2.1.15. I-II asrlarda Rim imperiyasida ijtimoiy - iqtisodiy munosabatlar. Xristian dinining
kelib chiqishi va uning ilk tarixi.
1.
So„nggi imperiya davri. III asr talato„plari.
Kommod o‗ldirilganidan so‗ng turli
guruhlar o‗rtasidagi kurash fuqarolar urushiga olib keldi (193-197-yillar). Turli provinsiyalar
dagi legionlar o‗z nomzodlarini imperator deb e‘lon qildilar: Suriyada imperator deb legat
Pessenniy Niger e‘lon qilindi. Uni sharqdagi provinsiyalar tan oldi; Britaniyada gall zoda-
gonlari ham qo‗llab-quvvatlagan Kladiy Olbin, Pannoniyada Dunay provinsiyalari bilan legat
Lusiy Septimiy Sever hokimiyatni da‘vo qildilar.
Da‘vogarlar o‗rtasidagi kurashda Shimoliy Afrikada tug‗il- gan Septimiy g‗olib chiqdi va
imperatorlik hokimiyatini egal- ladi (193-211-yillar). Septimiy Severlar sulolasiga asos soldi
(193-235-yillar). Uning davrida imperiya qo‗shinga tayanib boshqarildi. Septimiy Sever
qo‗shinda bir necha islohotlar o‗tkazdi. Rim qo‗shinlari Dunay va Suriya legionlaridan tashkil
topa boshladi. Qo‗shinning varvarlashuv jarayoni chuqur- lashdi. Legionerlar, turli lavozimdagi
harbiylar qator imtiyoz- larga ega bo‗ldilar. Oddiy legioner xizmat davomida yuqori harbiy
lavozimlargacha ko‗tarilishiga qadar suvoriylar toifasi tarkibiga kirish, qonuniy oila qurish
huquqlariga ega bo‗ldi. Legioner hukumatdan oziq-ovqat ulushi, ijarachi sifatida yer olar edi.
Imtiyozlar, sovg‗alar va turli yengilliklar qo‗shinda intizomning susayishi va aynishiga olib
keldi.
Imperator o‗z ma‘muriyatini suvoriylar, asosan, Afrika va Sharq provinsiya shaharlarining
katta amaldorlari bilan to‗ldirdi. Boshqaruv apparatida harbiylarning soni ko‗pa- yib ketdi. Eski
muassasalarga yangilari qo‗shildi. Ularda la- vozimlar yildan-yilga oshib bordi. Eski magistrat
lavozimlar (kvestura, pretura va konsulat) byurokratik amalparastlik bosqichlari bo‗ldi.
Septimiy Sever kichik va o‗rta tabaqalar manfaatini ko‗zlab ish olib bordi. Agrar muammo va
qo‗shin saflarini to‗ldiradi- gan ijtimoiy qatlamlarni qo‗llab-quvvatlash maqsadida davlat
jamg‗armasi ixtiyoridagi yerlarni hadya qilish va sotishni yo‗lga qo‗ydi. Tashqi siyosatda u
Parfiya bilan 195-199-yillarda g‗oli- bona urush olib bordi. Mesopotamiya bosib olinib,
Ktesifon talandi. Britaniyada 208-211-yillarda kaledon qabilalari bilan muvaffaqiyatli urush
olib borildi.
Severlarning navbatdagi vakili Mark Avreliy Antonin Karakalla (211-217-yillar) qo‗shin va
boshqaruv xarajatlarini qoplash maqsadida soliq to‗lovchilar sonini oshirishni ko‗zlab, 212-yil
provinsiyalarning barcha erkin aholisini Rim fuqaro- si deb e‘lon qildi. Lekin ular
immunitetdan mahrum qilinib, soliq to‗lovchilarga aylandilar. Senatning mavqeyini pasayti -
rish va qo‗shinga tayanishni imperator Karakalla davom ettir- di. Karakalla 212-yil
imperiyaning barcha erkin aholisiga Rim fuqarolik huquqini bergan mashhur ediktini e‘lon
qildi. Imperator 215-yil Aleksandriyaning undan norozi bo‗lgan aholisi- dan qattiq o‗ch oldi.
Keyingi yili Karakalla Parfiyaga tinchlik va do‗stlik shartnomasini taklif qildi. Ammo Rim
legionlari Parfiyaga bostirib kirib, ko‗pgina Parfiya zodagonlari qirib tashlan- di. Arbela shahri
talon-taroj qilindi. Karakalla 35 yoshida fitna qurboni bo‗ldi.
Tez orada Karakallaning o‗gay onasining singlisi Mezaning nevarasi Variy Avit Bassian
(218-222-yillar) legionlar tomoni- dan imperator deb e‘lon qilindi. Finikiya quyosh xudosi
Gelio- gabalning kohini bo‗lgan 14 yoshli Geliogabal (Varit Avit Bassian shu nom bilan
tarixga kirdi) Rimga kelib, eng avvalo, o‗zining sevimli xudosi sharafiga ibodatxona qurib, har
kun unga qur- bonliklar keltirdi. Axloqi buzuq, kaltafahm o‗smir davlat ishlari bilan
shug‗ullanishni istamay, ko‗ngil ochishga berilib ketdi. Ziyofat zallari pollariga atirgul
yaproqlari to‗shab, maishat qilayotgan do‗stlariga misli ko‗rilmagan qimmatbaho sovg‗alar
qildi. U quyon terisi yoki qirg‗ovul patlari bilan qoplangan so‗ri- da yastanib yotdi. Geliogabal
122
tuya tovoni, xo‗roz toji, tovus va bulbullar tilini yedi. Baliq va tryufelning ustiga tuz o‗rniga
mar- varid sepdi. Uning bir tushlik ovqati 100 ming sestersiydan kam turmas edi .
Imperator-kohin jamoa g‗ashini keltirib, oltin iplar bilan tikil- gan, qimmatbaho toshlar bilan
bezalgan ipak tunika kiyar edi. U aktyor, aravakash va turli firibgarlarni oliy davlat
mansablariga tayinlab, qullar va ozod bo‗lgan qullarni provinsiya noiblari etib tayinladi.
Barchaning nafratiga sazovor bo‗lgan Geliogabal 222- yil mart oyida onasi bilan harbiylar
tomonidan o‗ldirildi. Aql siz hukmdorning jasadi Rim ko‗chalarida ilmoq bilan sudralib, keyin
axlatga cho‗miltirilib, Emiliy ko‗prigidan Tibr daryosiga tashlandi.
Severlar sulolasining so‗nggi imperatori Aleksandr Sever (222-235-yillar) 235-yil
o‗ldirilganidan so‗ng qo‗shin davlat nazoratidan chiqdi. Legionerlar birin-ketin
tarixshunoslikda «askar imperatorlari» deb atalgan hukmdorlarni taxtga chiqar- dilar. Ular
davlatni uzoq boshqara olmadilar.
Imperator Filipp Arab (244-249-yillar) davrida 248-yil apre- lida abadiy shahar Rimning
1000 yilligi hashamatli bayram qilindi. Publiy Lisiniy Valeriyan (253-260-yillar) va uning
o‗g‗li 35 yoshli Gallien (253-268-yillar) davrida parokandalik eng yuqori cho‗qqiga chiqib,
imperiya amalda bir necha qismlarga parchalandi. Galliya, Ispaniya va Britaniyada hokimiyatni
Kassian Postum (258-268-yillar) bosib olib, Gall imperiyasi- ni, Sharqda Septimey Odinat
(261-267-yillar) qudratli Palmira podsholigini tuzdi. Dunay provinsiyalari, Bolqon va Misrda
ham markazga bo‗ysunmagan hukmdorlar paydo bo‗ldi.
Faqat illiriyalik 49 yoshli Mark Avreliy Klavdiy (268-270-yil- lar) imperator bo‗lganidan
so‗ng imperiyani qayta tiklash boshlandi. U alleman va gotlarning hujumlarini qaytardi. Dunay
provinsiyalarini qayta tuzdi. Tez orada Klavdiy vabo kasalligidan vafot etdi. Uning o‗rniga
yana bir illiriyalik 55 yoshli harbiy boshliq Lusiy Domisiy Avrelian (270 -275-yillar) taxtga
o‗tirdi. Avrelian uzoqni ko‗ra oladigan g‗ayratli siyosat- chi bo‗lib, 271-yil u Shimoliy
Italiyaga bostirib kirgan german qabilalari hujumini qaytardi va Rim atrofida 18 -18 km uzun-
likdagi mustahkam mudofaa istehkomlarini qurishga buyruq berdi. Shu yilda imper ator Dakiya
provinsiyasiga safar qilib, imperiyaning Dunay chegaralarini barqaror qilishga harakat qildi.
Palmirada Odinatning bevasi Zinoviya hukmronlik qilar edi. Zinoviya qo‗shinlari Suriya,
Falastin, Kichik Osiyo va Misrni nazorat qilar edi. Avrelian 272-273-yillarda Zinoviya qo‗shin-
larini tor-mor qilib, sharqiy provinsiyalarda Rim hokimi- yatini tikladi. U Gal imperiyasini ham
nisbatan qiynalmay bo‗ysundirdi. Shundan so‗ng Rim imperiyasining yaxlitligi tiklan- di.
Hukmdor davlatning iqtisodiy ahvolini yaxshilash uchun pul islohotini o‗tkazdi va o‗zining
ilohiy homiysi sifatida «yengil- mas quyosh» xudosini joriy qilib, unga e‘tiqod qilishga buyruq
berdi (274-yil). Avrelianning hokimiyati mutlaq edi. U «janob va xudo» deb ulug‗lanib,
«davlatni qayta tiklovchi» unvoniga ega edi. Qattiqqo‗l imperator forslarga qarshi yurish
vaqtida uyushtirilgan fitna natijasida 275-yil o‗ldirildi.
Imperiyada yana siyosiy beqarorlik, tartibsizliklar boshlandi. Davlat tizimining yemirilishi,
ichki o‗zaro nizolar, german qabilalari hujumi va III asrda sharqda tashkil topgan qudratli So-
soniylar davlati bilan uzoq olib borilgan muvaffaqiyatsiz urushlar Rim imperiyasining
parokanda bo‗lishiga sabab bo‗ldi.
Ishlab chiqarish hajmlari keskin kamayib ketdi. Provinsiyalar o‗rtasidagi savdo aloqalari
buzildi. Imperiyaning turli hududlari o‗rtasidagi iqtisodiy aloqalar zaiflashdi. Xojalik tobora
natural xususiyat kasb eta boshladi. Markaziy hokimiyat boshqaruv apparati va qo‗shinni
saqlab turish uchun juda katta sarf-hara- jatlar qilinib, davlat xazinasi barbod qilindi.
Davlat hokimiyati moliyaviy qiyinchilikni tugatish uchun pulni qadrsizlantira boshladi.
Pulning qadrsizlanishi yer-mulkni sotib olishda katta miqdorda pul sarflashga ma- jbur qilar
edi. Denariyda kumush miqdori 50% ga kamaytiril- di. III asr oxiriga kelib kumush denariy mis
tanga qiymatiga teng bo‗lib qoldi. Pulning qadrsizlanishi iqtisodiyotga salbiy ta‘sir ko‗rsatdi.
Savdo-hunarmandchilik tushkunlikka uchra- di. Yerga ijara haqi keskin oshdi. Bu kolonlarning
xonavayron bo‗lishiga olib keldi. Qarz majburiyati oshdi. Qullarning soni kamayib, ishchi
123
kuchiga bo‗lgan ehtiyoj ortdi. Provinsiyalar- da quyi tabaqa vakillarining qo‗zg‗olonlari
ko‗tarildi. Jumladan, III asrning 50-yillarida Galliyada dehqonlar va qullar qo‗zg‗oloni,
Shimoliy Afrikada dehqonlarning qurolli chiqish- lari yuz berdi.
III
asrning 70-80-yillarida german qabilalarining imperiya- ga hujumi kuchaydi. Dakiyani
got, sarmat va markomann- lar bosib oldi. Imperiyaning shaharlariga tegishli bo‗lgan juda ko‗p
yerlar qarovsiz qoldi. Shaharlar savdo-hunarmandchilik markazlari sifatida o‗z ahamiyatini
yo‗qotdi. Imperator buyrug‗i bilan bo‗sh yotgan yerlar qo‗shni shahar yoki magnatlar mulkiga
qo‗shib berildi. Davlat hokimiyati g‗arbiy provinsiyalarning magnatlariga urushda olingan
asirlarni ishchi kuchi sifatida ishlatish uchun taqsimlab berdi. Bu asirlar kolonlarga aylan -
tirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |