kimyoviy tuzilishlari bir-birga yaqin bo‘lganliklari sababli, ularning Chinligini aniqlashda qo‘llaniladigan reaksiyalarning ko‘pchiligi umumiydir. Masalan, nikotin kislota va nikotinamidni natriy karbonat bilan aralashtirib qizdirilganda, ularning dekorboksillanib ketishi hisobiga yoqimsiz piridin hidi keladi. Bu reaksiyadan nikotinni aniqlashda ham foydalanish mumkin.
Nikotinamid va nikodinlarni natriy gidroksid eritmasi bilan qaynaguncha qizdirilganda, ular parchalanib, ammiak ajratib chiqaradi. Uni hididan yoki suv bilan ho‘llangan qizil lakmus qog‘ozini ko‘k rangga bo‘yashi bo‘yicha bilinadi.
Dietilamid nikotin kislotani bu reaksiya bo‘yicha aniqlashda o‘ziga xos hidli dietilamin ajratib chiqaradi.
Nikotin kislota eritmasi mis (II) sulfat eritmasi ta’sirida ko‘k rangli cho‘kma hosil qiladi.
Ushbu reaksiyani ammoniy rodanid ishtirokida olib borilsa, u yashil rangli uchlamchi kompleks birikmaga o‘tadi.
Dietilamid nikotin kislota mis (II) sulfat eritmasi ta’sirida ko‘k rangli eruvchan kompleks birikma hosil qiladi. U ammoniy rodanid eritmasi ta’sirida yashil rangli uchlamchi kompleks birikma holida cho‘kadi:
Dietilamid nikotin kislota va nikodinning Chinligini yana, ulardagi piridin halkasiga xos, 2,4- dinitroxlorbenzol bilan spirt va natriy gidroksid eritmasi ishtirokida qizil yoki qo‘ng‘ir-qizil rangli glutakon aldegid unumini (polimetin birikmasini) hosil qilish reaksiyasi orqali aniqlanadi.
Ma’lumki, piridin halqasi ishkor va kislotalarning gidrolitik ta’siriga nisbatan barqarordir, ammo undagi uchlamchi azotni biror modda, jumladan 2,4- di-nitroxlorbenzol ta’sirida birmuncha beqaror xossali to‘rtlamchi azotli birikmasi piridiniy tuziga o‘tkazilsa, u ishqor ta’sirida engil parchalanib, qizil yoki qo‘ng‘ir qizil rangli glutakon aldegid hosilasiga aylanadi. Ushbu reaksiyani amalga oshirishda dietilamid nikotin kislota yoki nikodinga 2,4- dinitroxlorbenzol va spirt qo‘shib 2—3 minut davomkda kaynatiladi.
Bunda avval u sariq rangli dinitrofenilpiridiniy xlorid tuziga (I), so‘ngra esa kaliy gidroksid eritmasi ta’sirida qizil yoki ko‘ng‘ir-qizil rangli glutakonaldegidinning hosilasiga o‘tadi (II). U beqaror modda bo‘lib, sekin-asta 2,4-dinitroanilin (III) va glutakon aldegidigacha (IV) (sariq rangli) parchalanishi natijasida rangsizlanadi
Bu reaksiyadan 2,6- holatdagi vodorod atomlarini biror radikalga almashilmagan piridii halqa saqlagai preparatlarning Chinligini aniqlashda foydalaniladi. Nikodinning Chinligini undagi oksimetilen guruhi asosida aniqlash, preparatni nikotin kislotasining boshqa hosilalaridan farqlantiradi. Bunda xromatrop kislotaning dinatriy tuzi bilan konsentrlangan sulfat kislota aralashmasiga nikodin qo‘shilsa, aralashma qizil-binafsha rangga bo‘yaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |