O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti “tarix” kafedrasi



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/181
Sana18.02.2022
Hajmi3,15 Mb.
#452982
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   181
Bog'liq
zhaxon tarixi

13-
 
mavzu: Rim respublikasi siyosiy tuzumining inqirozi 
Reja:
 
 
Rim respublikasining parokanda bo„lishi. 
Rim respublikasi tuzumining parokanda 
bo‗lishi siyosiy hayotning o‗zga- rishida yaqqol ko‗rindi. Alohida shaxslar, butun-butun 
guruhlarning siyosiy faoliyatining asosiy maqsadi hokimiyat yoki boylikka erishish edi. 
Pretor yoki konsul mansabini egallash uchun shahar kambag‗allarining ovozi asosiy rol 
o‗ynar edi. Shu sababli, lavozimga nomzodlar ularni o‗z tomonlariga ag‗darib olish uchun non, 
vino yoki moy tarqatish bilan ko‗p xarajat talab qiladigan o‗yinlar, bayramlar uyushtirar edilar. 
Hatto saylovlarda bevosita saylovchilarning ovozi sotib olinar edi. Nomzodlar va saylovchilar 
o‗rtasida vositachilar bo‗lib, ular nomzod mablag‗idan saylovchilarga pul va non, may tarqatib, 
ularning ko‗nglini olganlar. Saylovlarga nomzodlar oldindan tayyorgarlik ko‗rib, o‗z tanish-
bilishlari, obro‗-e‘tiborli kishilarning qo‗llab-quvvatlashiga erishishga harakat qilganlar. 
Nomzodlar saylovlar kompaniyasi davrida o‗zlariga ittifoqchilar izlab, turli xil kelishuvlar 
va murosalarga kelar edilar. Siyosiy kurash nutqlar so‗zlash, varaqalar tarqatish va sud da‘volari 
bilan amalga oshirilar edi. Siyosiy raqiblarga qarshi turli xil sud jarayonlari qo‗zg‗atilar va 
siyosiy raqib turli yo‗llar bilan obro‗sizlantirilar edi. 
Rim respublikasining so‗nggi davrida poraxo‗rlikning avj olishi, korrupsiya, ma‘naviy-
axloqiy buzuqlik respublika ijtimoiy hayotining aynishidan dalolat berar edi. Nobillar va 
suvoriylar- ga shaharning quyi tabaqalari o‗z ovozlarini saylovlarda sotish- lari odatiy hol bo‗lib 
qoldi. Hatto Rimning tashqi dushmanlari ham Rim lashkarboshi va siyosatchilarini sotib olishga 
muvaffaq bo‗ldilar. Yugurta o‗ziga qarshi urushga yuborilgan rim lashkarboshilariga pora berib, 
ularni uzoq vaqt keskin urush harakatlari olib borishdan tiyib turgan edi. Numidiya podsho si 
(hozirgi Mavritaniya hududi) Yugurta Rimdagi poraxo‗rlik to‗g‗risida mashhur so‗zini aytgan 
edi: «Rim sotqin shahar, kimki uni sotib olishni istasa, unga albatta erishadi». Rim respublikasida 
oliy darajadagi amaldorlar uchun pora olish odatdagi hol bo‗lib qoldi. Misr podshosi Ptolemey 
Avlet taxtga o‗z huquqi tan olinishi uchun Sezar va Pompeyga 6000 talant miqdorida pora bergan 
edi. Suriyadagi noib Avl Gabiliy Ptolemeyni taxtga chiqarish uchun 10000 talant to‗lagan. 
Korrupsiya Rim sudini ham chetlab o‗tmadi. Rimliklar Rimda mil.avv. 74-yildagi shov-shuvga 
aylangan sud ishini uzoq vaqt eslab yurdilar. Sudyalarning biri sudda boshqa sudyalarga 
taqsimlab berish uchun ayblovchi va ayblanuvchidan ham pora olgan edi. 
Rim respublikasi hukmronligining so‗nggi yarim asrida sudxo‗rlik kapitali, moliyachilar va 
bankirlarning soni ko‗pay- di. Sudxo‗rlik bilan nafaqat suvoriylar, balki qonun bo‗yicha rasmiy 
taqiqlangan bo‗lsa-da, senatorlar ham boshqalar vositachiligida shug‗ullandilar. Rimga qaram 
bo‗lgan jamoalar, shaharlar, hatto podsholiklar ma‘muriyati amalda moliyachilar va sudxo‗rlar 
bilan birgalikda mahalliy aholini talar edilar. Rimda provinsiyalar noiblari va boshqa mansabdor 
shaxslar- ning poraxo‗rliklariga oid sud ishlari odatdagi hol bo‗lib qoldi. Provinsiyalarni talab, 
boyib qaytgan noiblar to‗g‗risida «Rimdan boy provinsiyaga qashshoq bo‗lib ketdi, qashshoq 
provinsiyadan boy bo‗lib qaytdi» degan ibora tez-tez ishlatiladigan bo‗ldi. Provinsiyalarning 


103 
talanishi, foydali moliya operatsiyalari natijasida Rimda bu ish bilan shug‗ullanadigan kishilar 
qo‗lida juda katta boylik to‗plandi. Rimliklarning oldingi ajdodlari bunday boylikni tushlarida 
ham ko‗rmagan edilar. Bu hali chegara emas edi. 
Mashhur patritsiy Lukullning boyligi 100 mln sestertsiy, Krassning boyligi 200 mln 
sestretsiyga baholangan. Mashhur notiq va siyosiy arbob Sitseronning boyligi 100 ming sestert- 
siyga yaqin edi. Rimda 100 ming sestertsiy daromad qilmagan kishini boy deb hisoblamas edilar. 
Juda katta boylikka ega bo‗lish bilan birga, Rimda juda ko‗p zodagonlar qarzga botgan edi. Qarz 
majburiyatlarining o‗sishi narx-navoning tez ko‗tarilib ketishiga, siyosiy vaziyatning beqaror 
bo‗lishiga olib keldi. Rim zodagonlari, siyosiy arboblar jamoa oldida obro‗sizlanmaslik uchun 
juda katta sarf-xarajat qilishga majbur edilar. Oila ham patriarxal ahamiyatini yo‗qotdi. Ayollar 
endi erga bo‗ysunish- dan bosh torta boshladilar. Nikoh ko‗p holatlarda siyosiy maqsadlarni 
ko‗zlab tuzila boshlandi. Rim ayollarining o‗z erlariga nisbatan xiyonati, buzuqligi odatdagi hol 
bo‗lib qoldi. 
Qulchilik munosabatlarida ham bir qancha o‗zgarishlar ro‗y berdi. Mil.avv. I asrning I 
yarmidan ba‘zi qullar ozod qilina boshlandi. Qul mehnati foydasiz ekanligi yaqqol ko‗rindi. Ozod 
qo‗yilgan qullar tadbirkorlik bilan shug‗ullanib, ularning ayrimlari juda katta boylik, ko‗chmas 
mulk to‗pladilar. 
Rim aslzoda patritsiylar respublikasi edi. Senat a‘zolari, konsullar, oliy amaldorlar, odatda, 
eng boy Rim oilalaridan sayla- nar edi. Konsul hokimiyati rimliklarning o‗zlari aytganlaridek, 
eng boy patritsiy oilalar o‗rtasida «qo‗ldan qo‗lga» uzatilar edi. Patritsiy oilalarning qarshiligi 
tufayli oddiy nomzod konsul say- lovlarida juda kam 20-30 yilda bir marta g‗olib bo‗lar edi. 
Aslzo- dalar bunday g‗olibni mensimasdan «yangi odam» deb aytar edilar. Italiyadagi ko‗p 
shaharlar, hududlar Rim davlati tarkibi- da bo‗lsalar ham ular ittifoqchilar hisoblanib, Rim 
fuqarosi hi- soblanmas edilar. Mil.avv. 90-yillarda Italiya aholisi fuqarolik huquqini talab qilib, 
qo‗zg‗olon ko‗tardi (mil.avv. 90-88-yillar). Bu urush natijasida Italiya aholisi fuqarolik huquqini 
oldi. 
Italiyada ittifoqchilar urushi tugamasdan Rimda birinchi fuqarolar urushi boshlandi. Ikki 
lashkarboshi zodagon Lutsiy Korneliy Sulla va oqsuyak zodagonlar uchun begona bo‗lgan «yangi 
odam» Gay Mariy o‗rtasidagi nizo urushning boshlani- shiga bahona bo‗ldi. Gay Mariy lotin 
shaharchasi Arpin yaqi- nidagi suvoriy oilasidan bo‗lib, qattiqqo‗l, adolatli odam edi. U harbiy 
xizmatni sidqidildan o‗tab, konsullik lavozimiga yetti marta saylandi. Mariy birinchi konsulligi 
davrida harbiy islohot o‗tkazdi. Ilgari 17 yoshdan 45 yoshgacha barcha Rim fuqarolari urush 
vaqtidagina harbiy xizmatga chaqirilar va o‗z hisoblari- dan qurol-yarog‗ olar edilar. Gay Mariy 
qo‗shinga kambag‗allarni ham qabul qilishga ruxsat berdi. Endilikda askarlar davlat hi- sobidan 
qurol-yarog‗, davlat xazinasidan maosh oladigan bo‗ldi- lar. Harbiy xizmat muddati 16 yil deb 
belgilandi. Shu tarzda Rim ko‗ngillilar qo‗shini muntazam qo‗shinga aylandi. Legioner endi 
o‗zini fuqarodan ko‗ra askar deb hisobladi. Askarlarning moddiy ahvoli davlatga va 
lashkarboshining saxiyligi, omadi chopishiga bog‗liq bo‗lib qoldi. Asta-sekin lashkarboshilarning 
buyrug‗i, davlat hokimiyati obro‗sidan ko‗ra muhim bo‗la boshladi. Qo‗shinning Rim siyosiy 
hayotidagi mavqeyi kuchaydi. Gay Mariyning raqibi Lutsiy Korneliy Sulla patritsiy oilasidan 
kelib chiqqan edi. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish