O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti “tarix” kafedrasi



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/181
Sana18.02.2022
Hajmi3,15 Mb.
#452982
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   181
Bog'liq
zhaxon tarixi

1.
 
Pompeyning Sharq yurishlari. I triumvirat. 
Spartak boshchiligidagi qullar qo‗zg‗oloni 
bilan bir vaqtda Mitridat VI bilan (mil.avv. 74-64-yillar) yangi urush boshlandi. Mitridat VI 
haqiqiy sharq podshosi bo‗lib, o‗z onasi, ukasi, o‗zi bilan nikohda bo‗lgan singillari, 3 o‗g‗li va 3 
qizining o‗limiga aybdor edi. U 300 ming kishilik qo‗shin, 400 kemadan iborat kuchli flotga ega 
edi. Dastlab Rim qo‗shinlariga tajribali sarkarda Lukull boshchilik qilib, bir qancha yutuqlarga 
erishdi. Lekin Mitridat VI ni yenga olmadi. Bundan tashqari, u qattiqqo‗lligi bilan 
legionerlarning noroziligini tug‗dirdi. Shunda senatning irodasiga qarshi xalq yig‗ini sharqda 
qo‗mondonlikni Gney Pompeyga topshirdi. 
Gney Pompey Sulla davrida tanilib, fuqarolar urushi davri- da Sullani qo‗llagan edi. Keyin esa 
senat uni Spartakka qarshi Krass qo‗shiniga yordamga yubordi. Mil.avv. 70-yil Pompey va Krass 
konsul etib saylandi. Krass ovatsiya (piyoda triumf) ga, Pompey triumfga sazovor bo‗ldi 
(Qadimdan Rimda kat- ta janglarda g‗alabaga erishgan lashkarboshi sharafiga Rim shahrida zafar 
(triumv) marosimi uyushtirilar edi. Rim uchun ahamiyati katta g‗alabaga erishgan lashkarboshi 
jang aravasi- da, kichikroq ahamiyatli g‗alabaga erishgan lashkarboshi piyoda yurib, kapitoliy 
tepaligiga ko‗tarilib, qurbonlik keltirgan. Rim fuqarolari ularni qarsaklar bilan olqishlar 
(ovatsiya) edilar. Pompey qo‗shinlari rag‗batlantirildi. Pompey O‗rtayer dengizi qirg‗oqlarini 


106 
talagan dengiz qaroqchilarini tugatib, Rimda katta obro‗ga ega bo‗ldi. 
G‗ayratli sarkarda Pont podshosini tor-mor qilib, Armanis- tonni vassal davlatga aylantirdi. 
Pompey Bosfor podsholigida Mitridat VI ga qarshi qo‗zg‗olon uyushtirib, uning o‗zini o‗ldirish- 
ga majbur qildi hamda Suriya va Yahudiyani istilo qildi. Kichik Osiyoda Rim hokimiyatini qayta 
tikladi. Urushdan so‗ng Rimda uning sharafiga zafar (trium) uyushtirildi va Pompey sharqda 22 
podsho ustidan g‗alaba qildi, 12 mln kishini bo‗ysundirdi, 1538 shahar va qal‘alar istilo qildi deb 
e‘lon qilindi. Pompey- ning Sharqqa yurishi ellin sharqi mamlakatlarining Misrdan tashqari 
Rimga bo‗ysundirishni tugalladi. 
Pompey Rimga g‗alaba bilan qaytdi. Bu vaqtda Rimda qarzga botgan patritsiy Lutsiy Sergiy 
Katilina boshchilik qilgan harakatning fitnasi bostirildi. Bu harakat qarzlarni bekor qilish va 
davlat to‗ntarishini maqsad qilgan edi. Etruriyada Katilina va uning uch ming kishilik tarafdorlari 
shafqatsiz jangda o‗ldirildi. Nobillar va suvoriylar Katilina fitnasi davrida birlash- dilar. Senat 
oqsuyak-patrisiylar respublikasi va an‘anaviy Rim erkinligining himoyachisi sifatida chiqdi. 
O‗zining sharqdagi g‗alabalari bilan obro‗-e‘tibori oshib ketgan Pompeyni Rimda hokimiyatni 
qo‗lga olishidan qo‗rqqan senat unga dushmanlik nazari bilan qaradi. Senat Pompeyni 
konsullikka o‗z nomzodini qo‗yishga ruxsat bermadi. Senatda kuchli ta‘sirga ega bo‗lgan yana 
bir taniqli patrisiy Lukull ham Pompeyga qarshi chiqdi. Pompeyning veteranlariga yer berilmadi. 
Ispaniyada noib bo‗lgan, luzitanlarning qo‗zg‗olonini bostirgan. Senat Gay Yuliy Sezarni ham 
mil.avv. 60-yilda sirtdan konsullikka o‗z nomzodini qo‗yishiga ruxsat bermadi. Ispaniyada katta 
boylik to‗plagan Sezar shaxsan o‗zi Rimga keldi. U konsullik saylovi- da o‗z nomzodini qo‗ydi 
va mil.avv. 59-yil kosullikka saylandi. Sezar Rimdagi siyosiy vaziyatdan o‗z manfaati yo‗lida 
foyda- landi. U senat qo‗llab-quvvatlamagan va bir-birovi bilan dush- man bo‗lgan Pompey va 
Krassni murosaga keltirdi. Bu murosa juda muhim siyosiy oqibatga olib keldi: Rimdagi uch 
qudratli kishi Pompey, Sezar va Krass norasmiy ittifoq tuzib, bir- birlariga yordam berish 
majburiyatini oldilar. Bu kelishuv I triumvirat (uch qudratli kishi ittifoqi, mil.avv. 59 -yil) deb 
atal- di. Har uchalasining ham nobillardan do‗stlari, plebs orasida ko‗plab klientlari, Italiya va 
provinsiyalarda tarafdorlari bor edi. Kelishuv Pompeyning Sezarni qiziga uylanishi, Sezarni 
o‗zining taniqli bir tarafdorining qizi Kalpuriyaga uylanishi bilan mustahkamlandi. 
Rimda siyosiy hokimiyat uch taniqli siyosiy arbob Pompey, Krass va Sezar qo‗liga o‗tdi. Gay 
Yuliy Sezar (mil.avv. 100-44-yil- lar) bu vaqtda Krass va Pompey kabi obro‗ga ega emas edi. Le-
kin u shuhratparast, shijoatli bo‗lgani uchun tez orada I triumviratning amaldagi rahbari bo‗ldi. 
Bundan tashqari, u mil. avv. 59-yildagi kelishuvga binoan konsul qilib saylandi. Bitim- ga ko‗ra, 
Sezar agrar qonun loyihasini amalga oshirdi. Natija- da Pompeyning sobiq jangchi-veteranlari yer 
ulushlariga ega bo‗ldilar. 
Respublika an‘analariga sodiq bo‗lgan respublikaning himoyachilarini mafkuraviy ilhomchisi 
bo‗lgan siyosatchi, taniqli siyosiy arbob, notiq Mark Tulliy Sitseron (mil.avv. 106-43) max- sus 
qaror bilan Rimdan haydalib, mol-mulki musodara qilin- di. Respublikaning boshqa tarafdorlari 
ham bosim ostida qol- di. Sezar hokimiyat uchun kurashda shahar va qishloq plebey uning 
mustahkam tayanchi bo‗lib xizmat qila olmasligini tushu- nar edi. Buning uchun yaxshi 
qurollangan sadoqatli qo‗shin kerak edi. Bu qo‗shinni tashkil qilish uchun katta miqdorda 
mablag‗ topish maqsadida Sezar Galliya provinsiyasiga 5 yil noiblik lavozimini olishga erishdi. 
Mil.avv. I asrning 50-yillarida rimliklar Galliyaning bir qis- mini ishg‗ol qilgan edilar. Lekin 
uning katta qismi (hozirgi Fransiya, Belgiya, Gollandiyaning bir qismi, Shvetsariyaning katta 
qismi) hali erkin edi. Bu hududda yashagan o‗nlab qabilalar doimo o‗zaro urushlar girdobida 
edilar. Senat Galliya- ning qolgan ana shu qismini bo‗ysundirish uchun Sezarga qo‗shin 
to‗plashga ruxsat berdi. Galliyani istilo qilish yetti yil davom etdi. Boshda Sezar gelvet (hozirgi 
Shvetsariya hudu- dida yashovchi) qabilasiga qarshi, keyin esa german qabilalari- dan bo‗lgan 
Ariovis boshchiligidagi svevlarga qarshi urush harakatlarini olib bordi. Nihoyat belg qabilalari 
bilan keskin kurashdan keyin Galliya bo‗ysundirildi va u mil.avv. 57-yil Rim provinsiyasi deb 
e‘lon qilindi. 


107 
Mil.avv. 56-yil bahor oyida Sezarning Galliyadagi vakolati yana 5 yilga uzaytirildi. Sezar 
mil.avv. 55-yilda german qabi- lalariga qarshi Reyn ortiga, mil.avv. 54-yilda esa Britaniyaga 
yurish qildi. Lekin mil.avv. 54-yilda Rimga qarshi Buyuk gal qo‗zg‗oloni yuz berdi. Bu 
qo‗zg‗olon arvern qabilalari tashab- busi bilan boshlanib, qo‗zg‗olonga qobiliyatli yo‗lboshchi 
Ver- singetorik boshchilik qildi. Rimliklar juda qiyin ahvolga tushib qoldilar. Sezarda 60 ming 
qo‗shin, qo‗zg‗olonchilarda 300 ming 
kishi bor edi. Faqat Sezarning harbiy-tashkilotchilik qobiliyati, uning diplomatik san‘ati 
qo‗zg‗olonchilar orasida o‗zaro kelish- movchiliklar kelib chiqishiga olib keldi. Natijada 
rimliklar bu qo‗zg‗olonni bostirdilar. Qo‗zg‗olonning so‗nggi o‗choqlari mil. avv. 51-yilda 
tugatildi. 
Galliya istilosi natijalari ulkan edi. Sezar 300 qabilani bo‗y- sundirdi. 800 shahar qamal qilib 
olindi. 1 mln. kishi asir olin- di. Rimliklar qo‗liga ulkan miqdorda o‗lja tushdi: Rimda oltin 
qadoqlab sotildi va uning bahosi juda pastga tushib ketdi. Bularning hammasi Rimda Sezarning 
obro‗-e‘tiborini oshirib yubordi. Galliyada urush harakatlari tugamasdan I triumvirat amalda 
tugadi. Krass mil.avv. 55-yil Parfiyaga yurish vaqtida yengilib halok bo‗ldi. Sezarning yutuqlari 
va obro‗-e‘tiborining oshib ketishi u bilan Pompey orasidagi munosabatlarda sovuq- lik va 
dushmanlikka sabab bo‗ldi. Galliyada Sezarning vakolati tugadi. U o‗z qo‗shinini tarqatishi 
lozim edi. Lekin u qo‗shinni tarqatmadi. Sezarning kuchli qo‗shinidan qo‗rqib qolgan senat uni 
Rimning dushmani deb e‘lon qildi. Senat uning raqibi Pompeyga Italiyada qo‗shin to‗plab, 
Sezarga qarshi chiqishga topshiriq berdi. 
Nozik diplomat va uzoqni ko‗ra oladigan siyosatchi bo‗lgan Sezar Rimdagi vaziyatni kuzatib, 
Galliya noibligi davridan boshlab katta miqdorda pora berish bilan o‗z tarafdorlariga ega bo‗lgan 
edi. Sezar Pompey qo‗shinlarini kutib turmadi. U mil. avv. 49-yil yanvarida Shimoliy Italiyaning 
chegarasi bo‗lgan kichik Rubikon daryosidan o‗tdi. Qonunga ko‗ra, bu daryo- dan o‗tgan har 
qanday qurollangan qo‗shin Rimning dushmani deb hisoblanar edi. Aytishlaricha, daryodan 
o‗tish oldidan Sezar uzoq o‗ylanib turib, «qur‘a tashlandi» deb xitob qiladi va qo‗shinga 
daryodan o‗tishga buyruq beradi. Shimoliy Italiyaning shaharlari Sezar qo‗shinlariga deyarli 
qarshilik ko‗rsatmaydi. Pompey qo‗l ostida jangovar qo‗shin bo‗lmaganligi uchun mil. avv. 49-
yil 17-yanvarida janubga qo‗shin yig‗ishga jo‗nab ketdi. Uning orqasidan vahimaga tushgan 
konsullar va senatning ko‗pgina senatorlari qochib ketdi. 
Sezar 3 bora Pompey bilan muzokaralar olib borishga urin- di. Lekin Pompey 17-martda 
o‗ziga sodiq qo‗shin va tarafdorlari to‗planayotgan Yunonistonga jo‗nab ketdi. Nozik diplomat 
Sezar ikki oy davomida hech qanday qon to‗kmasdan butun Italiyani egalladi. U Rimga kirib, 
5000 funt tilla va kumushdan iborat davlat xazinasini bosib oldi. Sezar Rimda ko‗p turmay, 
Pompey- 
ga sodiq yetti legion turgan Ispaniyaga yurish qildi. Ispaniyada g‗alaba qilib, Sezar Bolqon yarim 
oroliga o‗tmoqchi edi. Ispa- niyadagi Ilerda shaharchasi yonida Sezar dushman qo‗shinlari- ni 2-
avgustda tor-mor qildi. Shundan so‗ng ikki ispan provin- siyasi Sezar tomoniga o‗tdi. Hal 
qiluvchi jang mil.avv. 48-yil- da Yunonistondagi Farsal shahri yonida bo‗lib o‗tdi. Pompey 
qo‗shinlari yengildi. Pompey boshda Lesbos oroliga qochdi, u yerdan Misrga yo‗l oldi. U bir 
vaqtlar o‗smir Ptolemeyga homiylik qilgan bo‗lib, endi yosh podsho Ptolemeydan yordam 
olmoqchi bo‗ldi. Lekin u qirg‗oqqa tushishi bilan Ptolemeyning buyrug‗i bilan o‗ldirildi. 
Sezar Pompey o‗limidan uch kun keyin Misrga yurish qilib, bu yerda Ptolemeylar sulolasining 
taxt uchun kurashiga ara- lashib, malika Kleopatrani hokimiyat uchun ukasiga qarshi kurashida 
yordam berdi. Oqibatda Aleksandriyada Sezarga qarshi qo‗zg‗olon ko‗tarildi. Bu qo‗zg‗olonni 
Sezar zo‗rg‗a bostir- di. Shundan so‗ng u sharqqa Mitridatning o‗g‗li Farnakka qarshi yurish 
qilishga majbur bo‗ldi. Sezar bu yurishni juda qisqa muddatda - atigi 5 kunda amalga oshirdi va 
bu to‗g‗risida senatga o‗zining «Keldim, ko‗rdim, yengdim» degan mashhur maktubini yubordi. 
Pompeyning asosiy tarafdorlari endilikda Afrikada to‗plandi- lar. Mil.avv. 46-yilda Afrika 
provinsiyasining sharqiy qirg‗og‗ida- gi Tais shahri yonida katta jang bo‗lib, Pompey tarafdorlari 


108 
to‗la tor-mor etildi. Shundan so‗ng Sezar Numidiyani bo‗ysundirdi. Mil.avv. 46-yilda u Rimga 
qaytdi va bu yerda Galliya, Misr, Pont va Numidiya ustidan g‗alabalari sharafiga to‗rt zafar 
triumfini bayram qildi. Lekin pompeychilar bilan kurash hali tugamagan edi. Pompeyning 
o‗g‗illari Ispaniyada kuch to‗pladilar. Munt yonida mil.avv. 45-yilda Sezar o‗zining raqiblari 
ustidan so‗ng- gi g‗alabasiga erishdi. Jang juda qonli va keskin bo‗ldi. Sezar- ning so‗zi bo‗yicha 
u birinchi bor g‗alaba uchun emas, o‗z hayoti uchun jang qildi. 
Fuqarolar urushi nihoyat tugadi. Sezar ikkinchi bor Rimda senat tomonidan diktator deb e‘lon 
qilindi (senat Sezarni Ispa- niyada bo‗lgan vaqtida birinchi marta diktator deb e‘lon qilgan edi). 
Unga 5 yillik konsullik, umrbod tribun hokimiyati, say- lov komisiyalarida o‗z nomzodini tavsiya 
qilish huquqi hamda boshqa unvonlar va vakolatlar berildi. Sezar o‗zining o‗rinbo- sari (otliq 
qism boshlig‗i) etib, diktator Rimda bo‗lmagan payt- da Rim va Italiyani boshqargan Antoniyni 
tayinladi. Sezar mil. 
avv. 44-yilda beshinchi marta konsul lavozimini egalladi. Umr- bod diktator deb e‘lon qilindi. U 
mutlaq hokimiyatga ega bo‗ldi. Sezar podsho kiyimini kiyish huquqiga ega bo‗ldi. Uning nomi 
bilan qasamyod qildilar. Unga xudo kabi sig‗indilar. Uning tas- viri tangalarda zarb qilindi. 
Sezarning ijtimoiy tayanchi yo‗q edi. Chunki uning tarafdorlarining manfaatlari bir-biriga to‗g‗ri 
kel- mas edi. Bunday vaziyatda Sezar o‗z hokimiyatini mustahkam- lashda qo‗shindan 
foydalandi. U o‗z raqiblarini ta‘qib qilmadi. Faqat Pompeyning va uning ashaddiy tarafdorlari 
mulkini mu- sodara qildi. Sezarning eski dushmanlari afv etildi. Pompeyning tarafdorlari bo‗lgan 
taniqli senatorlarni Sezar mo‗l-ko‗l sovg‗alar bilan taqdirladi. Ular provinsiyalarda oliy davlat 
lavozimlariga saylandilar, yer-mulklarini hadyaga oldilar. Sezar turli ijtimoiy guruhlardan 
tayanch topishga urinib, ijtimoiy sohada turli is- lohotlarni o‗tkazdi. 
Sezar davridan oltin tanga muntazam zarb qilina boshlandi. Denariy butun davlat uchun 
yagona tangaga aylandi. Sezar konsulligi vaqtida (mil.avv. 59-yil) provinsiyalarda poraxo‗rlik- 
ka qarshi qonun qabul qildi. Davlatdan tekin non va boshqa mahsulotlar oladigan plebsni 320 
mingdan 150 mingga ka- maytirdi. Shaharlarga mahalliy muammolarni yechish uchun 
avtonomiya huquqini berdi. Soliq tizimi tartibga solindi, soliq yig‗uvchi -publikanlar faoliyati 
ustidan nazorat o‗rnatildi. Dehqonchilikni rivojlantirish uchun botqoqliklarni yo‗q qilib, yo‗llarni 
qurish loyihalarini Sezarning o‗zi ishlab chiqdi va qis- man amalga oshirdi. Sezar kalendar 
islohotini o‗tkazdi. Misrlik matematik va astronom Sozigen yordami bilan mil.avv. 45- yil 1-
yanvardan vaqt hisobi kiritildi. Sezar nomi bilan kvintiliy (iyul) oyi belgilandi. 
Sezar Parfiyaga qarshi yurishga tayyorlana boshladi. Rimda Parfiyani faqat podsho yengishi 
mumkin degan gap tarqal- di. Rim nobillari orasida Sezarning dushmanlari ko‗p edi. Ular 
respublika tartib-qoidalarining buzilishi, davlat lavozimlaridan o‗zlarining chetlashtirilganligidan 
norozi edilar. Faqat barcha haqorat va tahqirlar uchun Sezardan o‗ch olishga bahona izlar edilar. 
Sezarga qarshi fitna uyushtirib, bu fitnada 60 dan ko‗p senator ishtirok etdi. Fitna boshida Gay 
Kassiy Longin, Mark Yuniy Brut va Detsim Yuniy Brut turdi. Sezar mil.avv. 44-yil 15-martida 
senat majlisida Brut va Kassiy boshchiligidagi fit- nachilar tomonidan o‗ldirildi. U 23 joyidan 
yaralangan bo‗lib, jarohatning faqat bittasi uning o‗limiga sabab bo‗ldi. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish