22
qishloqlarda yashagan. Keyinchalik esa ular qoyatosh bag‗rida joylashgan Afina akropoli
markazi bo‗lgan shahar atrofida birlashdilar.
Attikaning qadimgi aholisi bo‗lgan ioniylar va pelasglarga doriylarning ko‗chishi ta‘sir
qilmadi. Attika doriylar hujumini qaytardi. Attikada doriylar Peloponnesdan haydab yuborgan
axeylarning bir qismi panoh topdi. Attikada yunon tilining ioniy shevasida so‗zlashadigan
qabilalar guruhi to‗rt urug‗ yoki qabila (fil)ga bo‗lingan edi. Har bir fil bir necha o‗nlab
urug‗lardan iborat bo‗lgan uch fratriyaga bo‗lingan. Gomer davrida Attika aholisini urug‗
zodagonlaridan chiqqan yo‗lboshchi basileylar boshqargan. Basileylar oliy hukmdor, sudya,
kohin va harbiy boshliq vazifasini bajarganlar. Boshqa yunon polislarida bo‗lganidek,
basileylar huzurida Afinada oqsoqollar kengashi - areopag bor edi. Afsonalarga ko‗ra,
Afina
aholisini birlashtirgan afsonaviy Tersiy aholini uch guruhga bo‗ladi: yer egalari - yevpatridlar,
dehqonlar - geomorlar va hunarmandlar - demiurglar.
Attika viloyati 12 alohida hudud - qabila okruglariga bo‗lingan. Ularning markazlari
Afina, Torika, Marafon, Afidna bo‗lgan. Mil.avv. VIII asr davomida xojalik va xususiy
mulkchilikning rivojlanishi natijasida yevpatridlar basileylar
ning huquqini asta-sekin cheklay
boshladilar. Ular o‗zlarining ichidan arxontlar (oqsoqollar)ni saylay boshlaydilar.
Basileylarning boshqaruv vakolatlari harbiy arxont (boshliq, sudya)ga o‗ta boshladi.
Natijada
basileylarga faqat kohinlik vazifasi qoldi va u saylana boshlandi. Shunday qilib, Afi nada
hokimiyatni yevpatridlar orasidan har yili saylanadigan 9 arxont boshqara boshladi . Ularning
o‗rtasida ijroiya, harbiy va sud hokimiyati taqsimlangan edi.
Yil davomida arxont vazifasini bajargan yevpatridlar o‗z o‗rinlarini
yangi saylanganlarga
bo‗shatib berib, o‗zlari areopagning umrbod a‘zolari bo‗lib qolar edilar. Areopag mil.avv.
VIII-VII asrlarda eng obro‗li hokimiyat organi bo‗lgan.
Mil. avv. VIII asrdan qishloq jamoalarida yer oilalarga bo‗lib berildi. Yer xususiy mulkka
aylanib, asosan mayda dehqon xojaligi paydo bo‗ldi. G‗allachilik, uzumchilik, zaytun
daraxtlarini ekish dehqon xo‗jaligining asosoiy mashg‗uloti bo‗ldi.
Asta-sekin ishbilarmon
dehqonlar, urug‗ oqsoqollari mayda dehqonlarning yerlarini turli yo‗llar bilan bosib ola
boshladilar. Qarzga botgan kambag‗al dehqonlar yerlaridan ajralib, qarzlari uchun qullikka
tushib qoldilar. Yeri bo‗lmagan yoki yeridan ajralgan bir qism
dehqonlar hunarmandchilik
bilan shug‗ullandilar. Hunarmandchilik ustaxonalari – ergasteriyalar paydo bo‗ldi.
Savdo, hunarmandchilik bilan shug‗ullanadigan aholi orasida ham tabaqalanish
kuchayib, boy, o‗rta va mayda savdogar, hunarmandga ajraldi. Dehqonlar,
hunarmand-
savdogarlar yollanib ishlaydigan demos (xalq) aholining asosoiy qismini tashkil qildi. Demos
ichidan boy dehqonlar, boy tadbirkor hunarmand-savdogarlar, kema egalari ajralib chiqdi.
Dastlab polislarda hokimiyatni egallab olgan katta yer egalari - zodagon yevpatridlar o‗z
mavqelarini yo‗qota boshladilar. Yunon polislarida mil.avv. VII asrda o‗tkazilgan harbiy
islohotlar natijasida zodagonlarning jang aravalari va otliq qism o‗rniga polisning o ‗ziga tog‗
aholisi demosdan shakllantiriladigan og‗ir qurollangan piyoda goplitlar paydo bo‗ldi. Natijada
zodagonlar polisning harbiy tashkilotida o‗zlarining avvalgi imtiyozli
mavqelaridan mahrum
bo‗ldilar. Endilikda demos boy yunon polis-davlatlari
ning iqtisodiy-siyosiy hayotida muhim
o‗rinni egallay boshladi. Bu yangi qatlam hokimiyatni bosib olgan urug‗ zodagonlari bi lan
hokimiyat uchun kurashga kirishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: