O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti “tarix” kafedrasi



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/181
Sana18.02.2022
Hajmi3,15 Mb.
#452982
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   181
Bog'liq
zhaxon tarixi

1.
 
Mil.avv. VI-III asrlarda Rim jamiyatining toifaviy-sin- fiy tuzilishi. 
Mil.avv. VI-IV 
asrlarda Rimning ijtimoiy tuzil- masi murakkab va tushunarsiz edi. Rim jamiyatida patritsiy- 
lar, klientlar, plebeylar va qullar sinfiy-toifaviy guruh sifatida chiqdilar. Bu guruhlarning har 
biri jamiyat va ishlab chiqa- rishda o‗z huquq-majburiyatlari bilan alohida o‗rinni egalladi- lar. 
Pater - ota ko‗p sonli oilaning, unga kiradigan boshqa qaram kishilar va qullarning xojayini 
edi. Qadimgi Rimda otalar deb yana oliy boshqaruv organi - senat a‘zolarini ham aytar edilar. 
Patritsiylar ilk Rimning imtiyozli hukmron sinfi - toifasi edilar. Ular barcha fuqarolik 
huquqlaridan foydalanar edilar. Kuriya komisiyalarida ovoz berib, senat a‘zoligiga 
saylanganlar. Og‗ir qurollangan piyoda qo‗shinda, imtiyozli otliq qo‗shinlarda xizmat qilar 
edilar. Har bir patritsiy katta oila jamoasi - ko‗p sonli familiya (familias)ning boshlig‗i bo‗lib, 
bu jamoani ta‘min- lash uchun jamoa yer jamg‗armasidan katta ulushlarni olish va foydalanish 
huquqiga ega edi. 
Mil.avv. IV asr o‗rtalarigacha asosiy magistrat lavozimlari patritsiylar bilan to‗ldirilar edi. 
Patritsiylar uzoq ibtidoiy jamoa davri, urug‗chilik jamoalariga borib taqaladigan urug‗ 
guruhlari (gentes)ga bo‗lingan edilar. Yer egalarining imtiyozli hukmron sinf qatlami bo‗lgan 
holda urug‗chilik aloqalari muhim o‗rin egallagan bu tuzilmada Rim patritsiylari jamiyatning 
konser- vativ unsurlari edilar. Ular yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabat- 
lar, xususiy mulkchilik, qulchilik taraqqiyotiga to‗siq edilar. Ilk Rimning asosiy sinf - 
toifalaridan biri plebeylar edi. Plebeylar- ning bir qismi qaram klientlar sifatida patritsiy 
urug‗lariga qabul qilingan. Lekin plebeyning ko‗pchiligi tub joy fuqarosi - pat- ritsiylar 
ijtimoiy tashkilotidan tashqarida bo‗lib, huquqiy jihat- dan erkin bo‗lsalar-da, fuqarolik 
huquqlaridan mahrum edilar. Plebeylarning asosiy qismi o‗zining avvalgi vatani va Rimdan 
tashqarida bo‗lgan urug‗ tashkiloti bilan aloqasini uzgan kel- gindi kishilar edi. 
Plebeylar kichik yer maydonlarida dehqonchilik qilib, savdo- hunarmandchilik bilan 
shug‗ullanar edilar. Ularning ko‗pchiligi asosan Rim atrofidagi qishloqlarda yashab, o‗z jamoa 
tashkilot- lari, o‗zaro yordam tizimiga ega edilar. Plebeylar Rim jamiyati- ning 
shakllanayotgan jamoa - dehqon tarkibining asosiy qismini tashkil qilar edilar. Plebeylar 
orasida tez orada ijtimoiy tabaqalanish yuz berib, boy qatlam ajralib chiqdi. Plebeylarning 
asosiy ommasi yer olish va qarzi uchun qullikni bekor qilinishini talab qilgan bo‗lsalar, o‗ziga 
to‗q va boy plebeylar birinchi navbatda, patritsiylar bilan siyosiy teng huquqlik uchun 
kurashdilar. 
Serviy Tulliy islohotlari natijasida plebeylar Rim ko‗ngillilari tarkibiga kiritildi. Lekin 
qo‗shindagi barcha boshliq lavozimlari patritsiylar qo‗lida edi. Bundan tashqari, patritsiylar 
ozod etilgan harbiy soliq (tribut)ni plebeylar to‗lar edilar. Bu davrda Rim shahrining o‗zida 
plebeylar va patritsiylar o‗rtasida yer uchun keskin kurash boshlandi. To‗xtovsiz urushlar 
natijasida xona- vayron bo‗lgan, qarzlarga botib qolgan Rim plebey bosib olingan yerlarni 
taqsimlashda o‗z hissasini talab qildi. Shuningdek, patritsiylarning zo‗ravonligidan qonuniy 
himoya va o‗z siyosiy huquqlarini kengaytirishni talab qilib chiqdilar. Bu kurash mil. avv. 
494-yilda o‗ta keskinlashdi. Og‗ir qarz majburiyatlari, qarz beruvchining zulmi plebeylarni 


85 
ekvlar bilan urushda ishtirok etishdan bosh tortishlariga olib keldi. Ijtimoiy adolatsizlikka 
qarshi norozilik belgisi sifatida mil.avv. 494-yilda Rimdan 4,5 km shimoldagi «Muqaddas 
tog‗»ga chiqib ketishga (sesessiya) majbur bo‗ldilar. 
Sesessiya va harbiy xavf patritsiylarni yon berishga majbur qildi. Natijada plebey 
yig‗inlarida har yili ikki yoki to‗rt xalq tribuni saylash huquqi olindi. Keyinchalik xalq 
tribunlari soni o‗ntaga yetdi. Tribunlar mansabdor shaxslar bo‗lmay, plebs vakillari sifatida 
chiqib, uning manfaatlari himoyachisi bo‗ldi- lar. Xalq tribunlari shahar hokimiyatining 
faoliyatiga aralash- 
ishlari, mansabdor shaxslar va senatning qarorlarini bajari- lishini to‗xtatishlari mumkin edi. 
Komisiyalarda qabul qilingan qarorlarga plebeylar veto (taqiq) qo‗ysa, bu qaror yana ovozga 
qo‗yilishi mumkin emas edi. Tribunlarning o‗zlari hali faqat plebeylar uchun majburiy bo‗lgan 
qarorlar qabul qilishlari mum- kin edi. Tribunlar faqat plebeylar orasidan saylanib, daxlsizlik 
huquqidan foydalanar edilar. Xalq tribuniga qo‗l ko‗targan kishi qonundan tashqari deb e‘lon 
qilinar edi. Bunday jinoyat qilgan kishini har kim jazosiz o‗ldirishi mumkin edi. 
Yarim asr o‗tgach, mil.avv. V asr o‗rtalarida plebeylar tazyiqi ostida patritsiylardan tuzilgan 
detsemverlar («o‗n erkak») komi- siyasi mavjud qonunlarni kodifikatsiya qildi. Komisiya mis 
tax- tachalarga yozilgan XII jadval qonunlarini Rim forumi, bozorlar va Rim koloniyalariga osib 
qo‗ydi. XII jadval qonunlari birinchi va yagona Rim huquqi kodeksi edi. XII jadval qonunlari 
Rimda ijtimoiy munosabatlarni klassik quldorlik jamiyatiga o‗tish davrini aks ettirdi. 
Plebeylarning siyosiy tenglik uchun kurashi davom etdi. Mil. avv. 447-yildan 2 konsul bilan 
birgalikda senat qaroriga ko‗ra tadan 8 tagacha konsul hokimiyati vakolati bilan tribunlar saylana 
boshlandi. Plebeylarga mil.avv. 445-yildagina tribun Kanuley qonuni asosida patritsiylar bilan 
nikohdan o‗tishga ruxsat berildi. Yangi senzor mansabi joriy qilinib, ularning vazi- fasi 
fuqarolarning mulk senzi majburiyatini bajarishini nazorat qilish, keyinchalik senatorlar 
ro‗yxatini tuzish edi. Senzor huk- mi bekor qilinmas edi. U qat‘iy edi. Bundan tashqari, ular daro- 
mad-xarajatlar to‗lovini nazorat qilar, katta jamoa ishlarini tashkil qilar edilar. 
Mil.avv. 367-yilda konsul Sekst Lateran 3 ta muhim qonun- ning qabul qilinishiga erishdi. 
Birinchi qonun: qarz foizlarini tartibga soldi. Ikkinchi qonun barcha Rim fuqarolari - patritsiylar 
va plebeylarga jamoa yerlaridan foydalanishning teng huquqini berdi. Uchinchi qonunga ko‗ra, 
konsullik lavozimini plebeylar ham egallashi mumkin edi. Keyinchalik ikki konsuldan biri ple- 
beylardan saylanishi odat tusiga kirdi. Bir vaqtning o‗zida kon- sullardan sud ishlari yangi 
mansabdor shaxs - pretorlarga olib berildi. Pretorlar konsullar kabi senturiy komisiyalarida sayla- 
nar edi. Mil.avv. 356-yil ilk bor plebeylardan diktator saylandi. Besh yildan so‗ng birinchi plebey 
senzor, mil.avv. 332-yildan senzorlardan biri muntazam plebey vakillaridan saylanadigan bo‗ldi. 
Shundan yana o‗ttiz yil o‗tgach, plebeylardan Rimning 
oliy kohini - pontifik saylanadigan bo‗ldi. Plebeylarning patrit- siylarga qarshi to‗laqonli teng 
huquq uchun so‗nggi kurashi mil.avv. 287-yilgi Gortenziy qonunining qabul qilinishi bilan 
yakunlandi. Shu davrdan plebey yig‗inlarining qarorlari Rimning barcha fuqarolari uchun 
senatning tasdig‗isiz majburiy qonunga aylandi. 
Rimda patritsiy va plebeylarning ikki yuz yillik ijtimoiy - siyosiy ziddiyatlari mil.avv. III asr 
so‗ngida nihoyasiga yetdi. Mil. avv. IV asr oxirida eng boy yangi patritsiy va plebey zodagonlari- 
dan iborat yangi nobillar qatlami vujudga keldi. Rim patritsiy va plebeylar ichidan o‗z boyligi 
siyosiy-iqtisodiy jihatdan katta mavqega ega bo‗lgan davlat boshqaruvini monopoliya qilib olgan 
uncha katta bo‗lmagan guruh nobillar edi. Nobillarning iqtisodiy tayanchi katta yer egaligi, ko‗p 
sonli kliyentlar, jum- ladan, o‗nlab provinsiya shaharlari edi. Nobillar yirik yer-mulk- ka egalik 
qiladigan va davlatni boshqaruvchi oliy toifaga aylandi. Nobillar hokimiyatining amaldagi 
tayanchi senat bo‗lib, u yerda patritsiy urug‗lari bilan bir qatorda Litsiniy va Liviy kabi boy 
plebey urug‗lari ham muhim rol o‗ynadi. 
Nobillar senatorlar toifasining oliy guruhi bo‗lib, yirik va o‗rta quldor yer egalari, savdogar va 
moliyachilardan tashkil topgan suvoriylar toifasi bilan birga, hukmron qatlam tarkibini tashkil 


86 
qildi. Qolgan fuqarolar - kichik mulkdorlar, erkin dehqonlar, hunarmandlar va savdogarlardan 
tashkil topgan plebeyni tashkil etdi. Imtiyozli toifalar va plebeyga qarama-qarshi, hech qanday 
huquqqa ega bo‗lmagan ko‗p sonli qullar qatlami turar edi. Kliyent fuqarolik huquqiy qobilyatga 
ega bo‗lmay, uning uchun barcha bitimlarni patron tuzgan. 
Ilk Rim jamiyatida kambag‗al va siyosiy huquqsiz kishilar- ning ko‗p sonli qatlami - 
kliyentlarni tashkil qildi. Ozod qo‗yil- gan qullar yoki Rimga ko‗chib kelgan boshqa urug‗ 
vakillari patritsiylardan himoya va homiylik qidirishga majbur bo‗lib, ularga kliyent bo‗lishlari 
mumkin edi. Kliyentlar patritsiylar- ning urug‗iga qaram a‘zo sifatida kirib, o‗z homiylari urug‗i 
nomini oldilar. Ularga patron yerlarida ishlash vazifasi, patronni yurishda, shaharga chiqishida 
hamrohlik qilish majburiyatlari yuklandi. Agar patron urushda asir tushib qolsa, kliyent tovon 
to‗lab uni qutqarib olishi shart edi. Kliyent vasiyat qoldirma- gan bo‗lsa, o‗limidan so‗ng uning 
mulki patronga meros qolar edi. Agarda kliyent patronga bo‗ysunmasa, sud orqali u qul- 
ga aylantirilishi mumkin edi. O‗z navbatida, patron kliyentni boshqalarni tazyiqidan himoya 
qilishga majbur bo‗lib, sudda uning manfaatlarini himoya qilar edi. Mil.avv. III asrga borib yangi 
ijtimoiy munosabatlar rivojlanishi bilan kliyentlarning katta qismi o‗z patronlaridan ozod bo‗lib, 
davlatdan yer oldilar va erkin dehqonlarga aylandilar. So‗nggi Rim imperiyasi davri- da kuchli 
senator - patrisiylarni patronatiga kichik yer egalari, hatto qishloqlar, jamoalar va shaharlar o‗ta 
boshladi. Kichik yer egalari patronga o‗z yerlarini berib, uni prekariy sifatida qay- tarib olib, 
amaldorlar, sudxo‗rlar va sudyalar zo‗ravonligidan o‗zlarini himoya qildilar. 
Mil.avv. V asrgacha qulchilik xonaki (patriarxal) shaklda edi. Mil.avv. V asrdan qul mehnati 
xojalikning turli sohalariga kirib bordi. Rimda qarzi uchun qul qilish mil.avv. 326-yildagi qonun 
bilan bekor qilindi. Natijada, qullar qatlami asosan urushlar- da olingan asirlar hisobidan 
to‗ldirila boshlandi. Qulga buyum sifatida qaralmadi. Inson shaxsi huquqlari kam darajada 
bo‗lsa- da, saqlanib qoldi. Bu davrda erkin kishi va qullar o‗rtasidagi farq unchalik keskin emas 
edi. 
Qonunlarda mulk huquqi kuchli himoya qilingan edi. Mulkka daxl qilish og‗ir jinoyat 
hisoblanib, qiynoq bilan olim jazosi berilar edi. Qullar uchun jazo erkin tug‗ilganlarga nisbatan 
og‗ir edi. O‗g‗rilik qilgan erkin fuqaro kaltaklanar edi, qullar esa savalanganidan so‗ng qoyadan 
tashlanar edi. Sudxo‗r qarzdorni qul qilish bilan cheklanmay, balki uning hayotiga egalik qilishi 
ham mumkin edi. 
Rimning istilochilik urushlari lotin shaharlari bilan ziddiyat- ni keltirib chiqardi. Lotin 
shaharlari Rimga qarshi qo‗zg‗olon ko‗tardilar. Ular senatning yarmi lotinlardan va bir konsul 
ham lotinlardan bo‗lishini talab qildilar. Natijada mil.avv. 340-yildan 388-yilgacha davom etgan 
lotin urushi kelib chiqdi. Urush Rimning g‗alabasi bilan tugadi. Lotin ittifoqi tugatildi. Rimga 
yaqin shaharlar uning tarkibiga qo‗shildi va rimliklar bilan teng huquqqa ega bo‗ldilar. Boshqa 
lotin jamoalari rimliklar bilan fuqarolik huquqida tenglashtirildilar. Ulardan ba‘zilari savdo qilish 
va mulkka ega bo‗lish huquqi jus kommersicu, ba‘zilari Rim fuqarolari bilan nikoh tuzish huquqi 
- jus connubii ni oldilar. Ammo ularga xalq yig‗inida ovoz berish huquqi beril- madi. Bundan 
tashqari, eskidan bo‗lgan qoida - Rimga ko‗chib o‗tgan va senzdan o‗tgan lotinlar Rim fuqarolari 
bo‗lar edilar. Bu ko‗chib o‗tish huquqi - jus migrationis edi. Faqat Tibur va 
Preneste lotin shaharlari Rim ittifoqchilari bo‗lib qoldilar. Shu tarzda lotin fuqaroligining 
boshlanishiga asos qo‗yildi. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish