97
Italiya va Sitsiliyada qullarning soni keskin o‗sdi. Qul asosiy ishlab chiqaruvchi- ga aylandi.
Yirik quldorlik xo‗jaliklari - latifundiyalar, o‗rta quldorlik xo‗jaliklari - villalarda yuzlab,
minglab qullar ishladi. Qulchilik manbalari urushlar, provinsiyalarda qarzi uchun qul qilish,
dengiz qaroqchiligi va qullarning tabiiy ko‗payishi edi. Rim huquqi qullarni buyum (jez),
«so‗zlaydigan qurol» (inshtru- mentum vocale) deb hisoblar edi. Xo‗jayinning mulki sifatida qul
huquqsiz edi. Xo‗jayin uni jazolashi, o‗ldirishi mumkin edi.
Qullarning shafqatsiz ezilishi va xo‗rlanishi ularni tez-tez qo‗zg‗olon ko‗tarishiga sabab
bo‗ldi. Qullar mil.avv. 196 - 95-yillarda Etruriyada, mil.avv. 185-yilda Apuliyada qo‗zg‗olon
ko‗tardilar. Rim jamiyati va davlati asoslarini titratgan ana shunday qo‗zg‗olonlardan biri
mil.avv. 138 -132-yillarda Sitsiliyadagi qul Evnoy boshchiligidagi qullar qo‗zg‗oloni edi.
Qo‗zg‗olon rahbari Evnoy «Antiox» nomini olib, yangi Suriya davlati tuzilganini e‘lon qildi.
Davlatni boshqarish uchun kengash va xalq yig‗ini tashkil etilib, Enna shahri davlat markazi
bo‗ldi.
Qo‗zg‗olonga Sitsiliyaning janubiy-g‗arbidagi qullar ham qo‗shildi. Bu yerda
qo‗zg‗olonchilarga kilikiyalik qul Kleon bosh- chilik qildi. Tezda Evnoy va Kleon birlashib, Rim
qo‗shinlarini yanchib tashladilar. Kleon «podsho Antiox»ning strategi lavozi- mini oldi.
Rimliklar juda katta qiyinchiliklar bilan qo‗zg‗olonni mil.avv. 132-yilda bostira oldilar. Mil.avv.
104-yilda Sitsiliyada qul Salviy (Trifon) boshchiligida yana qullar qo‗zg‗oloni ko‗taril- di.
Lilibey shahari yaqinida qul Afiniodn boshchiligida qullar qo‗zg‗olonining ikkinchi o‗chog‗i
paydo bo‗ldi. Qo‗zg‗olonchi qul- lar birlashib, rim armiyasiga qarshi bir necha bor zarba berdi.
Faqat mil.avv. 101-yilda konsul Manliy Akviliy bu qo‗zg‗olonni zo‗rg‗a bostirdi.
Sitsiliyadagi qullar qo‗zg‗oloni bilan bir vaqtda Pireney yarim orolida iber qabilalari Rim
hukmronligiga qarshi urush olib
bordilar. Viriat boshchiligida luzitan qabilalari qo‗zg‗oloni- ning bostirilishi yarim orolni to‗la
tinchlantirishga olib kelma- di. Ispaniyaning shimoliy-sharqiy qismidagi iber va kel‘t-iber
qabilalari rimliklarni haydab chiqarishga qat‘iy ahd qildilar. Bu harakatning tayanch markazi
Numansiya shahri edi. Luzitan- lar qo‗zg‗oloni bostirilganidan so‗ng, Viriat o‗ldirilib, rimliklar
katta kuch bilan iber qabilalarining uyushgan ittifoqining qar- shiligini bostirishga kirishdilar.
Besh yil davomida Rim qo‗shini qo‗zg‗olonni bostira olmadi. Ochko‗z, qobiliyatsiz harbiy bosh-
liqlar davlat manfaatlaridan ko‗ra, talonchilikni afzal ko‗rdilar. Ular o‗zlarining ochko‗zligi bilan
ittifoqchi bo‗lgan qabila va ma- halliy aholining qahr-g‗azabini qo‗zg‗atdilar. Mil.avv. 137-yil-
da Rim qo‗shini qurshovga tushib qoldi. Faqat kvestor Tiberiy Semproniy Grakxning harbiy
san‘ati tufayli Rim qo‗shini qirib tashlanmadi. Kvestor iberlarning talabi bilan Rimliklarni Ispa-
niyadan olib chiqib ketishga va‘da berdi. Ammo senat Tiberiy tuzgan shartnomani tasdiqlamadi
va urushni davom ettirishga qaror qildi. Ispaniyaga eng yaxshi Rim harbiy boshliqlari yuborildi
va 15 oy davomida qo‗zg‗olonchilar bilan olib borilgan urush rimliklarning g‗alabasi bilan
tugadi.
Do'stlaringiz bilan baham: