O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat universiteti “tarix” kafedrasi



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/181
Sana18.02.2022
Hajmi3,15 Mb.
#452982
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   181
Bog'liq
zhaxon tarixi

Plebey edillari. 
Boshda plebey edillari xalq tribunlarining yordamchilari bo‗lganlar. 
Ularning turar joylari plebeylar sig‗i- nadigan ma‘buda Serera ibodatxonasi bo‗lgan. 
Ibodatxonada plebsning arxivi ham bo‗lgan. Mil.avv. 366-yildan ikkita plebey edillidan 
tashqari ikki qurul edilli boshda patritsiylardan say- lana boshlagan. Lekin tez orada bu 
lavozimga plebeylar ham saylanadigan bo‗ldi. Qurul edillari plebey edillari bilan bitta 
kollegiyani tashkil qildilar. Ularning vazifasi shaharda tartibni saqlash; s haharning oziq-ovqati 
ta‘minoti to‗g‗risida g‗amxo‗rlik qilish va bozorlarni kuzatish; jamoa bayram va o‗yinlarini 
tashkil etish to‗g‗risida g‗amxo‗rlik qilish bo‗lgan. Edillar trubut komisiyalarida saylanganlar.
Diktator. Ekstraordinar magistraturaga diktator lavozimi kiradi. Mil.avv. 507-yilda Rim 
tarixida ilk bor favqulodda va- kolatlar berilgan mansabdor shaxs - diktator saylandi. Diktator 
hokimiyati podsho hokimiyatiga o‗xshash edi. Diktatorni rimliklar davlat uchun favqulodda 
xavf tug‗ilib qolgan payt- da (urush xavfi yoki ichki noroziliklar) yagona boshliqqa eh- tiyoj 
bo‗lgandagina saylar edilar. Diktatorni rasman konsullar tayinlaganlar, amalda esa uni senat 


82 
saylar edi. Diktator to‗la hokimiyatga ega bo‗lib, uning farmoyishlariga xalq tribunlari ve to 
(taqiq) qo‗ya olmaganlar. Diktator hokimiyati faqat muddat (olti oygacha) bilan cheklangan. 
Barcha magistratlar uning qo‗l ostida o‗z vazifalarini bajarganlar. U butun hokimiyatga egalik 
qilgan. Diktator hokimiyati cheklanmagan edi. Boshda diktator patrisiylardan tayinlangan, 
plebeylardan birinchi diktator mil.avv. 356-yilda tayinlangan. Diktator o‗ziga yordamchi qilib 
otliq qism boshlig‗ini tayinlagan. Unga konsullar kabi 12 lik- tor emas, balki 24 liktor 
hamrohlik qilar edi. 24 liktor uning hokimiyatini ramzi bo‗lgan. 
Xalq yig„ini. 
Rim respublikasida oliy davlat organi - xalq yig‗ini hisoblangan. Xalq yig‗ini 
qonunlarni qabul qilish va bekor qilish, urush e‘lon qilish va sulh tuzish, oliy mansabdor 
shaxslar - magistrat (magister - boshliq)larni saylar edi. Shu bilan birga, u oliy sud tashkiloti 
edi. Rim xalq yig‗inlarini demokratik mohiyati va ularning keng vakolatiga qaramay, eng 
demokratik tribut komisiyalari ham aristokratiya qo‗lida qurol bo‗ldi. Xalq yig‗ini faqat 
senatda muhokama qilingan, magistratlar kiritgan 
masalalarnigina muhokama qilar edi. Komisiyalar qonunchilik tashabbusi huquqiga ega emas 
edi. 

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish